{"id":125818,"date":"2024-05-19T14:39:36","date_gmt":"2024-05-19T11:39:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=125818"},"modified":"2024-05-19T14:39:45","modified_gmt":"2024-05-19T11:39:45","slug":"sadiy-sheroziy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sadiy-sheroziy\/","title":{"rendered":"Sa&#8217;diy Sheroziy"},"content":{"rendered":"\n<p>Sa&#8217;diy Sheroziy (taxallusi; asl ism-sharifi Muslihiddin Abu Muhammad Abdullox. ibn Mushri- fiddin) (1203\/1210 Sheroz 1292.9.12) forsigo&#8217;y shoir, adib va mutafakkir. Sharq xalqlari orasida Shayx Sa&#8217;diy nomi b-n mashhur. Otasi Sheroz Otabegi Sa&#8217;d binni Zanjiyning mulozimlari- dan bo&#8217;lgan. Otadan yosh etim qolgan S. boshlang&#8217;ich ma&#8217;lumotni tug&#8217;ilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni xalifalik- ning poytaxti, ilm va madaniyat Mar- kazi bo&#8217;lgan Bag&#8217;dodda davom ettirgan. &#8220;Nizomiya&#8221; va &#8220;Mustansiriya&#8221; madra- salarida diniy, filologik, tabiiy va aniqfanlarni o&#8217;rgangan. O&#8217;z davrining dongdor mutasavvifi va faylasufi Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyotshunos Abdulfaraj Abdurahmon ibn Jazviy qo&#8217;lida tahsil olgan. Madrasani tugatgan S. Sharq mamla- katlari bo&#8217;ylab 20 yillik sayohati davo- mida, kichik Osiyo ya.o., Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindiston kabi mamlakatlarni ba&#8217;zan ulovda, ba&#8217;zan piyoda kezib chiqqan. Qiyinchiliklar b-n kechgan bu sayoxatlarida S. hayot ilmini chuqur o&#8217;rganib, inson fe&#8217;lini butun murakkabligi b-n anglab, o&#8217;z davrining ko&#8217;pni ko&#8217;rgan donishmand kishisi bo&#8217;lib etishgan. 13-a. o&#8217;rtalarida Sherozga Kay- tib kelgan S. dunyo tashvishlaridan o&#8217;zini chetga olib, shahar chekkasidagi Shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechirgan. Fors-tojik adabiyotida S. maqomi juda yuksak. Xususan, Damashqda &#8220;Bo&#8217;ston&#8221; (&#8220;Sa&#8217;diynoma&#8221;, 1257) va she- rozda &#8220;Guliston&#8221; (1258) asarlarini yozgan va sherozlik hukmdor Abubakr ibn Sa&#8217;d (1226-60) ga takdim qilgan. S. g&#8217;azalni mustaqil janr darajasi- ga ko&#8217;targan. U g&#8217;azalchilikdagi o&#8217;zigacha olib borilgan tajribalarni rivoj- lantirib, takomilga etkazgan, keyin bu janrni Hofiz Sheroziy yuksak cho&#8217;qqiga olib chiqdi. S. g&#8217;azallari 4 devondan iborat bo&#8217;lib, ular &#8220;tayyibot&#8221; (&#8220;Latif g&#8217;azallar&#8221;), &#8220;Badoe'&#8221; (&#8220;yangi g&#8217;azallar&#8221;), &#8220;Xavotim&#8221; (&#8220;xotima g&#8217;azallar&#8221;) va &#8220;g&#8217;azaliyoti qadim&#8221; (&#8220;eski g&#8217;azallar&#8221;)dan iborat. S 2 tilda yoziladigan she&#8217;r turi \u2014 mulamma&#8217; (shiru shakar)ning ham asos- chisi. Arab tilini yaxshi bilganligidan u Arabcha misra va baytlarni forsiy b-n uyg&#8217;unlashtirib, ushbu shaklni ixtiro qilgan. S. tarje&#8217;band janrini ham ri- vojlantirgan. S. fors-tojik badiiy na- srining ham asoschisi hisoblanadi. Unga- cha faqat maktublar, hujjatlar, ilmiy va tasavvufiy asarlar, adabiy xarakterda- gi tarixiy lavhalargina nasrda yozilgan. Bundan tashqari, shoirning &#8220;Sohibiya&#8221; asari, Arabcha va forscha qasidalari, qit&#8217;a, ruboiy va fardlari ham mashhur. Uning asarlari o&#8217;sha davrda yaratilgan 2 &#8220;Kulliyot&#8221;i orqali saqlangan. Biri shoir vafotidan 37 y. so&#8217;ng Ali binni Ahmad binni Abubakr Besutun gomo- nidan tuzilgan &#8220;Kulliyot&#8221; bo&#8217;lib, 19 bo&#8217;limdan iborat. Kitobning kirish qismida to&#8217;plovchi &#8220;Kulliyot&#8221; usti- da 7 y. ishlaganligini, ko&#8217;pchilikning maslahati va yordami b-n bu ishni amal- ga oshirganini yozadi. Ikkinchi &#8220;Kulli- yot&#8221; 13-a.ga oid bo&#8217;lib, kim tomonidan to&#8217;planganligi yozilmagan. Shu 2 man- ba asosida Eron olimi Muhammadali Furo&#8217;g&#8217;iy S. &#8220;Kulliyot&#8221;ini nashr ettirgan (1941). &#8220;Kulliyot&#8221;ga, diniyfalsafiy, na- sriy asarlardan tashqari, &#8220;Guliston&#8221;, &#8220;Bo&#8217;ston&#8221;, &#8220;Arab qasidalari&#8221;, &#8220;Fors qasidalari&#8221;, &#8220;Tarjibband&#8221;, shuningdek, 4 devoni kiritilgan. Asar 18 bo&#8217;limdan iborat bo&#8217;lib, 10 dan ortiq janrdagi asarlarni o&#8217;z ichiga oladi. Bir umr xalq ichida yashagani, hayotning butun achchiqchuchugini totgani uchun ham S. asarlari boshqa Sharq shoirlaridan hayratlanarli darajada hayotiyligi b-n alohida ajralib turadi. &#8220;Bo&#8217;ston&#8221; va &#8220;Guliston&#8221; hayotiy hikoyatlardan tash- kil topgani, donishmand shoirning bu hikoyatlar so&#8217;ngida qissadan xissa tar- zida keltirgan she&#8217;rlari Real turmush- dan chiqarilgan xulosalar ekanligi b-n jahon ilmu adab ahlini birday o&#8217;ziga tortib kelmoqda. BMT ning tinchlik Ken- gashi binosi peshtoqiga &#8220;Guliston&#8221;dan olingan quyidagi misralar bitilgan: &#8220;Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino bo&#8217;lganlari tufayli yaxlit bir Vu- jud kabidirlar. Binobarin, zamon uning bir a&#8217;zosiga jarohat etkazsa, boshqa a&#8217;- zolari ham o&#8217;z tinchini yo&#8217;qotadi&#8221;. S. o&#8217;zidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Shoir asarla- ri qadimdan o&#8217;zbek xalqi orasida ham mashhur. &#8220;Bo&#8217;ston&#8221; va &#8220;Guliston&#8221; ma- drasalarda asosiy darsliklar qatorida o&#8217;qitilib kelgan. Navoiy &#8220;Devoni Foniy&#8221;da S. g&#8217;azaliga 22 ta tatabbu&#8217; qilgan. Navoiyning &#8220;Mahbub ulqulub&#8221;, Avloniyning &#8220;turkiy Guliston&#8221; asar- lari bevosita S. ta&#8217;sirida yaratilgan. &#8220;Guliston&#8221; 1390-91 y.dayoq Sayfi sa- royi tomonidan &#8220;Gulistoni bitturkiy&#8221; nomi b-n o&#8217;zbek tiliga ijodiy tarjima qilingan. 19-a. 2-yarmida Ogahiy, 1909 y. Murodxo&#8217;ja domla, shuningdek, Sidqiy Xondayliqiy, G&#8217;afur G&#8217;ulom, Muinzoda, Shoislom Shomuhamedov, Rustam Komi- lovlar o&#8217;zbek tiliga tarjima qilganlar. &#8220;Bo&#8217;ston&#8221; asari Chustiy tarjimasida nashr etilgan. 1958 y. Butunjahon Tinchlik qo&#8217;mitasining qarori b-n &#8220;Guliston&#8221;ning 700 y.ligi xalqaro miqyosda keng nishon- langan. Ac: Bo&#8217;ston, T., 1960; Guliston, T., 1968; Sa&#8217;diy Sheroziy she&#8217;riyatidan, T., 1976; Guliston (Ogahiy tarjimasi), T., 1993. Ad.: Shomuhamedov Sh., Sa&#8217;diy She- Roziy, T., 1964; Shomuhamedov Sh., Fors- tojik adabiyoti klassiklari ijodida gumanizm, T., 1968. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sa&#8217;diy Sheroziy (taxallusi; asl ism-sharifi Muslihiddin Abu Muhammad Abdullox. ibn Mushri- fiddin) (1203\/1210 Sheroz 1292.9.12) forsigo&#8217;y shoir, adib va mutafakkir. Sharq xalqlari orasida Shayx Sa&#8217;diy nomi b-n mashhur. Otasi Sheroz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sadiy-sheroziy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-125818","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125818","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=125818"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125818\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":125841,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125818\/revisions\/125841"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=125818"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=125818"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=125818"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}