{"id":125858,"date":"2024-05-19T14:47:34","date_gmt":"2024-05-19T11:47:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=125858"},"modified":"2024-05-19T14:47:40","modified_gmt":"2024-05-19T11:47:40","slug":"servantes-saavedra","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/servantes-saavedra\/","title":{"rendered":"Servantes Saavedra"},"content":{"rendered":"\n<p>Servantes Saavedra (Cervantes Saavedra) Migel de (1547, 9.10, Alkala- deenares \u2014 1616.23.4, Madrid) \u2014 ispan yozuvchisi. Iezuitlarning Valyadolida sh.dagi kollegiyasida (1557-61), keyin Madridda tahsil ko&#8217;rgan. Papa muridla- ri b-n birga 1569 y.da Italiyaga borgan. Evropa floti ning Lepanto yaqinida tur- klarga Qar shi olib borgan jangida (1571 y. 7 okt.) yaralangan; vataniga qaytishda (1575) dengiz qaroqchilari qo&#8217;liga tu- shib, Jazoirda 5 y. asirlikda yashagan. S 1585 y. Madridda nashr etilgan &#8220;Galateya&#8221; romani b-n tanilgan. Shun- dan keyin u garchand 20-30 ta pesa yozgan bo&#8217;lsada, bu asarlar izsiz ketgan. Qalam haqi evaziga turmush tebrata ol- magan S. 1587 y.da Sevilyaga ko&#8217;chib bo- rib, 1603 y.gacha dastlab harbiy, keyin oddiy fuqaro sifatida xizmat qilgan. Ispaniyaning eng yirik portlarida yashash va turli tabaqadagi kishilar b-n muloqotda bo&#8217;lish uning so&#8217;nggi davr ijodiga katta ta&#8217;sir o&#8217;tkazgan. 1602 y. Sevilya qamoqxonasida boshlagan &#8220;don Kixot&#8221; romani (1-qismi) nashr etilishi b-noq (1603) S. Evropa miqyosida mashhur bo&#8217;lib ketadi. Romanning katta shovshuv qozonganiga havas va hasad qilgan A. Fernandes de Avelyaneda taxallusli qalamkash 1614 y.da &#8220;don Kixot&#8221;ning soxta davomini yozib, nashr etadi. Bun- dan g&#8217;azablangan S. 1615 y.da romanning haqiqiy davomi \u2014 2-qismini e&#8217;lon qiladi. S. &#8220;Don Kixot&#8221;ning har ikka- la qismi orasida &#8220;pandnoma hikoyalar&#8221; (1613) va &#8220;Parnasga sayohat&#8221; dostoni (1614)ni yozgan. &#8220;Persiles va Sixizmun- daning sarguzashtlari&#8221; (1617 y. nashr etilgan) romani esa S.ning xastalik paytida yozib tugatgan so&#8217;nggi asaridir. Umrining aksar qismi xorlik va zorlik- da kechgan S. o&#8217;limi oldida rohiblikka o&#8217;tgan. S.ning adabiy merosida hajviy va ishqiy she&#8217;rlar, ishqiy qahramonlik va hayotiymaishiy mavzudagi drama va kome- diyalar hamda ko&#8217;plab hikoyalar mavjud. Bu asarlarga xos eng muhim holat va va- ziyatlar, niyat va g&#8217;oyalar &#8220;don Kixot&#8221;da o&#8217;zining yorqin badiiy tajassumini top- gan. Asardagi taqdir b-n murosa qila olmaydigan, har qanday adolatsizlikka qarshi kurashga shay bo&#8217;lgan qahramon ob- razi o&#8217;z iddizlari b-n 16-a.dagi ispan &#8220;yangi risar romanlari&#8221;, shuningdek, Italiyadagi Uyg&#8217;onish davri dostonlari va cho&#8217;ponlar xaqidagi ko&#8217;plab hikoyalarga borib taqaladi. Ammo S. bu asarlarga xos qahramon obrazini yaratish an&#8217;ana- larini davom ettirishni emas, balki o&#8217;zi yashagan davrda keng tarqalgan &#8220;yangi ri- tsar romanlari&#8221; ustidan kulishni, ular- ga parodiya qilishni o&#8217;ziga maqsad qilib olgan. Ayni paytda S. voqelikka realist yozuvchi sifatida yondashib, insonparvar- lik g&#8217;oyalarini tarannum qilgan. &#8220;Don Kixot&#8221; 19-20-a.larga kelib olamshumul Shuhrat qozondi. Xuddi shu davrlarda asarning tragikomik va umuminsoniy ahamiyati ilk bor kashf etildi; unda tasvirlangan ideal va Real qodisalar, soxta qahramonlik b-n haqiqiy jasorat, orzuarmon b-n Real voqelik o&#8217;rtasidagi keskin farq shu asrlarda kechgan ijtimoiy po&#8217;rtanalar va hayotiy vaziyatlardagi tanazzul mohiyatini o&#8217;zida ifodalash qudratiga ega bo&#8217;ldi. Ushbu roman asosida jahonning ko&#8217;pgina mamlakatlarida sahna (opera, balet, drama), kino (kinofilm, telese- rial), musiqa (fantastik variasiyalar) va tasviriy san&#8217;at (qaykal va b.) asarla- ri yaratilgan. As: don Kixotning sarguzashtlari, T., 1990. Ad.: Frank B., Servantes, M., 1960; Dias \u2014 Plaxa G., Ot Servantesa do na- Shix dney, M., 1981. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Servantes Saavedra (Cervantes Saavedra) Migel de (1547, 9.10, Alkala- deenares \u2014 1616.23.4, Madrid) \u2014 ispan yozuvchisi. Iezuitlarning Valyadolida sh.dagi kollegiyasida (1557-61), keyin Madridda tahsil ko&#8217;rgan. Papa muridla- ri b-n birga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/servantes-saavedra\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-125858","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125858","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=125858"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125858\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":125882,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125858\/revisions\/125882"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=125858"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=125858"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=125858"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}