{"id":129869,"date":"2024-06-09T06:54:23","date_gmt":"2024-06-09T03:54:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=129869"},"modified":"2024-06-09T06:54:26","modified_gmt":"2024-06-09T03:54:26","slug":"gaz-sanoati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gaz-sanoati\/","title":{"rendered":"Gaz sanoati"},"content":{"rendered":"\n<p>Gaz sanoati \u2014 er bag&#8217;ridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilg&#8217;ilardan sun&#8217;iy gaz olish, aholi va sanoat ta&#8217;minoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi er bagrining 200-7000 m chuqurlikdagi g&#8217;ovak jinslarida bo&#8217;ladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (SN4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8000-8500 kkal issiqlik beradi. Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham bo&#8217;ladi, ular neft konlaridan neft b-n birga chiqadi. Bunday gazlardan 10000 kkal\/m3 gacha issiqlik ajraladi. Sun&#8217;iy gazlar qattiq va suyuq yoqilg&#8217;ini termik yo&#8217;l b-n qayta ishlash hamda ko&#8217;mirni er ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi. Generator gazi, koks gazi kabilar sun&#8217;iy gazlar hisoblanadi. Generator gazining 1 m3 1000-1050 kkal issiqlik beradi. Gaz yoqilg&#8217;isi iste&#8217;molchilarga magistral gaz quvurlari, gazni ma&#8217;lum bosimda uzatadigan murakkab kompressor st-yalari va er osti gaz omborlari vositasida etkaziladi. G. s. dastlab 18-a.ning oxiri \u2014 19-a. boshlarida Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya kabi davlatlarda toshko&#8217;mirdan olingan gazdan shaharni yoritish maqsadida foydalanish yo&#8217;lga qo&#8217;yilgandan boshlab shakllana boshladi. Keyinchalik 19-a. ning 2-yarmida kumirdan gaz oluvchi qurilma \u2014 gaz generatori yaratildi. Bundan tashqari 20-a.ning 20-y.larigacha neft gazlaridan ham foydalanib kelindi. Lekin bu davrgacha hali tabiiy gaz zaxiralari aniqlanmagan, ulardan foydalanilmas edi. Tabiiy gaz zaxiralari topilgach, uning afzalliklari (boshqa yoqilg&#8217;i turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, mehnat sharoitini engillatishi va b.) G. s.ning tez sur&#8217;atlar b-n taraqqiy etishiga olib keldi. Shuning uchun gaz konlarini topish va ularni ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat berildi. Dunyodagi gazning geologik zaxirasi 150-170 trillion m3 ga etadi. Ammo uning mintaqalar bo&#8217;ylab taqsimlanishi turlicha bo&#8217;lganligi bois g. s.ning dunyo mamlakatlardagirivojihamturlichadir. O&#8217;zbekistonda tabiiy (neft b-n chiqadigan) gaz 1932 y.dan olina boshladi, lekin u vaqtda chiqarilgan tabiiy gazning miqdori juda ham oz edi (yiliga 0,7\u20143 mln. m3). Respublikada 50-y. lar oxirigacha gazning yaxshi o&#8217;rganilgan zaxirasi 24 mln. m3 ni tashkil etgan bo&#8217;lsa, 60-y.larga kelib qator gaz konlarining ochilishi va ishga tushirilishi b-n bu sohada tub burilish yasaldi. 1962 y.ga kelib Gazli gaz-neft koninkng ochilishi b-n O&#8217;zbekistonda ulkan magistral gaz quvurlari yaratishga asos solindi (Jarqoq\u2014 Buxoro\u2014 Samarkand\u2014 Toshkent gazoprovodi; 1960, Buxoro \u2014 Ural gazoprovodi, 1963; Buxoro\u2014Toshkent\u2014 Bishkek\u2014 ol-maota gazoprovodi, 1965; O&#8217;rta Osiyo\u2014 Markaz gazoprovodi, 1967). 1968 y.ga kelib O&#8217;zbekistan konlaridan gaz tarqatadigan quvurlar uz. (O&#8217;rta Osiyo \u2014 Markaz gazoprovodini hisobga olma-ganda) 8500 km ga etdi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, G. s.ni rivojlantirish sohasida ham islohotlar o&#8217;tkazila boshladi. Neft va gaz sanoati hamda ular b-n bog&#8217;liq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, &#8220;O&#8217;zbek-neftgaz&#8221; milliy korporasiyam tashkil etildi. Mamlakatning yoqilg&#8217;i mustaqilligiga erishish va eksport salohiyatini oshirish yo&#8217;lida korporasiya tomonidan bir qancha loyiha ishlari re-jalashtirildi. Hoz. vaktda Ustyurt, Buxoro \u2014 Xiva, Jan.-g&#8217;arbiy Hisor, Farg&#8217;ona, Surxondaryo kabi neft va gazga boy hududlarda 175 ta neft va gaz konlari ochilgan. Gaz qazib olish esa 2000 y.da 1990 y.dagiga nisbatan 1,37 barobar oshdi. Sho&#8217;rtan gaz konidagi hoz. mavjud imkoniyatlardan foydalanib sutkasiga bir necha o&#8217;n t gacha suyuq gaz va yiliga bir necha ming t yuqori sifatli oltingugurt olish mumkin. G. s. tarmog&#8217;idagi magistral gazoprovodlar tizimini kengaytirish, yangi er osti gaz omborlarini yaratish, shuningdek mavjudlarini texnik jihozlash, qayta ta&#8217;mirlash ishlari jadal olib borilmokda. Mae, Gazli \u2014 Nukus, Paxtakor \u2014 Yangier \u2014 Toshkent gaz yo&#8217;llari qurilishi nihoyasiga etkazildi. Bu tarmoq Qoraqalpog&#8217;iston va Xorazmni respublikaning o&#8217;z gazi b-n ta&#8217;minlash imkoniyatini berdi (bungacha mazkur hudud Turkmanistondan gaz olgan). Hoz. mavjud gaz sanoati korxonalari yiliga 47 mlrd. m3 gazni qayta ishlash va 350-400 ming t oltingugurt ajratib olish imkoniyatiga ega. (yana q. Gaz ombori). 1999 y.da respublika g.s.da 55,6 mlrd. m3 gaz, shu jumladan 24,1 mln.m3 siqilgan gaz ishlab chiqarildi. Akbarxo&#8217;ja Rahimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gaz sanoati \u2014 er bag&#8217;ridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilg&#8217;ilardan sun&#8217;iy gaz olish, aholi va sanoat ta&#8217;minoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gaz-sanoati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-129869","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129869","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=129869"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129869\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":129879,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/129869\/revisions\/129879"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=129869"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=129869"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=129869"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}