{"id":129821,"date":"2024-06-09T06:44:13","date_gmt":"2024-06-09T03:44:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=129821"},"modified":"2024-06-09T06:44:17","modified_gmt":"2024-06-09T03:44:17","slug":"ildiz-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ildiz-4\/","title":{"rendered":"Ildiz"},"content":{"rendered":"\n<p>Ildiz (radix) \u2014 o&#8217;simlikning eng muhim organi. I. tuproqdan suv va oziq moddalarni so&#8217;rib olish, o&#8217;zida murak-kab birikmalarni sintez qilish va ularni o&#8217;simlikning er ustki qismi (poyasi, bar- glari) ga ko&#8217;tarib berish funktsiyasini bajaradi. I. tuproqqa mikroflora ri- vojini tezlashtiruvchi har xil birikma- lar ajratadi va tuproq hosildorligini oshiradi. Bundan tashqari, I. ba&#8217;zi orga- nik moddalarni sintez qiladi. Ko&#8217;pgina o&#8217;simlik I. vda zaxira to&#8217;planadi. Tuban o&#8217;simliklar, lishayniklar, yo&#8217;sinsimonlar va ayrim zamburug&#8217;larda I. vazifasini rizoidlar (tuksimon va b. shakllardagi bir va ko&#8217;p hujayrali sod- da I.lar) bajaradi. I. ko&#8217;pincha ingich- ka tsilindrsimon yoki ipsimon bo&#8217;ladi. Urug&#8217;erga tushgandan keyin, murtakdagi I. rivojlanib, asosiy I. ga aylana- Di. Asosiy I. tarmoklanib, birinchi tartib, ular o&#8217;z navbatida tarmokla- nib, ikkinchi tartib va h.k. yon I. hosil qiladi. Asosiy va yon I. lardan tashqari ko&#8217;pgina o&#8217;simliklarda poya va barglardan o&#8217;sib chiqadigan qo&#8217;shimcha I. uchraydi. O&#8217;simlik poyasini tuproqqa ko&#8217;mish yo&#8217;li b-n qo&#8217;shimcha I. paydo qilish mumkin. Pomidor, kartoshka, makkajo&#8217;xori chopiq qilingandan keyin ko&#8217;plab qo&#8217;shimcha I. lar chiqaradi; bu I. lar o&#8217;simlikni mustahkamlab, oziqlanish sharoitini yaxshilaydi va hosilni ko&#8217;paytiradi. I. lar tuproqda tarqalishiga qarab o&#8217;q ildiz va patak ildizga bo&#8217;linadi. Asosiy I. yaxshi rivojlanib, yo&#8217;g&#8217;onligi va bo&#8217;yi b-n boshqalardan kattaroq bo&#8217;lsa, o&#8217;q ildiz deyiladi. Bu xildagi I. lar, asosan, ikki pallali o&#8217;simliklarga xos bo&#8217;lib, asosiy I. tuproqqa chuqur kirib boradi (mas, beda, qizilmiya, yantoq). O&#8217;q ildiz cho&#8217;l o&#8217;simliklarida 15-20 m gacha boradi. Patak ildizlar bir pallali o&#8217;simliklarga xos bo&#8217;lib, bularda asosiy I. barvaqt quriydi yoki butunlay pay- do bo&#8217;lmaydi, ba&#8217;zan esa o&#8217;sayotgan patak I. lar b-n bir xilda o&#8217;sadi (boshokdosh- larda). Ingichka oq I. chalar tukchalar b-n birga I.ning faol qismini hosil qiladi; uning uz. 10-15 sm, Diame- tri 0,6\u20141,0 mm va undan ortiq bo&#8217;ladi. Dag&#8217;allashgan, rangi qo&#8217;ng&#8217;irlashgan I.lar asosiy I. b-n birga I. tarmog&#8217;ining o&#8217;tkazuvchi qismini tashkil etadi. Faol qismdagi I. chalar uchi I. g&#8217;ilofi b-n qoplangan, g&#8217;ilof I.ni tuproq orasiga o&#8217;sib kirishda zararlanishdan saqlaydi. G&#8217;ilof ostida hujayralarning bo&#8217;linish \u2014 cho&#8217;zilish (o&#8217;sish) zonasi joylashgan, uning hujayralari juda tez o&#8217;sish Xu- susiyatiga ega. Bundan key-in differen- tsiallanish, ya&#8217;ni I. tukchalari zonasi (I. chaning asosiy qis-mi) keladi; suv va unda erigan oziq moddalar shu zonada so&#8217;riladi. Mac, g&#8217;o&#8217;zada tashqi muhit sha- roitiga qarab asosiy (bosh) I. erga 2 m va undan ham chuqur o&#8217;sib kiradi; chuqurga kirgan sari u ingichkalashib (yuqorida 1,5\u20142 sm dan pastki qatlamlarda 1-2 mm gacha) boradi. Yon I. lar yon tomonlar- ga 50-100 sm gacha tarqalib o&#8217;sadi. O&#8217;q I. nobud bo&#8217;lsa, uning vazifasini birinchi bir-lamchi tartib yon I.lar bajaradi, Le- kin bunda I. bo&#8217;yiga o&#8217;sa boshlaydi. Ko&#8217;p o&#8217;tlarning I.lari etdor bo&#8217;ladi (lavlagi, sabzi, turp va b.). Etdor I. lar kraxmal, har xil qandlar, shilim-shiq moddalar, inulin, gemisellyuloza va b. zaxira moddalarni saklash vazifasini bajaradi. Mac, lavlagi I. sa-xarozaga, kartoshkagul I. bo&#8217;rtmalari inulinga, gulxayri I.i kraxmal va shilimshiq mod- dalarga boy. Ad.: Usmanov A. N., Teoreticheskie Osnovi kornevogo pitaniya xlopchatnika pri poluchenii visokogo urojaya v uslo- viyax iskusstvennoy sredi, T., 1984. Abdukarim Zikiryoev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ildiz (radix) \u2014 o&#8217;simlikning eng muhim organi. I. tuproqdan suv va oziq moddalarni so&#8217;rib olish, o&#8217;zida murak-kab birikmalarni sintez qilish va ularni o&#8217;simlikning er ustki qismi (poyasi, bar- glari) ga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ildiz-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-129821","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129821","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=129821"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129821\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":129824,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129821\/revisions\/129824"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=129821"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=129821"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=129821"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}