{"id":12774,"date":"2021-12-16T17:33:31","date_gmt":"2021-12-16T14:33:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12774"},"modified":"2021-12-16T17:33:32","modified_gmt":"2021-12-16T14:33:32","slug":"zikr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zikr\/","title":{"rendered":"ZIKR"},"content":{"rendered":"\n<p>ZIKR (Arabcha \u2014 eslash, yodga olish) \u2014 tasavvufda Xudoni yodga olish bilan bog\u2019liq &#8220;samo&#8221; marosimi va shu marosimda ijro etiladigan musiqiy-she&#8217;riy turkum. Musulmonlar orasida 10\u201411 asrlarda shakllangan. Ilohiyotchilar Allohni yodga olish zarurligini Qur&#8217;oni Karimning &#8220;Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur&#8221; (13:28) degan ko&#8217;rsatmasi bilan bog&#8217;laydilar. Zikrning asosiy falsafiy-estetik maqsadi vajd (ekstaz), ya&#8217;ni insonning musiqa, she&#8217;r va raqs vositasida oliy haqiqat (Tangri) bilan hissiy-ruhiy birlashib, uyg&#8217;unlashib ketishidir. Turli xil tasavvuf tariqatlarida Zikrning xilma-xil ko&#8217;rinishlari ishlatiladi. Masalan, Turkistonda eng ko&#8217;p tarqalgan Naqshbandiya tariqatida &#8220;Zikri jahriy&#8221; (&#8220;Oshkora, katta Zikr&#8221; yoki &#8220;Xonaqoyi&#8221; deb ham ataladi), &#8220;Zikri xafiy&#8221; (&#8220;Yashirin, kichik Zikr&#8221;, tor doirada ijro etilgan), &#8220;Zikri adadiy&#8221; (&#8220;Sanoqli Zikr&#8221;), &#8220;Zikri alloniya&#8221; (&#8220;E&#8217;lonli Zikr&#8221;), &#8220;Zikri dil&#8221; kabi turlari qo&#8217;llanilgan. Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya tariqatida Zikr marosimiga musiqiy asboblar va raqslar keng jalb qilina boshlangan. Naqshbandiya tariqatida &#8220;Zikri jahriy&#8221; turkumining asosiy qismlari usullarning zarblariga ko&#8217;ra, &#8220;Yakzarb&#8221;, &#8220;Duzarb&#8221;, &#8220;Sezarb&#8221;, &#8220;Chorzarb&#8221; deb atalgan. Asosiy qismlarning o&#8217;zgartirilgan ko&#8217;rinishlari &#8220;Chopqin&#8221; deb yuritilgan. Zikrning boshlanishi, asosiy qismlar oralig&#8217;i va turkum yakunida Qur&#8217;on suralari rechitativ (nutqdosh) uslubida kuylanadi. Turkumning qismlari kuy-ohang, usul-ritmik tuzilmalari Sharq xalqlari musiqa merosi, xususan, o&#8217;zbek ashula janriga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Zikr Mavlud va boshqa diniy marosimlarning tarkibiy qismiga aylangan. O&#8217;zbekiston kompozitorlaridan Ik. Akbarov (&#8220;Shoir xotirasiga&#8221; poema), A. Kozlovskiy (&#8220;Ulug&#8217;bek&#8221; operasi) va boshqalar. Zikr usul-ohanglaridan foydalanishgan. Abdumannon Nazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZIKR (Arabcha \u2014 eslash, yodga olish) \u2014 tasavvufda Xudoni yodga olish bilan bog\u2019liq &#8220;samo&#8221; marosimi va shu marosimda ijro etiladigan musiqiy-she&#8217;riy turkum. Musulmonlar orasida 10\u201411 asrlarda shakllangan. Ilohiyotchilar Allohni yodga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zikr\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12774","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12774","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12774"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12774\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12783,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12774\/revisions\/12783"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12774"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12774"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12774"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}