{"id":12987,"date":"2021-12-18T12:20:11","date_gmt":"2021-12-18T09:20:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=12987"},"modified":"2021-12-18T12:20:12","modified_gmt":"2021-12-18T09:20:12","slug":"zotiljam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zotiljam\/","title":{"rendered":"ZOTILJAM"},"content":{"rendered":"\n<p>ZOTILJAM, pnevmoniya \u2014 o&#8217;pka yallig&#8217;lanishi, o&#8217;pkaning infektsion kasalligi, mustaqil kasallik yoki boshqa kasalliklarning asorati qisoblanadi. Zotiljamni turli bakteriyalar (pnevmokokk, streptokokk, stafilokokklar) va viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishiga odamning qattiq sovuq qotishi, jismoniy va ruhiy o&#8217;ta toliqishi, organizmning ichki zaharlanishi \u2014 intoksikasiya hamda organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini susaytiruvchi boshqa omillar sabab bo&#8217;ladi, natijada yuqori nafas yo&#8217;llariga mikroblar o&#8217;tkir va surunkali, joyiga qarab chegaralangan sohalardagi yoki pnevmoniya (o&#8217;pkaning butun bir bo&#8217;lagi zararlanadi) va O&#8217;choqli bronxopnevmoniya farq qilinadi. Krupoz pnevmoniyani pnevmokokklar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Mikroblardan tashqari organizmni kasallikka moyil qilib qo&#8217;yuvchi ba&#8217;zi omillar (masalan, shamollash) ham ta&#8217;sir etgandagina Zotiljam paydo bo&#8217;ladi. Shuning uchun krupoz pnevmoniya qishda ko&#8217;proq uchraydi. Ichkilikka mukkasidan ketgan kishilar (alkogoliklar) Zotiljamga ko&#8217;proq moyil bo&#8217;ladi. Krupoz pnevmoniya, odatda, to&#8217;satdan boshlanadi: temperatura birdan 39,5\u2014 40\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi, bemor qattiq qaltiraydi, tez-tez yo&#8217;taladi, biqini, ko&#8217;kragi og&#8217;riydi, nafas olganda, yo&#8217;talganda va aksa urganida og&#8217;riq (sanchiq) kuchayadi. Sababi shuki, o&#8217;pkaning yallig&#8217;langan bo&#8217;lagini qoplagan plevra ham yallig&#8217;langan bo&#8217;lishi mumkin. Bemor tez-tez, yuza nafas oladi (halloslaydi), lunji qizaradi. Labi, burun kataklarining atrofiga uchuq toshadi, o&#8217;tkir yurak-tomir yetishmovchiligi kuzatiladi, bemorning aqvoli og&#8217;irlashadi. Go&#8217;daklarda, ayniqsa, nimjon, chala tug&#8217;ilgan, raxit, anemiya, gipotrofiya bilan og&#8217;rigan bolalarda Zotiljam juda og&#8217;ir kechishi, agar o&#8217;z vaqtida tibbiy yordam ko&#8217;rsatilmasa, ko&#8217;pincha nohush holatlarga sabab bo&#8217;lishi mumkin. Sulfanilamid preparatlari va antibiotiklar kashf etilguncha Zotiljam (ayniqsa bolalar va keksalarda) og&#8217;ir o&#8217;tib, ko&#8217;pincha o&#8217;limga olib kelar edi. Zamonaviy davolash usullari qo&#8217;llanila boshlagach, kasallik uzoqqa cho&#8217;zilmay bemor tez tuzaladigan bo&#8217;ldi. Zotiljamdan o&#8217;lish deyarli hamisha vrachga kech murojaat qilishda o&#8217;z vaqtida to&#8217;g&#8217;ri davolanmaslik oqibati hisoblanadi. Davosi. Kasallik zo&#8217;riqib ketgan bo&#8217;lsa, bemor kasalxonada davolanadi. Bemorni to&#8217;g&#8217;ri parvarish qilishning, shuningdek, antibiotiklardan to&#8217;g&#8217;ri foydalanishning ahamiyati katta. Salqin, toza havo uyquni va nafas olishni yaxshilaydi, shuning uchun bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib turish muhim. Ichimlik (choy, meva suvi), suyuq ovqat (sho&#8217;rva, ilitilgan tuxum, shirguruch, sut, sariyog&#8217;, qatiq, kefir, kisel va hokazolar) tez-tez berib turiladi. Bemor terlaganda quruq sochiq, araq yoki teng baravar suv qo&#8217;shilgan odekolon bilan artiladi. Ichi yurishishiga, siydigi kelishiga qarab turish zarur. Yurak-tomir sistemasi yaxshi ishlamaganda uning faoliyatini kuchaytiruvchi dorilar buyuriladi, kisloroddan nafas oldiriladi va hokazo. Orqaga gorchichnik qo&#8217;yiladi, yurak-tomir faoliyatini yaxshilovchi (masalan, korglyukon, strofantin) va balg&#8217;am ko&#8217;chiruvchi dorilar tavsiya etiladi va boshqalar. Harsillash paydo bo&#8217;lsa, bemorning boshini balandroq qilib yotqizib qo&#8217;yish kerak. Bemor gigienik rejimga rioya qilishi, ochiq havoda sayr etishi, davo gimnastikasi bilan shug&#8217;ullanishi lozim. Kasallikning oldini olish, asosan, organizmning umumiy holatini yaxshilashga (chiniqish, badan tarbiya va boshqalar), yomon odatlar (chekish, spirtli ichimliklar ichish) ni tark etishga, infektsiya manbalarini yo&#8217;qotishga va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilmog&#8217;i lozim. Ad.: Shamsiyev A. M., Ostriye destruktivniye pnevmonii u detey, T., 1966; Ubaydullayev A. M., Ginzburg V. S, klinikada o&#8217;pka funktsiyasini tekshirish, T., 1991.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZOTILJAM, pnevmoniya \u2014 o&#8217;pka yallig&#8217;lanishi, o&#8217;pkaning infektsion kasalligi, mustaqil kasallik yoki boshqa kasalliklarning asorati qisoblanadi. Zotiljamni turli bakteriyalar (pnevmokokk, streptokokk, stafilokokklar) va viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishiga odamning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zotiljam\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-12987","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12987","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12987"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12987\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12994,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12987\/revisions\/12994"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12987"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12987"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12987"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}