{"id":125903,"date":"2024-05-19T14:56:18","date_gmt":"2024-05-19T11:56:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=125903"},"modified":"2024-05-19T14:56:26","modified_gmt":"2024-05-19T11:56:26","slug":"sitorai-mohi-xosa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sitorai-mohi-xosa\/","title":{"rendered":"Sitorai mohi Xosa"},"content":{"rendered":"\n<p>Sitorai mohi Xosa &#8211; Buxorodagi mang&#8217;itlar sulolasining 3 AV- Lodiga mansub saroy \u2014 bog&#8217;. Buxorodan 4 km shimolda. Dastlabki binolar na- srullaxon (1826-60) va Muzaffar- xon (1860 \u2014 85) hukmronligi davrida qurilgan. Abdulahadxon hukmronligi davri (1885-1910) da saroy va xushman- Zara bog&#8217;barpo etilgan. Amir Olimxon hukmronligi davri (1910-20)da yangi saroy qurilgan. S.M.X. maydoni 6,7 ga bo&#8217;lib, eski saroy, g&#8217;isht to&#8217;shalgan 3 hovli va ko&#8217;pgina xonalardan iborat. Bu erdagi Amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng, baland zali, ikki tomondagi bolxo- nali ayvonlari, evropacha eshik va Dera- zalari b-n ajralib turadi. Uch qismga bo&#8217;lingan murabba tarhli xonani tash- kil etuvchi Abdulahadxon xonasi birbi- riga qaramaqarshi joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan 2 zal o&#8217;rtasidagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning G&#8217;arb tomoniga shohnishin taxt o&#8217;rnatilgan. Eski saroy sharqidagi Amir Olimxonning bosh qarorgohi \u2014 yangi saroyga ravoqli muhtasham darvoza o&#8217;rnatilgan. Darvoza ustidagi ravoq O&#8217;rta Osiyo binolariga xos bo&#8217;lmagan shaklda ishlangan, yon qismlari sirlangan, to&#8217;q qizil, ko&#8217;k, gunafsha va havo rang koshin b-n qoplangan. An&#8217;anaviy sirkori par- chinlar b-n birga Rossiyadan keltirilgan kafel qoplamalardan ham foydalanil- gan. Darvozaning tepa qismiga ganchdan guldon shaklidagi bezaklar ishlangan. Yog&#8217;ochdan qilingan ikki tabaqali dar- vozaga milliy naqshlar o&#8217;yilgan va mis gul mixlar b-n mustahkamlanib, nafis guldor zulfin o&#8217;rnatilgan. Darvozaxona- dan tashqi hovliga o&#8217;tiladi. Hovlining 3 tomoni ayvon b-n o&#8217;ralgan. Darvozadan kirishda o&#8217;ng qo&#8217;lda kichkina favvora bor. Katta ayvon hovlining shim. tomonida, G&#8217;arb tomonida Oqsaroy, Jan. tomoni- da esa oynavand ayvon, kutish xonasi va amirning qabulxonasi joylashgan. Bi- noga kiraverishda G&#8217;ozg&#8217;on marmaridan usta Abdurahim yo&#8217;nib ishlagan sher haykallari bor. Amir qabulxonasi DAX- Lizi devorlari ganchdan naqshdor qilib bezatilgan. Namoyonlariga naqqosh usta Oqsaroy ichkarisi Sharqning jimjima- dor, nafis naqshlari jozibador gullari b-n uyg&#8217;unlashgan. Devorning ko&#8217;zgulardan iborat bo&#8217;lishi va gulganchdan ishlangan bezaklarning ko&#8217;zni qamashtiradigan darajada oqligi xonani kurkam qilib ko&#8217;rsatadi. Oqsaroy 2 yil mobayni- da usta Shirin rahbarligida (25 \u2014 30 kishi tomonidan) qurilgan va pardoz- langan. Yangi saroy rus muhandislari Sakovich va Margulis rahbarligida qurilgan. Qabulxona Evropa uslubida biridan ikkinchisiga o&#8217;tiladigan qilib qator joylashtirilgan. Yangi saroyning kiraverishi boqqa tutashib ketgan. Bog- ning shim. qismida Haram joylashgan. Uning g&#8217;arbida Haram xizmatkorlari uchun xonalari bo&#8217;lgan kichik hovli bor. Haram 2 qavatli va yarim doira shaklida qurilgan. Mahalliy me&#8217;morlik an&#8217;a- nalarini o&#8217;zida saklab qolgan. Bog&#8217;ning qoq o&#8217;rtasida 8 xonali ko&#8217;shk bor. Uning xonalari 8 qirrali qilib qurilgan mehmonxona atrofida joylashgan. Osh- xonaning devorlari tilla va kumush suvi yugurtirib bezatilgan. Ko&#8217;shkning Jan.da to&#8217;g&#8217;ri burchakli devori tokchali katta xona bo&#8217;lgan. Qolgan boshqa xonalar yotokxo- na va xizmatkorlar uchun mo&#8217;ljallangan. Bog&#8217;ning Jan.da ikki qavatli masjid, katta hovuz qurilgan (1917-18). Hovuz kulrang G&#8217;ozg&#8217;on marmari b-n qoplangan. Binoning ichida uzun yo&#8217;lak bo&#8217;lib, xona- lari faqat bir tomondan shamollatilgan. Hoz S.M.X.da Buxoro davlat me&#8217;moriy- badiiy muzeyqo&#8217;riqxonasi, dam olish uyi va bolalar sanatoriysi joylashgan. Ad.:3ohidov P. Sh., Me&#8217;mor olami, T., 1996. Po&#8217;lat Zohidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sitorai mohi Xosa &#8211; Buxorodagi mang&#8217;itlar sulolasining 3 AV- Lodiga mansub saroy \u2014 bog&#8217;. Buxorodan 4 km shimolda. Dastlabki binolar na- srullaxon (1826-60) va Muzaffar- xon (1860 \u2014 85) hukmronligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sitorai-mohi-xosa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[206],"tags":[],"class_list":["post-125903","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125903","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=125903"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125903\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":125927,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/125903\/revisions\/125927"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=125903"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=125903"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=125903"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}