{"id":125782,"date":"2024-05-19T14:31:06","date_gmt":"2024-05-19T11:31:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=125782"},"modified":"2024-05-19T14:31:12","modified_gmt":"2024-05-19T11:31:12","slug":"saolibiy-abu-mansur-abdulmalik-ibn-muhammad-ibn-ismoil-as-saolibiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/saolibiy-abu-mansur-abdulmalik-ibn-muhammad-ibn-ismoil-as-saolibiy\/","title":{"rendered":"Saolibiy, Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as- Saolibiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Saolibiy, Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as- Saolibiy (961 \u2014 Nishopur \u2014 1038) \u2014 yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos va tarixchi olim. Arabiston, Iroq, Ispa- niya, Xuroson va Movarounnahr bo&#8217;ylab sayoxat qilgan. 992 y.da Buxoroga, so&#8217;ng Xorazmga kelgan. Xorazmshoh Abul AB- bos Ma&#8217;mun (hukmronlik davri: 1009\u2014 17) saroyida xizmat qilgan, unga atab asarlar yozgan. S.ning &#8220;Yatimat uddahr Fi mahosin axl alasr&#8221; (&#8220;asr axlining fozillari haqida zamonasining durdo- nasi&#8221;) tazkirasi mashhur bo&#8217;lib, u o&#8217;sha davr Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va Arab adabiyoti haqidagi noyob manba- dir. Asarning ilk nusxasi 994\u2014 1000 y.larda yozilgan bo&#8217;lib, muallif 1011 \u2014 17 y.larda uni qayta ishlab to&#8217;ldirgan va Xorazmshoh Abul Abbos Ma&#8217;munga taqdim etgan. Tazkira muqaddima va 4 qism (40 bob)dan iborat bo&#8217;lib, unda 10-a. hamda 11-a. boshlarida Arab tili- da ijod qilgan movarounnahrlik va bir qancha xurosonlik shoirlar hayoti hamda ijodi yoritilgan. &#8220;Tatimmat alyatima&#8221; (&#8220;Yagona Durdonaga qo&#8217;shimcha&#8221;, 1032-38) asarida esa &#8220;Yatimat uddaxr&#8221; ga kirmay qolgan yoki keyinchalik tanilgan yana 209 shoir (ulardan 104 nafari Movarounnahr va Xurosondan) haqida ma&#8217;lumot beril- gan. S.ning &#8220;kitob latoif almaorif&#8221; (&#8220;Ajoyib ma&#8217;lumotlar haqida kitob&#8221;) asari buvayhiylar sulolasi vaziri assohib (995 y. v.e.)ga bag&#8217;ishlangan. S islomgacha va Islom davrida o&#8217;tgan ko&#8217;plab shoirlar, mashhur kishilar, xalifalar, lashkarboshilar va ularning taxallus- lari, to&#8217;g&#8217;risida Nodir ma&#8217;lumotlar kel- tirgan. Asarda muhim tarixiyetnogra- FIK ma&#8217;lumotlar, S. va unga zamondosh arabiynavis shoirlarning she&#8217;rlaridan parchalar mavjud. &#8220;Fypap Axbor muluk alfurs va siyarihim&#8221; (&#8220;Eron podshoxlari haqidagi xabar va hikoyalar sarasi&#8221;) nomli ta- rixiy asar, &#8220;Shohnoma&#8221; va bir she&#8217;riy devon ham yaratgan. &#8220;Attamassul valmu- xozarat&#8221; va &#8220;Mubhij&#8221; asarlarini Qobus ibn Vushmgir (hukmronlik davri: 978\u2014 1012) ga bag&#8217;ishlagan. S.ning ko&#8217;plab asar- lari Ismatulla Abdullaev tomonidan o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. As: Yatimat uddahr [4j.], T., 1976; Tatimmat alyatima (&#8220;Yatimat uddahr&#8221; 4qismining qo&#8217;shimchasi), T., 1990; kitob latoif almaorif, T., 1987; ajoyib ma&#8217;- lumotlar, T., 1995. Ad.: Abdullaev I., Abu Mansur assa- olibiy, T., 1972.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Saolibiy, Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as- Saolibiy (961 \u2014 Nishopur \u2014 1038) \u2014 yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos va tarixchi olim. Arabiston, Iroq, Ispa- niya, Xuroson va Movarounnahr bo&#8217;ylab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/saolibiy-abu-mansur-abdulmalik-ibn-muhammad-ibn-ismoil-as-saolibiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-125782","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125782","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=125782"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125782\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":125800,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125782\/revisions\/125800"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=125782"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=125782"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=125782"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}