{"id":12909,"date":"2021-12-17T16:50:18","date_gmt":"2021-12-17T13:50:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12909"},"modified":"2021-12-17T16:50:19","modified_gmt":"2021-12-17T13:50:19","slug":"zokirovlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zokirovlar\/","title":{"rendered":"ZOKIROVLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ZOKIROVLAR &#8211; 20-asr O&#8217;zbekiston musiqa san&#8217;atiga ulkan hissa qo&#8217;shgan o&#8217;zbek san&#8217;atkorlari oilasi. Sulola boshlig&#8217;i opera xonandasi (lirik-dramatik bariton), O&#8217;zbekiston xalq artisti (1939) Karim Zokirov (1912.12.3 -Toshkent &#8211; 1977.19.2). Moskvadagi O\u2019zbek opera studiyasida ta&#8217;lim olgan (1934-36). Ijodiy faoliyatini 1928 yil dramatik aktyor sifatida boshlab, dastlabki rollarini O\u2019zbek davlat drama teatri (1928\u2014 29), ishchi-yoshlar teatri (1930-31) da o&#8217;ynagan. 1931-34 va 1936-39 yillarda O\u2019zbek davlat musiqali teatri, 1939-77 yillar Navoiy nomidagi opera va balet teatrining yetakchi yakkaxon xonandasi. Musiqali dramalarda Farhod (Xurshid; V. Uspenskiy, &#8220;Farhod va Shirin&#8221;), Ne&#8217;mat (F. Zafariy; T. Jalilov, &#8220;Halima&#8221;), Majnun (Xurshid; T. Sodiqov, &#8220;Layli va Majnun&#8221;) kabi; operalarda Ulug&#8217;bek (A. Kozlovskiy, &#8220;Ulug&#8217;bek&#8221;), Torobiy (O. Chishko, &#8220;Mahmud Torobiy&#8221;), Tohir (T. Jalilov, B. Brovsin, &#8220;Tohir va Zuxra&#8221;), Ibrohim (R. Gliyer, T. Sodiqov, &#8220;Gulsara&#8221;), Shoh Bahrom (M. Ashrafiy, &#8220;Dilorom&#8221;) singari obrazlar yaratgan. &#8220;Maysaraning ishi&#8221; (S. Yudakov) operasidagi Mullado&#8217;st obrazi K. Zokirovlar talqinida o&#8217;ziga xos badiiy ifodasini topgan. K. Zokirovlar chet el mumtoz asarlari asosidagi (Eskamilo, J. Bize, &#8220;Karmen; Eleskiy, P. Chaykovskiy, &#8220;Motka qarg&#8217;asi&#8221; va boshqalar) va Qozog&#8217;iston, Ozarbayjon kompozitorlari (Yer Targ&#8217;in, E. Brusilovskiy, &#8220;Yer Targ&#8217;in&#8221;; Hasanxon, U. Hojibekov, &#8220;Ko&#8217;r o&#8217;g&#8217;li&#8221;; Kajar, A. Spendiarov, &#8220;Almast&#8221; kabi) operalaridagi rollarni ham mahorat bilan ijro etgan. K. Zokirovlarning kuylash uslubi ochiq tovushi, o&#8217;zbek milliy, shuningdek, zamonaviy ijrochilik an&#8217;analari bilan uzviy bog&#8217;liq. Xalq ashulalari, o&#8217;zbek bastakorlari asarlari va ayrim maqom parchalari \u2014 &#8220;Istarman&#8221;, &#8220;Ey nigorim&#8221;, &#8220;Chorgoh I, II, III&#8221;, &#8220;Navbahor&#8221;, &#8220;Ko&#8217;chabog&#8217;i I \u2014 II&#8221;, &#8220;Girya&#8221;, &#8220;Karimqulbegi I\u2014II&#8221;, &#8220;Dugoh&#8221; va boshqalar. K. Zokirovlar ijrosida yuksak badiiy ifodasini topgan. K. Zokirovlarning rafiqasi Shohista Saidova (1917 \u2014 Toshkent \u2014 2000.7.2) \u2014 aktrisa, xonanda. Muqimiy nomidagi teatrda ishlagan (1952-62). Eng yaxshi rollari: Mohimbonu (&#8220;Tohir va Zuhra&#8221;), Gulruh (&#8220;Ravshan va Zulxumor&#8221;), Bekachi (&#8220;Alpomish&#8221;), Amma (&#8220;Xolisxon&#8221;, &#8220;Nurxon&#8221;), Rohatoy (&#8220;Oftobxon&#8221;) va boshqalar. U, shuningdek, mohir lapar ijrochisi ham bo&#8217;lgan. O&#8217;g&#8217;li Botir Zokirov (1936. 26.4, Moskva \u2014 1985.23.1, Toshkent) \u2014 xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1965). O\u2019zbek zamonaviy professional Estrada qo&#8217;shiqchi (ijrochi) ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti (1952\u2014 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik san&#8217;ati institutining rejissyorlik fakulteti (1958-62) da ta&#8217;lim olgan. &#8220;Yoshlik&#8221; ansambli (1957), O\u2019zbek davlat estrada orkestri (1958-70) yak-kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972-78). 1978 yildan &#8220;O&#8217;zbekkontsert&#8221; ning yakkaxon xonandasi. B. Zokirovlar o&#8217;ta ta&#8217;sirchan tembrli, shirador ovozga ega bo&#8217;lgan. Ijro etgan qo&#8217;shiqlarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga ko&#8217;tara olgan. Repertuaridagi qator qo&#8217;shiqlar kompozitorlar tomonidan B. Zokirovlar hamkorligida, uning ovoziga mo&#8217;ljallab yaratilgan. Ijodida o&#8217;zbek kompozitorlarining romans va qo&#8217;shiqlari muhim o&#8217;rin tutadi: M. Burhonov \u2014 &#8220;Maftun bo&#8217;ldim&#8221;, &#8220;Namedonam, chi nom dorad&#8221;; I. Akbarov \u2014 &#8220;Yor kel&#8221;, &#8220;Ra&#8217;no&#8221;, &#8220;Gazli&#8221;, &#8220;Seni eslayman&#8221;; Sayfi Jalil \u2014 &#8220;Majnun monologi&#8221;, &#8220;Kechalar yulduz sanab&#8221; va boshqalar. Shuningdek, Estrada uslubida qayta ishlangan hind (&#8220;Nechun xayolga cho&#8217;mding?&#8221;, &#8220;Dil orzusi&#8221;, &#8220;Meychale&#8221;), Eron (&#8220;Maro bebus&#8221;, &#8220;Ayriliq qo&#8217;shig&#8217;i&#8221;), Misr (&#8220;Arabcha Tango&#8221;, &#8220;Uyqum o&#8217;g&#8217;risi&#8221;), Suriya (&#8220;O&#8217;tmishimga yig&#8217;layman&#8221;), Livan (&#8220;Go&#8217;zal qiz&#8221;), Meksikan (&#8220;Alvido muhabbat&#8221;), Italyan (&#8220;Yashasin muhabbat&#8221;) qo&#8217;shiqlarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Frantsiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini o&#8217;z tilida) ijro etgan. B. Zokirovlarning rassom sifatida yaratgan &#8220;Avtoportret&#8221;, &#8220;Saraton&#8221;, &#8220;Gumbazlar&#8221;, &#8220;Bolalik ko&#8217;chasi&#8221;, &#8220;Chor minor&#8221; kabi asarlari ma&#8217;lum. Bir qancha hikoya, ocherk va she&#8217;rlar, shuningdek, &#8220;So&#8217;g&#8217;d elining qoploni&#8221; operasi (Ik. Akbarov) ning librettosini yozgan. &#8220;Kichik Shahzoda&#8221; (A. de Sent-Ekzyuperi), &#8220;Soya&#8221; (E. Shvars) asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Kinoaktyor sifatida yosh muhandis (&#8220;Gullar ochilganda&#8221;), Rabindranat Tagor (&#8220;Olovli yo&#8217;llar&#8221;), Abdullo (&#8220;Dahoning yoshligi&#8221;) kabi obrazlar yaratgan. &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221; studiyasi B. Zokirovlarga bag&#8217;ishlangan &#8220;Menga qo&#8217;shiq chizib ber&#8221; va &#8220;Aytilmay qolgan qushiq&#8221; hujjatli filmlarni, o&#8217;g&#8217;li Bahodir Zokirov &#8220;O&#8217;sha, o&#8217;tgan kunlar&#8221; filmini suratga olgan. Toshkent ko&#8217;chalaridan biriga B. Zokirovlar nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi san&#8217;at bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar san&#8217;at markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994 yil B. Zokirovlar nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi &#8220;O&#8217;zbeknavo&#8221; qoshida). Frantsiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda bo&#8217;lgan. 1995 yil &#8220;Botir Zokirov jamg&#8217;armasi&#8221; tashkil etildi. 1989 yildan uning nomida zamonaviy Estrada qo&#8217;shiqchilari tanlovi o&#8217;tkaziladi. Qizi Luiza Zokirova (1938.7.1, Toshkent) \u2014 estrada xonandasi. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1965). Eng yaxshi qo&#8217;shiqlari: &#8220;Namanganning olmasi&#8221;, &#8220;Qoralar-qopqoralar&#8221;, &#8220;Ey, mehribonim&#8221;, &#8220;Yovvoyi Tanavor&#8221;. Shuningdek, hind, Arab, indonezcha qo&#8217;shiqlari bilan tanilgan. O&#8217;g&#8217;li Navfal Zokirov (1941.19.3 \u2014 Toshkent \u2014 1976.9.11) \u2014 estrada xonandasi. Toshkent davlat konservatoriyasining opera sinfini tugatgan (1968). Butunittifoq estrada tanlovi laureati (1969). Eng yaxshi qo&#8217;shiqlari: &#8220;Ayt&#8221;, &#8220;Ko&#8217;rmadim&#8221;, &#8220;Maysaraning ishi&#8221;dan Hoji darg&#8217;a ariyasi. Shuningdek, Amerika va Yevropa mamlakatlari qo&#8217;shiqlarini ijro etgan. Ayniqsa, gastrol-kontsert faoliyati uning ijodida alohida o&#8217;rin tutadi. O&#8217;g&#8217;li Farrux Zokirov (1946.16.4, Toshkent) \u2014 estrada xonandasi, bastakor. O&#8217;zbekiston (1987), Qoraqalpog&#8217;iston (1993), Qozog&#8217;iston (1995), Qirg&#8217;iziston (1996), Tojikiston (2000) xalq artisti. Toshkent davlat konservatoriyasida ta&#8217;lim olgan (1966-69), Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan (1999). O\u2019zbek davlat estradasining yakkaxon xonandasi (1969-71), 1971 yildan O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan davlat &#8220;Yalla&#8221; ansambli xonandasi, badiiy rahbari (1976 yildan), 2002 yildan O&#8217;zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri o&#8217;rinbosari. F. Zokirovlar mayin va shirali ovoz sohibi, o&#8217;zbek milliy va zamonaviy estrada an&#8217;analariga tayanadi. &#8220;Yalla&#8221; ansambli repertuarini qayta ishlangan o&#8217;zbek xalq lapar, Yalla va boshqa qo&#8217;shiqlari (&#8220;Yo&#8217;l bo&#8217;lsin&#8221;, &#8220;Yallama yorim&#8221;, &#8220;G&#8217;ayra-g&#8217;ayra&#8221;, &#8220;Handalak&#8221;, &#8220;Qilpillama&#8221;, &#8220;Ganja Qorabog'&#8221; va boshqalar) bilan boyitgan, shuningdek, zamonaviy o&#8217;zbek estradasi milliy an&#8217;analarga asoslangan ommabop musiqa (&#8220;Folkpop&#8221;) uslubining yuzaga kelishiga muhim hissa qo&#8217;shgan. &#8220;Maysaraning ishi&#8221; (S. Yudakov) operasidan Mullado&#8217;st, Hidoyatxon, Hoji Darg&#8217;a ariyalarini estrada uslubida aytgan, shuningdek, ko&#8217;pgina filmlar (&#8220;Temir xotin&#8221;, &#8220;Vodillik kelin&#8221;, &#8220;Orzular og&#8217;ushida&#8221;, &#8220;Maysaraning ishi&#8221; va boshqalar) dagi qo&#8217;shiqlarning muallifi va ijrochisi. &#8220;Masxaraboz&#8221;, &#8220;Tungi yulduz&#8221;, &#8220;Sen bo&#8217;lmasang yonimda&#8221;, &#8220;Boychechak&#8221;, &#8220;Fazal&#8221;, &#8220;Ruboiy&#8221;, &#8220;Musiqiy choyxona&#8221;, &#8220;Layli&#8221;, &#8220;Majnuntol&#8221;, &#8220;Lola&#8221;, &#8220;Xayolimda bulding uzzu kun&#8221;, &#8220;Uchquduq&#8221;, &#8220;Shahrisabz&#8221;, &#8220;O&#8217;zbekiston Vatanim&#8221; kabi qo\u2019shiqlarning muallifi. Jahonning deyarli barcha mintaqalarida o&#8217;zbek estrada san&#8217;atini (&#8220;Yalla&#8221; ansambli bilan) targ&#8217;ib etgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi 1-chaqiriq Oliy Majlisining deputati. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). &#8220;Shuhrat&#8221; medali bilan taqdirlangan (1996). O&#8217;g&#8217;li Jamshid Zokirov (1948.11.7, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1995). Toshkent davlat teatr va rassomlik san&#8217;ati institutini tugatgan (1971). 1971 yildan Hamza teatrining aktyori. Eng yaxshi rollari: Albert (&#8220;Oqshomdan tushgacha&#8221;), Farhod (&#8220;Kuzning birinchi kuni&#8221;), Xolmat (&#8220;Boy ila xizmatchi&#8221;), Erkak (&#8220;Taqdir eshigi&#8221;), Stepan (&#8220;Mardikor&#8221;), Erkak (&#8220;Aldagani xotin yaxshi&#8221;) va boshqalar. Kinoda Ota (&#8220;Orzular og&#8217;ushida&#8221;), Hakim (&#8220;Kelinlar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#8221;), Olimtoy (&#8220;Temir xotin&#8221;) kabi rollarni o&#8217;ynagan va videofilmlarda suratga tushgan: Dekan (&#8220;Domla&#8221;), Milisioner (&#8220;Tartib&#8221;), Sharif Nomozov (&#8220;Shaytanat&#8221;) va boshqalar. O&#8217;g&#8217;li Ravshan Zokirov (1951.19.3, Toshkent) \u2014 xonanda, rassom. Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan (1990). Uning repertuaridan &#8220;Layli&#8221; [shu qo&#8217;shig&#8217;i bilan &#8220;Asiya Dausi&#8221; (Qozog&#8217;iston) festivalida birinchi o&#8217;rinni olgan], &#8220;Barno&#8221;, &#8220;Rubobim tori&#8221; kabi qo&#8217;shiqlar o&#8217;rin olgan. Lirik mavzuda rasm va portretlar chizgan. 1995 yildan &#8220;Botir Zokirov jamg&#8217;armasi&#8221;ning direktori. Kelini Gavhar Zokirova (1949.10.9, To&#8217;ytepa) \u2014 O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1988). Toshkent davlat teatr va rassomlik san&#8217;ati institutini tugatgan (1971). 1971 yildan Hamza teatri aktrisasi. Eng yaxshi rollari: Amaliya (&#8220;Qaroqchilar&#8221;), Agafya (&#8220;Uylanish&#8221;), Jamila, Gulbahor (&#8220;Boy ila xizmatchi&#8221;), Dezdemona (&#8220;Otello&#8221;), Ayol (&#8220;Taqlir eshigi&#8221;), Gulnor (&#8220;Qutlug&#8217;qon&#8221;), Bibixonim (&#8220;Sohibqiron Temur&#8221;), Farishta (&#8220;Shayton va farishta&#8221;) va boshqalar. Kinoda Nigora (&#8220;To\u2019ylar muborak&#8221;), Guli (&#8220;Yulduzingni ber osmon!&#8221;); videofilmlarda Vazira (&#8220;Olmos kamar&#8221;), Hamshira (&#8220;Abadiyat qonuni&#8221;), Gulira&#8217;no (&#8220;Domla&#8221;), Nasiba (&#8220;Shaytanat&#8221;) kabi obrazlar yaratgan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). Botir Zokirovning o&#8217;g&#8217;li Baxtiyor Zokirov (1962.9.8, Toshkent) \u2014 kinoaktyor. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist (1997). VGIKni tugatgan (1983). 1983 yildan kinoaktyor studiyasida ishlaydi. Eng yaxshi rollari: Ibn Sino (&#8220;Dahoning yoshligi&#8221;), Hidoyatxon (&#8220;Maysaraning ishi&#8221;), Husayn (&#8220;Amir Temur&#8221;), Xirurg (&#8220;Kasalxona&#8221;), Bo&#8217;riboy (&#8220;Armon&#8221;) va boshqalar. &#8220;Ilhom&#8221; teatr-studiyasida ham roller ijro etgan: Iokanan (&#8220;Salomeya&#8221;), Demon (&#8220;Toybe-Le va uning demoni&#8221;), Oxun (&#8220;Oppoq, oppoq qora laylak&#8221;) kabilar shular jumlasidan. To&#8217;xtasin G&#8217;afurbekov, Mohina Ashirova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZOKIROVLAR &#8211; 20-asr O&#8217;zbekiston musiqa san&#8217;atiga ulkan hissa qo&#8217;shgan o&#8217;zbek san&#8217;atkorlari oilasi. Sulola boshlig&#8217;i opera xonandasi (lirik-dramatik bariton), O&#8217;zbekiston xalq artisti (1939) Karim Zokirov (1912.12.3 -Toshkent &#8211; 1977.19.2). Moskvadagi O\u2019zbek &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zokirovlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12909","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12909","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12909"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12909\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12920,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12909\/revisions\/12920"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12909"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12909"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12909"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}