{"id":129816,"date":"2024-06-09T06:42:46","date_gmt":"2024-06-09T03:42:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=129816"},"modified":"2024-06-09T06:42:49","modified_gmt":"2024-06-09T03:42:49","slug":"ijtimoiy-falsafa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ijtimoiy-falsafa\/","title":{"rendered":"Ijtimoiy falsafa"},"content":{"rendered":"\n<p>Ijtimoiy falsafa \u2013 falsafa fanining jamiyat va uning taraqqiyoti qonuniyatlarini o&#8217;rganuvchi sohasi. I. f. insonlarning amaliy faoliyati va ular o&#8217;rtasidagi ijtimoiy munosabat- larni ham taxlil qiladi. Insonlar tur- li faoliyatlari jarayonida o&#8217;z hayotlari uchun zarur bo&#8217;lgan moddiy va ma&#8217;naviy ne&#8217;matlarni, ma&#8217;naviy va ijtimoiy muhitni yaratadilar va bu ja-rayonda o&#8217;zaro turli munosabatlar o&#8217;rnatadilar. Bular i.ch., siyosiy, axloqiy, oilaviy va b. ijtimoiy munosabatlardir. Jami- yat esa o&#8217;zaro ijtimoiy munosabatlar- da bo&#8217;lgan insonlardan tashkil topadi. Insonlarning turli faoliyati ular ij- timoiy hayotining asosiy maz-munini tashkil etadi va jamiyat ta-raqqiyotini belgilaydi. I.f. insonlar faoliyati va ijtimoiy munosabatlarining ob&#8217;- ektiv va sub&#8217;ektiv tomonlarini taxlil qiladi. I.f.ning asosiy masalasi \u2014 in- sonlarning ongi, tafakkuri, borligi, turmushidir. Bu, bir tomondan, ular- ning maqsadlari, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va h.k. mo&#8217;ljallarini, ikkinchi tomondan, ular hayoti va faoliyatining ob&#8217;ektiv shartsharoitlarining o&#8217;zaro bog&#8217;liqdigini o&#8217;z ichiga oladi. Jamiyat taraqqiyoti qrnuniyatlarini idealistic yoki materialistik talqin qilish mum- kin. Idealistik nazariya jamiyatdagi barcha o&#8217;zgarishlarning sababchisi inson- larning ongi yoki dunyoviy ruh deb tushun- tiradi. Unga ko&#8217;ra, jamiyatda insonlar ongli ravishda faoliyat ko&#8217;rsatadilar, chunki ular biron-bir ish qilishdan ol- din uni o&#8217;z onglarida, tafakkurlarida uz maqsadlari va uning mohiyatini aqlan tasavvur qiladilar. Ya&#8217;ni, bajaradi- gan ishlari, faoliyatlarining g&#8217;oyaviy, aqliy rejasi uning amaliy natijasidan oldin tuziladi. Bundan ong birlamchi, boshqa hamma narsa ikkilamchi, ongning mahsuli va ong tomonidan belgilanadi, moddiy va ma&#8217;naviy boyliklar, boshqa ijtimoiy hodisalar ongning, umuman inson hayotidagi ma&#8217;naviyatning mujas- samlanishi va ifodasidir, deb talqin qilinadi. Bu insoniyat tarixida aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan, ma&#8217;- naviyatning moddiy i.ch.dan ajralib chiqishi b-n ham tasdiqdanadi, deb Xu- losa chiqariladi. Idealistik I. f. ta- rafdorlari asarlarida jamiyat va in- son faoliyatining turli sohalariga oid xil-maxil fikrlar mavjud. Nemis mum-toz falsafasi vakillari I. Kant, G. Gegel, frantsuz faylasuflari o. Kont va E. Dyurkxeym, hoz. zamon pozitiviz- mi, ekzistentsializm va b. yo&#8217;nalishlar vakillarining ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashlari muhim ahamiyatga ega. Materialistik nazariya esa bar- cha o&#8217;zgarishlar negizida insonlarning moddiy turmushi, ularning ijtimoiy borligi yotadi, deb tushuntiradi. Bu- lar ijtimoiy va individual ongning paydo bo&#8217;lishi va rivojlanishining ob&#8217;ektiv asosidir, deb hisoblaydi. Hozir ham idealistik va materiali- stik dunyoqarashlar o&#8217;z ahamiyati va dol- zarbligini yo&#8217;qotmagan. Ijtimoiy-fal- Safiy fikr sohasida mavjud bo&#8217;lgan ko&#8217;pchilik yo&#8217;nalish va maktablar shu ikki oqim tarafdorlaridir. I. f. sohasidagi plyuralizm ijobiy ahamiyatga ega, chun- ki u ijtimoiy hayotdagi hodisalarni talqin qilishdagi biryoqlamalikdan voz kechishga, tarixiy jarayondagi moddiylik va ma&#8217;naviylikning o&#8217;zaro aloqasini chuqurroq taxlil qilishga imkon beradi. I. f. \u2014 tarix, sosiologiya, siyosatshunos- lik, ijtimoiy psixologiya, huquq, etika va b. ijtimoiy fanlar uchun metodolo- giya rolini o&#8217;ynaydi. I. f. dunyoqarashni shakllantirish, nazariy, uslubiy va voqeahodisalarni oldindan aytish va- zifalarini bajaradi. Dunyoqarashni shakllantirish vazifasi insonning ja- miyatdagi o&#8217;rni, turmushi, moddiy va ma&#8217;- naviy shartsharoiti, hayot maqsadlari to&#8217;g&#8217;risidagi masalalarni qamrab oladi. I.f.ning nazariy vazifasi ijtimoiy taraqqiyot jarayonining mohiyati, mazmu- ni va yo&#8217;nalishini asoslab beradi. Uslu- biy vazifasi ijtimoiy hayotdagi ayrim hodisa va jarayonlarni turli ijtimoiy fanlar tomonidan tadqiq etishda uning qonuniyatlari va kridalaridan foyda- lanishdan iborat. I.f.ning oldindan aytish (ba-shorat qilish) vazifasi jami- yat, uning ayrim tomonlari taraqqiyoti, inson faoliyatining yaqin va bo&#8217;lajak oqibatlarini oldindan aytib berishdan iborat. I.f.ning mazkur vazifalari fal- Safiy tafakkur nazariyasi va uslubini egallagan har bir inson ongining tako- millashuvida namoyon bo&#8217;ladi. Falsafiy tafakkur esa jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy hodisalarni anglash va ama- liy vazifalarni hal qilishning muhim vositasidir. Abdulhay Valiev<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ijtimoiy falsafa \u2013 falsafa fanining jamiyat va uning taraqqiyoti qonuniyatlarini o&#8217;rganuvchi sohasi. I. f. insonlarning amaliy faoliyati va ular o&#8217;rtasidagi ijtimoiy munosabat- larni ham taxlil qiladi. Insonlar tur- li faoliyatlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ijtimoiy-falsafa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-129816","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129816","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=129816"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129816\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":129817,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129816\/revisions\/129817"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=129816"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=129816"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=129816"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}