{"id":12849,"date":"2021-12-17T15:44:48","date_gmt":"2021-12-17T12:44:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12849"},"modified":"2021-12-17T15:44:49","modified_gmt":"2021-12-17T12:44:49","slug":"zigir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zigir\/","title":{"rendered":"ZIG&#8217;IR"},"content":{"rendered":"\n<p>ZIG&#8217;IR (Linum) \u2014 zig&#8217;irdoshlarga mansub bir yillik va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, tola va moy olish uchun ekiladigan ekin. Mo\u2019tadil va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Yer yuzida 230 dan ortiq turi mavjud. Tolasi va moyi uchun ekiladigan madaniy Zig&#8217;ir (L. usitatissimum) turi xo&#8217;jalik ahamiyatiga ega. Zig&#8217;ir qadimdan shimoliy Ispaniya, Xitoy, Misr, Rossiyada ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Moyli Zig&#8217;ir Argentina, AQSh, Kanada, Xitoy, Hindiston, Misr, qisman O&#8217;rta Osiyoda ekiladi. Jahon bo&#8217;yicha umumiy Zig&#8217;ir maydonlari 3,4 million gektardan ortiq, urug&#8217;i bo&#8217;yicha yalpi hosili 2,9 million tonna (1999). Tolali Zig&#8217;ir, asosan, Rossiyaning Yevropa qismi, Ukraina, Polsha, Ruminiya, Frantsiya, Chexiya, Slovakiyada ekiladi (jahon miqyosida tolali Zig&#8217;ir maydonlari umumiy ekin maydonining 1\/4 qismini tashkil etadi). Tolali zig&#8217;ir tola olish uchun ekiladigan bir yillik o&#8217;simlik. Poyasi ingichka, silliq, tik usadi, och yashil rangli, bo&#8217;yi 60-120 santimetr. O&#8217;simlik yetilganda poyasi sarg&#8217;ishyashil rangli. Bargi oddiy, bandsiz, navbatma-navbat joylashadi, rangi yashil. Gul to&#8217;plami poyaning uchida joylashadi, zangori rangda, o&#8217;zidan changlanadi. Gullash davri 6-10 kun davom etadi. Mevasi ko&#8217;sakcha, uzunligi 6,1\u20148,3 millimetr, eni 5,7\u20146,8 millimetr, 5 uyali, odatda, uyada 10 ta urug&#8217; bo&#8217;ladi. Urug&#8217;i yassi, silliq, seryog&#8217; (42-49%), 1000 ta urug&#8217;ining vazni 2,8\u20148,7 gramm. Tolali Zig&#8217;ir harorati mo&#8217;tadil, bahor va yozda teztez yomg&#8217;ir yog&#8217;ib turadigan mintaqada ekiladi. Urug&#8217;i 5\u00b0 issiqda unib chiqadi. Maysasi \u20143\u20145\u00b0 sovuqqa chidaydi. Maysalanish davrida muqobil harorat 9-12\u00b0, qolgan davrlar uchun 16-18\u00b0. Harorat 22\u00b0 dan yuqori bo\u2019lsa tolali zig&#8217;irning o&#8217;sishiga salbiy ta&#8217;sir qiladi, poya ko&#8217;p shoxlanadi, tola sifati pasayadi. Vegetatsiya davri 75-90 kun, yetilishi uchun 1100\u2014 1500\u00b0 samarali harorat talab qilinadi. Tolali zig&#8217;ir uzun kunlik o&#8217;simlik. Kun yorug&#8217; bo&#8217;lsa shoxlanishi ko&#8217;payadi, ammo soya joylarda poyasi yotib qoladi. urug&#8217;i 12\u00b0 da unib chiqadi. Gullash \u2014 yetilishi davrida harorat 20-22\u00b0 bo&#8217;lgani ma&#8217;qul. Foydali harorat yig&#8217;indisi 1600-1800\u00b0 talab qilinadi. Vegetatsiya davri 150 kungacha borishi mumkin. Bo&#8217;yi 40-70 santimetr. Urug&#8217;ida 52% gacha moy bor. Moyli zig&#8217;ir unumdor va begona o&#8217;tlardan toza yerlarga ekiladi, sho&#8217;rlangan, og&#8217;ir tuproqlar yaramaydi. Zig&#8217;irdan yuqori sifatli tola va moy olinadi. Tolasi pishiq, mustahkam, egiluvchan. Zig&#8217;ir tolasidan kiyimlik gazlamalar (Batist), brezent, paxta va kimyoviy tolaga qo&#8217;shib dekorativ gazlamalar, arqonlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqatda, lokbo&#8217;yoq sanoatida, tabobatda qo&#8217;llanadi. Kunjarasi chorvachilikda sifatli ozuqa hisoblanadi. Tola hosili 0,4\u20141,6 t\/ga (poyadan chiqishi 10-15%), urug&#8217; hosili 2,5\u201421 ts\/ga. Bir ekilgan dalaga zig&#8217;ir 5-7 yildan keyin ekiladi, yaxshi o\u2019tmishdosh \u2014 beda, no&#8217;xat, poliz ekinlari, shudgor qilishdan oldin dalaga har gektar hisobiga 8-15 tonna go&#8217;ng, 20\u2014 45 kilogramm N, 40-60 kilogramm R2O5, 40-60 kilogramm K2O solinadi. Azotli o&#8217;g&#8217;it ekishdan oldin, o&#8217;suv davrida (20-30 kg\/ga) beriladi. Urug&#8217;lik kasalliklarga qarshi ekishdan oldin dorilanadi. Zig&#8217;ir erta bahorda yoppasiga qatorlab ekiladi. Lalmi yerlarda har gektarga 20-22 kilogramm (moyli 3. 50-60 kg\/ga), tog&#8217;li mintaqalarda 25-30 kilogramm (yoki 4-6 million dona urug&#8217;) sarflanadi. 3-5 santimetr chuqurlikda seyalkalarda ekiladi. O&#8217;zbekistonda juda qadimdan lalmi erlarda faqat moyli Zig&#8217;ir ekib kelingan (tolali Zig&#8217;ir ekilmaydi), Zig&#8217;ir moyi qadrlangan. Hozirgi davrda Baxmal 1056, Baxmal 2, Buxoro 32 va boshqa navlari ekiladi. Ad.: Yormatova D., O&#8217;simlikshunoslik, T., 2000. Halima Otaboyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZIG&#8217;IR (Linum) \u2014 zig&#8217;irdoshlarga mansub bir yillik va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, tola va moy olish uchun ekiladigan ekin. Mo\u2019tadil va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Yer yuzida 230 dan ortiq turi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zigir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12849","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12849","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12849"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12849\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12858,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12849\/revisions\/12858"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12849"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12849"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12849"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}