{"id":12763,"date":"2021-12-16T17:30:05","date_gmt":"2021-12-16T14:30:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12763"},"modified":"2021-12-16T17:30:06","modified_gmt":"2021-12-16T14:30:06","slug":"ziynat-toshlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ziynat-toshlari\/","title":{"rendered":"ZIYNAT TOSHLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>ZIYNAT TOSHLARI &#8211; san&#8217;at buyumlari (vaza, quticha, qadama naqsh va shu kabilar) va zebi-ziynatlar (uzuk, isirg&#8217;a, to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ich va boshqalar) tayyorlanadigan rangli mineral va tog&#8217;jinslari. Ziynat toshlari fizik-mexanik xossalariga qarab qattiq (5 va undan qattiqroq \u2014 mineral shkalasi bo&#8217;yicha, masalan, nefrit, yashma, agat va boshqalar) va yumshoq (qattiqligi 4 va undan yumshoqroq masalan, malaxit, marmar oniksi, flyuorit va boshqalar) bo&#8217;ladi. Ziynat toshlari qiymatiga ko&#8217;ra, 3 sinfga bo&#8217;linadi: birinchi sinfga nefrit, lojuvard, sodalit, rodonit, malaxit, avantyurin va boshqalar; ikkinchiga \u2014 lepidolit, serpentin, obsidian, diatomit, flyuorit, qahrabo va boshqalar; uchinchiga \u2014 tosh tuzi, gips, marmar, angidrit, porfirlar va boshqalar kiradi. Agat, qahrabo va ba&#8217;zi bir boshqa minerallarning yaxshi turlari qimmatbaho toshlar hisoblanadi. Ziynat toshlari konlari yer kurrasining ko&#8217;p joylarida bor. O&#8217;zbekistonda Ziynat toshlari Samarqand, Navoiy viloyatlarida (marmar), Zirabuloq, Chatqol tog&#8217;lari, Kumushkonda (marmar oniksi), Qizilqum, Sulton Uvaysda (Feruza), Qurama, Chatqol (xaltsedon, flyuorit, agat) va Piskom tog&#8217;larida (ametistsafsar, malaxit, tog&#8217; billuri) topilgan. Xorijda Ziynat toshlarining konlari RF (Ural, Sibir, Oltoy va boshqalar), Ukrainada (Donbass, Karpat tog&#8217;lari, Qrim va boshqalar), Qozog&#8217;iston, Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya va boshqa joylarda bor. Ziynat toshlarining kup turlari texnikaning turli sohalarida ham ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZIYNAT TOSHLARI &#8211; san&#8217;at buyumlari (vaza, quticha, qadama naqsh va shu kabilar) va zebi-ziynatlar (uzuk, isirg&#8217;a, to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ich va boshqalar) tayyorlanadigan rangli mineral va tog&#8217;jinslari. Ziynat toshlari fizik-mexanik xossalariga qarab qattiq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ziynat-toshlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12763","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12763","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12763"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12763\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12771,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12763\/revisions\/12771"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12763"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12763"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12763"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}