{"id":125852,"date":"2024-05-19T14:47:25","date_gmt":"2024-05-19T11:47:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=125852"},"modified":"2024-05-19T14:47:29","modified_gmt":"2024-05-19T11:47:29","slug":"selen","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/selen\/","title":{"rendered":"Selen"},"content":{"rendered":"\n<p>Selen [Yun. Selene \u2014 oy (avvalroq kashf etilgan tellurning analogi si- fatida nomlangan), lot. Selenium], Se \u2014 Mendeleev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tar- tib rakami 34, at. m. 78,96. Tabiatda 6 ta barqaror izotopi mavjud: 74Se(0,87%), 76Se(9,O2%), 77Se(7,58%), 78Se(23,52%), 80Se(49,82%), 82Se(9,19%). 16 ta radioak- TIV izotoplaridan faqat 75Se(T1\/2=121 kun) amaliy ahamiyatga ega. S.ni y. Ya. Berselius 1817 y.da kashf etgan. S. Er po&#8217;stining massa jihatdan 510 6% ini tashkil qiladi. Muhim mine- rallari jumlasiga kumush, qo&#8217;rg&#8217;oshin, simob va mis selenidlari AgSe \u2014 na- umanit, PbSe \u2014 klaustalit, HgSe \u2014 ti- manit, Cu2Se \u2014 berselianit, Hg(Se, S) \u2014 onofrit va selenit kislotaning mis- li tuzi CuSeO32H20 \u2014 xalkom e n i t kiradi. S. jigarrang tusli to&#8217;q kulrang modda. Ir necha modifikasiyasi bor. Ulardan oddiy sharoitda eng barkarori kristall holdagi kulrang S. Suyuklanish t-rasi 217\u00b0, qaynash t-rasi 685\u00b0, zichligi 4,81 g\/sm3. S.ning eng ajoyib xususiyati shunda- ki, yorug&#8217;lik nuri ta&#8217;sirida uning elektr o&#8217;tkazuvchanligi keskin o&#8217;zgaradi. S. me- tallmaslar jumlasiga kiradi; kimyoviy xossalariga ko&#8217;ra, oltingugurtga o&#8217;xshash, lekin faolligi oltingugurtnikidan past. S. o&#8217;z birikmalarida, asosan, -2, +2, +4 va +6 valentli. S. sulfat kislota va tsellyulozaqog&#8217;oz z-dlarining &#8220;balchiklaridan&#8221; va misni elektroliz yo&#8217;li b-n tozalashda elektro- lizyor tubiga cho&#8217;kadigan &#8220;balchikdan&#8221; olinadi. S. yarimo&#8217;tkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli shisha i.ch.da, me- tallurgiya, kimyo, farmasevtika va re- zina sanoatida qo&#8217;llanadi. Birikmala- ri zaharli. Ko&#8217;pchilik tirik organism to&#8217;qimasida 0,01 dan 1 mg\/kg gacha S. bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zi o&#8217;simliklar uchun S. hayotiy zarur element. Inson va hayvonlarning S.ga bo&#8217;lgan ehtiyoji 50\u2014 100 mkg\/kg. Hayvonlarning kunlik ozuqasida S.ning mikdori 2 mg\/kgdan ko&#8217;p bo&#8217;lsa, kuchli zaharlanish kuzatiladi. Selen birik- malari. S.ning SeO, SeO2 va SeO3 tar- kibli oksidlari mavjud. S. (II) oksid SeO faqat yuqori tralarda bug&#8217;holatida barqaror. C.(IV)oksid SeO2 \u2014 oq rang- li yaltiroq tetragonal panjarali kri- Stall modda. Zichligi 3,954 g\/sm3, subli- masiyalanadi, uni faqat kavsharlangan idishlardagina suyuklantirish mumkin (suyuqlanish t-rasi 340-390\u00b0). S. (VI) oksid SeO3 ning suyuklanish t-rasi 118,5\u00b0. Atmosfera bosimida 185\u00b0da parchalanadi. Selenat kislota H2Se04 ni degidratlash yo&#8217;li b-n oli- nadi. Suvda erib, N28eO4hosil qiladi. Kimyoviy jihatdan juda faol, kuchli OK- sidlovchi: oltingugurtni SO gacha; qizil fosforni R2O5 gacha oksidlaydi. S. galogenlar b-n reaktsiyaga kirishib SeF6, SeF4 SeCl4 SeBr4 Se2Cl2 va b. bi- rikmalar hosil qiladi. S. geksaftorid SeF6 \u2014 xona t-rasida rangsiz gaz, suyuklanish t-rasi -34,6\u00b0; -46,6\u00b0 da sublimasiyalanadi. S. tetraf- Torid SeF4 \u2014 rangsiz suyuklik, suyukla- nish t-rasi 13,2\u00b0, qaynashtrasi93\u00b0. S. tetraxlorid SeO4 \u2014 rangsiz kristall modda, suyuklanish t-rasi 305\u00b0 (bosim ostida), 196\u00b0 da sublimasiyalanadi. S. tetrabromid SeBr4 \u2014 beqaror sariq rangli modda, kuchsiz qizdirilganda to&#8217;q qizil rangli Se2Br2 ga aylanadi. Quy i xlorid Se2Cl2 \u2014 jigarrangqizil suyu- klik (suyuklanish t-rasi -85\u00b0, qaynash t-rasi 127130\u00b0). S. digalogenidlar SeCl2 va SeBr2 faqat bug&#8217;holatda mavjud. S.ning SeF2, SeOCl2 va SeOBr2 tarkibli oksigaloge- nidlari olingan. S. ftoroksid SeOF2 \u2014 xona t-rasida suyuklik, suyuklanish t-rasi 4,6\u00b0, kaynash t-rasi 124\u00b0. S. xlo- roksid SeOCl2 \u2014 sariq rangli og&#8217;ir Su- yuklik, suyuklanish t-rasi 11\u00b0, qaynash t-rasi 179\u00b0, zichligi 2,44 g\/sm3. S. bro- moksid SeOBr2 \u2014 sariqqizil rangli qattiq modda, suyuqlanish t-rasi 41,6\u00b0, keyingi qizdirilganda parchalanadi. S. ning uglerod b-n CSe, azot b-n (SeN)4 fosfor b-n P4Se3, P2Se3, P2Se5 kabi birikmalari olingan. S. vodo- rod b-n bevosita birikib suvda eruvchan ko&#8217;lansa hidli, zaharli gaz \u2014 vodorod selenid H2Se hosil qiladi. Bu kislo- taning tuzlari selenidlar texnikada muhim ahamiyatga ega. Pyx va kadmiy se- lenidlari yorqin qizil rangli shisha va shishasimon materiallar, fotoelement- lar, fotokarshiliklar, televizor trubka- larining yorug&#8217;likka sezgir qatlamlarini tayyorlashda, galliy selenid lazer tex- nikasida, simob selenid magnit may- doni kuchlanishini o&#8217;lchaydigan asbo- blarda qo&#8217;llanadi. Oraliq metallar (shuningdek, lantanoid va aktinoidlar) ning selenidlari yuqori traga chidam- li yarimo&#8217;tkazgich qurilmalarda, mashina ishqalanish qismlarida qattiq surkama sifatida ishlatiladi. Rustam Ma&#8217;rupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Selen [Yun. Selene \u2014 oy (avvalroq kashf etilgan tellurning analogi si- fatida nomlangan), lot. Selenium], Se \u2014 Mendeleev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tar- tib rakami 34, at. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/selen\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-125852","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125852","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=125852"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125852\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":125876,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125852\/revisions\/125876"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=125852"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=125852"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=125852"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}