{"id":12709,"date":"2021-12-14T15:55:36","date_gmt":"2021-12-14T12:55:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12709"},"modified":"2021-12-14T15:55:37","modified_gmt":"2021-12-14T12:55:37","slug":"ziddiyat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ziddiyat\/","title":{"rendered":"ZIDDIYAT"},"content":{"rendered":"\n<p>ZIDDIYAT (mantiqda) \u2014 muhokama yuritishda, matnda va nazariyada biri ikkinchisini inkor etadigan 2 mulohazaning mavjudligi; (dialektikada) \u2014 predmet va hodisalarga ob&#8217;ektiv ravishda xos bo&#8217;lgan bir butunning qarama-qarshi (musbat va manfiy, tug&#8217;ilayotgan va o&#8217;lib borayotgan, yangi va eski) tomonlari, belgilari, yo&#8217;nalishlari o&#8217;rtasidagi muhim munosabatlar. Shu munosabatlar kurashi tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining manbaini, harakatga keltiruvchi kuchini va ichki mazmunini tashkil etadi. Taraqqiyot Ziddiyatlarning paydo bo&#8217;lishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat. Ziddiyatlar har xil bo&#8217;lib, ular narsa va hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha rol o&#8217;ynaydi. Ziddiyatlar ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo&#8217;lmagan, antagonistik va antagonistik bo&#8217;lmagan Ziddiyatlarga bo&#8217;linadi. Ichki Ziddiyat \u2014 narsa va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, &#8220;o&#8217;z-o&#8217;zidan harakatlanish&#8221; ning manbai, rivojlanishning asosiy sababidir. Tashqi Ziddiyat \u2014 narsa va hodisalar o&#8217;rtasidagi munosabatlarning ifodasidir. Masalan, tabiat bilan jamiyat, organizm bilan muhit o&#8217;rtasidagi Ziddiyat tashqi Ziddiyatdir. Ichki va tashqi Ziddiyatlar rivojlanish jarayonida bir xil rol o&#8217;ynamaydi. Rivojlanishning mohiyati, asosan, ichki Ziddiyatlarning hal qilinishi bilan belgilanadi. Ammo tashqi Ziddiyatlarni ham e&#8217;tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Tashqi Ziddiyatlar rivojlanishga bilvosita, ya&#8217;ni ichki Ziddiyatlarni hal qilishga ijobiy yoki salbiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishi mumkin. Narsa va hodisaning mohiyatini, holatini, kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi Ziddiyatlar asosiy Ziddiyatlar deb ataladi. Asosiy Ziddiyat taraqqiyotda hal qiluvchi rol o&#8217;ynaydi va barcha boshqa Ziddiyatlarga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Asosiy bo&#8217;lmagan Ziddiyatlar ham mavjud. Bosh Ziddiyat deb rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan asosiy Ziddiyatga aytiladi. Narsa va hodisalar rivojlanishining muayyan bosqichidagi bosh Ziddiyat asosiy Ziddiyatning aniq ko&#8217;rinishi yoki ifodasidir. Antagonistik Ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari birbiriga tubdan zid bo&#8217;lgan kuchlar, ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o&#8217;rtasidagi Ziddiyatlardir. Antagonistik bo&#8217;lmagan Ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari birbiriga mos keladigan yoki manfaatlarini o&#8217;zaro kelishtirish mumkin bo&#8217;lgan ijtimoiy guruhlar va tabaqalar o&#8217;rtasidagi Ziddiyatlardir. Sho&#8217;rolar davrida sosialistik jamiyatda antagonistik Ziddiyatlar yo&#8217;q, unga faqat antagonistik bo&#8217;lmagan Ziddiyatlar xos degan mafkuraviy fikr targ&#8217;ib qilingan. Aslida bunday Ziddiyatlar mavjud bo&#8217;lsada, sho&#8217;rolar saltanati zo&#8217;rlik bilan bu Ziddiyatlarning namoyon bo&#8217;lishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymagan. Sobiq sho&#8217;rolar davlatining ba&#8217;zi mintaqalarida sodir bo&#8217;layotgan qonli to&#8217;qnashuvlar, fuqarolar urushi o&#8217;sha hal qilinmay qolgan Ziddiyatlarning oqibatidir. Jamiyatdagi Ziddiyatlar turli shakl va usullar bilan bartaraf qilinadi. Ulardan ba&#8217;zilari eskining yemirilishi va yangining qaror topishi asosida hal qilib borilsa, boshqalari shu Ziddiyatni tashkil qilgan qarama-qarshi tomonlarni o&#8217;zaro kelishtirish, murosayu madoraga keltirish, hamjihatlik va hamkorlikka erishish yo&#8217;li bilan bartaraf etilishi mumkin. Keyingi vaqtda jamiyatdagi Ziddiyatlarni hal qilishda qo&#8217;llanilayotgan samarali usullardan biri konsensus (o&#8217;zaro kelishuv) dir. Ilgari Ziddiyatlarni hal qilishning bu usuliga yetarli e&#8217;tibor berilmagan. Yangicha tafakkurning karor topishi bilan jamiyatdagi Ziddiyatlarni xal qilishda Gegel qayd qilib o&#8217;tgan konsensus usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo&#8217;lib chikdi. Uzoq yillar davomida birbiriga qarama-qarshi bo&#8217;lib kelgan davlatlar, jamiyatdagi qarama-qarshi tomonlar, kuchlar, ijtimoiy guruhlar, harakatlar va partiyalar o&#8217;rtasidagi Ziddiyatlarni jamiyatning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib hal qilishda konsensus usuli juda qo&#8217;l kelmoqda. Ziddiyatlarni bartaraf etishdagi bu usul jahon xalqlarining milliy totuvlikka, o&#8217;zaro hamkorlikka va birdamlikka, barqarorlikka erishishida muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lmoqda. Yuqorida tilga olingan Ziddiyatning turlarini birbiridan farq qilish zarur, lekin ular o&#8217;rtasida mutlaq chegara yo&#8217;q. Voqelikda ular o&#8217;zaro chirmashib ketadi, birbiriga o&#8217;tadi va taraqqiyotda xilma-xil rol o&#8217;ynaydi. Shuning uchun, Ziddiyatlarning har biriga aniq yondashish, Ziddiyat namoyon bo&#8217;ladigan sharoitni, muhitni, vaziyatni, u o&#8217;ynaydigan rolni to&#8217;g&#8217;ri hisobga olish lozim. Abdulla Aktov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZIDDIYAT (mantiqda) \u2014 muhokama yuritishda, matnda va nazariyada biri ikkinchisini inkor etadigan 2 mulohazaning mavjudligi; (dialektikada) \u2014 predmet va hodisalarga ob&#8217;ektiv ravishda xos bo&#8217;lgan bir butunning qarama-qarshi (musbat va manfiy, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ziddiyat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12709","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12709","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12709"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12709\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12719,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12709\/revisions\/12719"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12709"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12709"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12709"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}