{"id":12954,"date":"2021-12-18T12:10:26","date_gmt":"2021-12-18T09:10:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12954"},"modified":"2021-12-18T12:10:27","modified_gmt":"2021-12-18T09:10:27","slug":"zoologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zoologiya\/","title":{"rendered":"ZOOLOGIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>ZOOLOGIYA (Zoo&#8230; va &#8230;logiya) \u2014 hayvonlar to&#8217;g&#8217;risidagi fan, biologiyannt bir sohasi. Zoologiya hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini o&#8217;rganadi. Zoologiya keng tarmoqli kompleks fan bo&#8217;lib, bir qancha mustaqil fanlarni o&#8217;z ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning o&#8217;zaro o&#8217;xshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni sistemaga solish bilan shug&#8217;ullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya o&#8217;rganadi. Solishtirma va evolyutsion morfologiya turli sistematik guruhlarga mansub bo&#8217;lgan hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Filogenetika hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qadimgi geologik davrda yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit bilan va o&#8217;zaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi funktsiyasini, biokimyo hayvonlar organizmining kimyoviy tarkibini o&#8217;rganadi. Tekshirish ob&#8217;yektlariga binoan ham Zoologiya bir qancha fanlarga ajratiladi. Masalan, bir hujayralilarni protozoologiya, ya&#8217;ni protistologiya, parazit chuvalchanglarni gelmintologiya, mollyuskalarni malakalogiya, qisqichbaqasimonlarni karsionologiya, o&#8217;rgimchaksimonlarni araxnologiya, kanalarni akarologiya, hasharotlarni entomologiya, baliqlarni ixtiologiya, qushlarni ornitologiya, sut emizuvchilarni teriologiya o&#8217;rganadi. Zoologiya boshqa biologiya fanlari hamda tibbiyot, veterinariya va qishloq xo\u2019jalik bilan uzviy bog\u2019liq. Zoologiyaning ko&#8217;pgina bo&#8217;limlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini o&#8217;rganish tibbiyot va veterinariya parazitologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Tuproqda yashovchi hayvonlarni o&#8217;rganish esa tuproq hosil bo&#8217;lishi jarayonlarini tushunib olib, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik kabi qishloq xo\u2019jalik tarmoqlarini rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va ko&#8217;paytirish, shuningdek, qishloq xo\u2019jalik zararkunandalariga qarshi kurashni to&#8217;g&#8217;ri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro munosabatlarni, shuningdek, hayvonlar organizmidagi biokimyoviy o&#8217;zgarishlarni tadqiq etish parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim o&#8217;rin tutadi. Zoologik tadqiqotlarda to&#8217;plangan ilmiy ma&#8217;lumotlar organik olamning rivojlanishi to&#8217;g&#8217;risidagi evolyutsion ta&#8217;limotni yaratish uchun asos bo&#8217;lib xizmat qilgan. Hayvonlar haqidagi ilk yozma ma&#8217;lumotlar miloddan avvalgi 5-4 asrga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Zoologiyani rivojlantirishda Aristotel asarlari muhim rol o&#8217;ynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi haqida ma&#8217;lumot bergan. Qad. Rim tabiatshunoslaridan Gay Pliniy (milodiy 23-79 yillar) o&#8217;zining 37 kitobdan iborat &#8220;Tabiat tarixi&#8221; asarida o&#8217;sha davrda ma&#8217;lum bo&#8217;lgan barcha hayvonlarni ta&#8217;riflab bergan. Boshqa tabiiyot fanlari qatori Zoologiyaning bundan keyingi rivojlanishi Uyg&#8217;onish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyohlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari noma&#8217;lum bo&#8217;lgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda shveytsariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516-1565) 17 jildli &#8220;Hayvonlar tarixi&#8221; entsiklopedik asari paydo bo&#8217;ladi. Zoologiyaning taraqqiyotida 17-asrda mikroskopning kashf etilishi katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Golland olimi A. Levenguk &#8220;Mikroskop yordamida ochilgan tabiat sirlari&#8221; asari orqali mikroskopik hayvonot dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M. Malpigi umurtqali hayvonlar qon aylanish, ayirish sistemasi va terisining tuzilishini tushuntirib berdi. 17-asr oxiri va 18-asrning 1-yarmida J. Rey va ayniqsa K. Linneyning ishlari tufayli hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasiga zamin yaratildi. Aynan o&#8217;sha davrdan Zoologiya ayrim mustaqil tarmoqlarga ajrala boshladi. K. Linney tur, urug&#8217; (avlod), turkum, sinf deb nomlangan sistematik kategoriyalarni umumlab berdi. Linney hayvonot dunyosini sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar (suvda va quruqlikda yashovchilar bilan birga), baliqlar, hasharotlar va chuvalchanglar sinflariga ajratadi. U turni ikki nom bilan atash (binar nomenklaturtshik taklif etadi. Frantsuz J. Byuffon Zoologiya sohasidagi barcha ma&#8217;lumotlarni to&#8217;plab, 36 jildli &#8220;Tabiat tarixi&#8221; asarini yozadi. Frantsuz olimi J. Kyuve qadimgi hayvonlarning qazilma qoldiqlarini o&#8217;rganadi va organizmning bir butunligi, organlarning o&#8217;zaro bog&#8217;liqligi to&#8217;g&#8217;risidagi organlar korrelyatsiyasi ta&#8217;limotini yaratdi. U fanga &#8220;tip&#8221; tushunchasini kiritdi va hayvonot olamini umurtqalilar, yumshoq tanlilar, bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar, ignaterililar tiplariga hamda 19 sinfga ajratadi. 19-asrda biologiyada tirik tabiatning murakkab formalari oddiy formalardan kelib chiqqanligidagi evolyutsion g&#8217;oyalarning rivojlanishida T. Shvan va M. Shleyden tomonidan hujayra nazariyasining ilgari surilishi katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Turlarning o&#8217;zgarishi va oddiy formalarning kelib chiqishini birinchi bo&#8217;lib J. B. Lamark tushuntirib berdi. U Linney sistematikasini takomillashtirib, hayvonlarni 14 sinfga ajratadi. Organik dunyo evolyutsiyasi haqidagi materialistik ta&#8217;limot asoschisi Ch. Darvin Zoologiyaning rivojlanishiga ham bevosita o&#8217;z hissasini qo&#8217;shgan, uning &#8220;Bigl&#8221; kemasida sayohatlari to&#8217;g&#8217;risidagi &#8220;Izlanishlar kundaligi&#8221; (1839) asarida Janubiy Amerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar, toshbaqalar va boshqa hayvonlar to&#8217;g&#8217;risida ilk bor ma&#8217;lumot beriladi. Ayniqsa, uning boshchiligida tayyorlangan &#8220;Zoologiya&#8221; asari, &#8220;Mo&#8217;ylovoyoqli qisqichbaqasimonlar&#8221; monografiyasi (1851-54) katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Zoologiyada evolyutsion g&#8217;oyalar faqat Ch. Darvinning &#8220;Tabiiy tanlanish yo&#8217;li bilan turlarning paydo bo&#8217;lishi&#8221; asari nashr etilgandan so&#8217;ng to&#8217;la-to&#8217;kis o&#8217;z asosini topdi. Olimning ta&#8217;limoti Zoologiyaga qiziqishni yanada kuchaytirib, bir qancha mamlakatlarda Zoologiya jamiyatlari tashkil etildi. 1889 yildan boshlab zoologlarning xalqaro s&#8217;yezdi, entomologlar va ornitologlarning xalqaro kongresslari chaqirila boshlandi. Dengiz, okean va quruqlik hayvonlarini o&#8217;rganish maqsadida juda ko&#8217;plab ekspeditsiyalar tashkil etiladi. 20-asrning 2-yarmidan boshlab sistematika sohasidagi tadqiqotlarda an&#8217;anaviy usullar bilan bir qatorda tobora ko&#8217;proq biokimyoviy, serologik, kariologik, molekulyar va genetik usullar keng tadbiq qilina boshladi. Bu borada DNK molekulasi strukturasining aniqlanishi (A. N. Belozerskiy), tuproq hosil bo&#8217;lishida hayvonlar ahamiyatining ko&#8217;rsatib berilishi (Gilyarov), zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning genetik usuliga asos solinishi (A. S Serebrovskiy) katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekistonda Zoologiyaning rivojlanishi Sharqning buyuk allomalari nomi bilan bog&#8217;liq. Abu Rayhon Beruniy 101 hayvon va ulardan olinadigan dori-darmonlar to&#8217;g&#8217;risida yozib qoldirgan. Uning &#8220;Hindiston&#8221; asarida (1030) bu o&#8217;lka hayvonlari to&#8217;g&#8217;risida qiziqarli ma&#8217;lumotlar keltiriladi. Abu Ali ibn Siyaoning &#8220;Kitob ash-shifo&#8221; asarida odamda parazitlik qiluvchi gelmintlar to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot beriladi. Bu asardagi ayrim gelmintlar nomi (qovoqsimon qurt, mitti qurt) xrzirgacha saqlanib qolgan. O&#8217;rta Osiyo, jumladan O&#8217;zbekiston hayvonot dunyosini o&#8217;rganish bo&#8217;yicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlandi. Rus olimi N.A. Seversov Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir, Tyanshan hayvonlarini; A. P. Fedchenko olay va Zarafshon vodiysi hayvonlarini o&#8217;rganadi. V. F. Oshanin &#8220;Turkiston yarim qattiq qanotlilari faunasi&#8221; asarida hasharotlarning 700 dan ortiq turi to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot bergan. Uning tashabbusi bilan 1876 yilda Toshkentda tabiat muzeyi ochiladi. 20-asrning boshlarida olib borilgan zoologik tadqiqotlar, asosan, mahalliy aholi o&#8217;rtasida keng tarqalgan parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni o&#8217;rganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan bog&#8217;liq. O&#8217;rta Osiyoning turli hududlariga bir qancha ekspeditsiyalar uyushtirilib, bezgak chivini va rishtaning biologiyasi batafsil o&#8217;rganildi (L. M. Isayev, N. I. Xodukin). Bir qancha hududlarda bezgakni tadqiq qiladigan stansiyalar va tropik kasalliklar instituti (hozirgi Tibbiyot parazitologiya instituti) tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20-asrning o&#8217;rtalariga kelib bezgak va rishta batamom tugatildi. O&#8217;zbekiston hayvonot dunyosini o&#8217;rganish, ayniqsa, Turkiston davlat unti tashkil etilgandan so&#8217;ng jadallashdi. Bu davrdagi zoologik tadqiqotlar hayvonlarning deyarli barcha taksonomik guruhlarini o&#8217;z ichiga oladi. Universitetning zoologiya va gidrobiologiya kafedralarida tuproq hayvonlari (bir hujayralilar, nematodalar, yomg&#8217;ir chuvalchanglari), suv havzalari plankton tarkibi va hasharotlar o&#8217;rganildi (A. L. Brodskiy, E. S. Kiryanova, S. D. Muraveyskiy, N. A. Keyzer, V. F. Gurvich, V. P. Nevskiy). Zoologik tadqiqotlar miqyosi O&#8217;zbekistonning turli shaharlarida oliy o&#8217;quv yurtlari va, ayniqsa, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti tashkil qilinishi tufayli yanada kengaydi. 20-asrning o&#8217;rtalari va 2-yarmidagi asosiy tadqiqotlardan tuproq bir hujayralilari (A. L. Brodskiy, V. F. Nikolyuk va boshqalar), o&#8217;simlik nematodalari (A. To&#8217;laganov , Sh. Xurramov, Z. Norboyev, O. Mavlonov va boshqalar), yovvoyi va qishloq xo\u2019jalik hayvonlari gelmintlari (M. Sultonov, I. Ergashev, J. Azimov, T. Qobilov, N. Matjonov, Sh. Azimov, S. Dadayev va boshqalar), o&#8217;rgimchaksimonlar (N. Ergashev) va zararkunanda hasharotlarni (V. Yaxontov, S. Alimuhamedov, R. Olimjonov, A. Muhammadiyev, A. Hamroyev, M. Ahmedov, G. Dubovskiy, B. Allamurodov va boshqalar) o&#8217;rganish sohasida olib borilgan tadqiqotlar ayniqsa salmoqli bo&#8217;ldi. Parazit ikki qanotlilar va bir hujayralilarni o&#8217;rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo&#8217;yicha ham keng miqyosda tadqiqot ishlari olib borildi (E. Gan, M. Qodirova, A. Obidjonov, O. Davronov va boshqalar). O&#8217;zbekistonda gidrobiologik tadqiqotlar suv havzalarining biologik mahsuldorligini oshirish, yangi tur hayvonlarni iqlimlashtirish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;ldi (A. L. Brodskiy, S. D. Muraveyskiy, N. Kayzer, G. Bulgakov, V. Gurvich, A. Muhammadiyev, F. Komilov, M. Abdullayev, I. Mirabdullayev, A. Omonov va boshqalar). O&#8217;zbekiston hududida umurtqali hayvonlar to&#8217;g&#8217;risidagi ayrim ma&#8217;lumotlar 19-asrning 1-yarmida paydo bo&#8217;lgan. Lekin ularni keng miqyosda o&#8217;rganish faqat 20-asrning boshlarida boshlandi. 20-asrning o&#8217;rtalari va oxirida sut emizuvchilar (D. Kashkarov, T. Zohidov, O. Mitropolskiy. I. Kolesnikov, Ya. Dovlatov), qushlar (D. Kashkarov, R. Meklenbursev, A. Sagitov, O. Bogdanov, S. Baqoyev, E. Shernazarov), sudralib yuruvchilar o&#8217;rganildi (T. Zohidov, O. Bogdanov), hayvonlar qazilma qoldiqlari (B. Botirov va boshqalar) tadqiq qilindi. So&#8217;nggi yillarda Zoologiya sohasidagi tadqiqotlarda ekologiya, biokimyo, biofizika bilan bog&#8217;liq izlanishlarga keng o&#8217;rin berildi. Zoologiya sohasidagi asosiy muammolar hayvonot dunyosi biologik xilma-xilligini hamda endemik, noyob va soni kamayib ketayotgan turlarni saqlab qolish va ko&#8217;paytirish bilan bog&#8217;liq. O&#8217;zbekistonda Zoologiya sohasidagi tadqiqotlar O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya, chorvachilik, veterinariya, qishloq xo\u2019jalik ekinlarini himoya qilish institutlarida, deyarli barcha universitetlar, tibbiyot va pedagogika institutlari kafedralarida olib boriladi. Ad.: Zaxidov T. 3., Priroda i jivotniy Mir Sredney Azii, tom 1-2, T. 1969\u2014 71; O&#8217;zbekiston Respublikasi biologik xilma-xilligini saqlash rejasi va harakatlari dasturi, T., 1998; Bogdanov O. P., Redkie jivotnie Uzbekistana: T.: 1992; Mavlonov O.:Xurramov Sh.: Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 1998. Jaloliddin Azimov, Elmurod Shernazarov, Ochil Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZOOLOGIYA (Zoo&#8230; va &#8230;logiya) \u2014 hayvonlar to&#8217;g&#8217;risidagi fan, biologiyannt bir sohasi. Zoologiya hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zoologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12954","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12954","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12954"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12954\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12964,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12954\/revisions\/12964"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12954"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12954"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12954"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}