{"id":130304,"date":"2024-06-09T12:50:53","date_gmt":"2024-06-09T09:50:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130304"},"modified":"2024-06-09T12:51:05","modified_gmt":"2024-06-09T09:51:05","slug":"inolchiq-inolchuq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/inolchiq-inolchuq\/","title":{"rendered":"Inolchiq, Inolchuq"},"content":{"rendered":"\n<p>Inolchiq, Inolchuq (7-1220, sa- markand) \u2014 O&#8217;tror hokimi (1210-20), Muhammad Xorazmshohning yirik sar- kardalaridan, Turkon xotunttt ama-ki- vachchasi. Majusiylikka e&#8217;tiqod qilib yurgan kezlaridagi ismi \u2014 Yagantug&#8217;di (Yagan \u2014 qad. turkiychada filni an- glatadi), Islomni qabul qilgandan keyingi ismi esa Tojuddin. G&#8217;oyrxon (yoki Qadrxon) &#8220;qudratli hokim&#8221; de- gan unvon sohibi. I. 1218 y. Chingiz- xonnnng Umar Xoja O&#8217;troriy, Jamol Marog&#8217;iy, Faxruddin Dizakiy (Jizza- xiy) al-Buxoriy, Aminuddin Hiraviy boshchiligidagi 450 kishilik savdo kar- voni O&#8217;trorga kelganda, mazkur karvon ahlining savdogarlar niqobi ostida jo&#8217;natilgan mo&#8217;g&#8217;ul josuslari ekanini fahmlab, zudlik b-n shu haqda Muhammad Xorazmshohga xabar yuboradi. Ammo, u Xorazmshohning maxsus farmon yubo- rilgungacha, karvon ahlini ehtiyotlash zarurligi xususidagi buyrug&#8217;iga e&#8217;ti- bor qilmay, ularning deyarli barchasini qatl qilib, mol-mulklarini musodara etadi. Shunda ta-sodifan omon qolgan bir mo&#8217;g&#8217;ul Pekinga qochib borib, chin- gizxonni bo&#8217;lgan voqeadan xabardor qiladi. Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Kafraj Bug&#8217;roni 2 mo&#8217;g&#8217;ul hamrohligida elchi qilib jo&#8217;natib, I.ni ular qo&#8217;liga topshirmoqni talab qiladi. Lekin, Xo- razmshoh I.ning o&#8217;ziga yaqin qarindosh, Jasur sarkarda va qo&#8217;shinning asosiy qismida uning qavmiga mansub kishilar sarkarda ekanini inobatga olib, Chingiz- xonning bu talabini qat&#8217;iyan rad etadi- da, Kafraj Bug&#8217;ro b-n boyagi 2 mo&#8217;g&#8217;ulni qatl etdiradi (Ibn al-Asirniit yozi- shicha, faqat elchi o&#8217;ldirilib, uning hamroxlari soqollari qirqib tashlan- gan holda qo&#8217;yib yuborilgan). Shundan so&#8217;ng, I. mo&#8217;g&#8217;ullar b-n bo&#8217;lishi muqarrar jangga hozirlik ko&#8217;rib, 20 ming kishi- lik qo&#8217;shin to&#8217;playdi, Xorazmshoh unga 10 ming askarni madadga yuboradi. 1219 y. sent. da Chingizxon 100 mingdan ortiq as- kar b-n O&#8217;trorni qamal qiladi. I. 5 oy- lik qamal davomida o&#8217;z qo&#8217;shini va shahar aholisi b-n birgalikda mo&#8217;g&#8217;ullarga qattiq qarshilik ko&#8217;rsatib, ulardan bir necha minggini halok etadi. Ammo, suv va egulik tanqisligi, kuchlarning teng emasligi oqibatida mudofaachilar holdan ketib, mo&#8217;g&#8217;ullar shaharga kirish- ga muvaffaq bo&#8217;ladi. Ikki o&#8217;rtada shid- datli jang bo&#8217;lib, I. qo&#8217;shini engiladi. Otisha-otisha bir dona ham o&#8217;qi qolmagan I., vayron bo&#8217;lgan qal&#8217;a g&#8217;ishtlari b-n bir qancha mo&#8217;g&#8217;ullarni urib o&#8217;ldiradi. Oxiri, mo&#8217;g&#8217;ullar ko&#8217;pchilik bo&#8217;lib uning ustiga tashlanadida, qo&#8217;l-oyoqlarini bog&#8217;lab Samarqandga \u2014 Chingizxonning huzuriga olib boradi. Chingizxon uning ko&#8217;zu quloqlariga kumush eritib quyishni amr qiladi (yana q. O&#8217;tror mudofaasi).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inolchiq, Inolchuq (7-1220, sa- markand) \u2014 O&#8217;tror hokimi (1210-20), Muhammad Xorazmshohning yirik sar- kardalaridan, Turkon xotunttt ama-ki- vachchasi. Majusiylikka e&#8217;tiqod qilib yurgan kezlaridagi ismi \u2014 Yagantug&#8217;di (Yagan \u2014 qad. turkiychada &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/inolchiq-inolchuq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-130304","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130304","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130304"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130304\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130318,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130304\/revisions\/130318"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130304"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130304"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130304"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}