{"id":130315,"date":"2024-06-09T12:54:35","date_gmt":"2024-06-09T09:54:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130315"},"modified":"2024-06-09T12:54:39","modified_gmt":"2024-06-09T09:54:39","slug":"insektisidlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/insektisidlar\/","title":{"rendered":"Insektisidlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Insektisidlar (lot. insectum qasharot va caedo \u2014 o&#8217;ldiraman) \u2014 za- rarkunanda hasharotlarni yo&#8217;qotish uchun ishlatiladigan kimyoviy modda- lar. I. yordamida zararkunanda, shunin- gdek, yuqumli kasalliklar tarqatuvchi hasharotlarga qarshi kurash olib bori- ladi. Sirtdan (hasharot tashqi qop-lami orqali singadi), nafas olish yo&#8217;llari orqali, ichdan (ozuqa b-n birga oshqozon ichak a&#8217;zolariga kiradi), singib ta&#8217;sir qiluvchi (o&#8217;simlik to&#8217;qi-malariga il- diz va bargdan singuvchi) turlari bor. Ko&#8217;pgina I. ham sirtdan, ham ichdan ta&#8217;- sir etish xususiyatiga ega. Ichdan ta&#8217;sir qiluvchi I. zararkunandalarning egan ovqati b-n oshqozonga tushib, ularni o&#8217;ldiradi; nafas yo&#8217;llari orqali ta&#8217;- sir qiluvchi I. hasharot tanasiga nafas yo&#8217;lidan, sirtdan (teri orqali) ta&#8217;sir qiluvchi I. esa terisidan kiradi. Ba&#8217;- zi I. o&#8217;simlikka ildizi va bargi orqali kirib, uning shirasini hasharot uchun zaharli qilib qo&#8217;yadi. Kimyoviy tarkibiga ko&#8217;ra anorganik va organik I.ga bo&#8217;linadi. Anorganik I.ga turli xil metall birikmalari, shu jum- ladan keng ishlatiladigan oltingugurt preparatlari misol bo&#8217;ladi. I.ning katta guruhini yuqori fiziologik faollikka ega bo&#8217;lgan organik birikmalar tashkil etadi. U xlororganik, fosfororganik, kar-bamatli birikmalarga bo&#8217;linadi. I. ho&#8217;llanuvchi kukun (suvli suspenziya qilib purkash uchun), dust (ekinlariga changitish, urug&#8217;ni upalash uchun), emul- siya kontsentratlari yoki emul-siyalanuv- chi kontsentrat (suvda suyultirib emul- siya holida purkash uchun), maxsus (o&#8217;ta kichik hajmda purkash uchun preparatlar, pasta, tutun shashkalari, aerozollar, fumigasiya uchun va b.) hamda donador- langan preparatlar (tuproqqa urug&#8217;b-n birga yoki Nihol paydo bo&#8217;lgandan so&#8217;ng solish uchun) holida ishlab chiqariladi. I. ta&#8217;sir kuchi bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Ularning ta&#8217;sir kuchi darajasi ko&#8217;pgina omillar- ga, birinchi navbatda, birikmaning ki- myoviy tarkibiga bog&#8217;liq. Mac, tarkibida margimush, simob bo&#8217;lgan, shuningdek, xlororganik preparatlar strukturasi juda barqarorligi b-n ajralib turadi. Ko&#8217;pgina fosfororganik I. yorug&#8217;lik, na- mlik va muhitning biologik omilla- ri ta&#8217;sirida tez parchalanadi, shuning uchun ham bu preparatlar o&#8217;simliklar uchun xavfsizdir. Odam va is-siqqonli hayvonlarga ta&#8217;siri jihatidan ham I. bir-biridan keskin farq qiladi. I.ning zaharlilik darajasi o&#8217;rtacha o&#8217;lim do- zasini (ya&#8217;ni sinovdagi hayvonlarning 50% nobud bo&#8217;lishi-ni) ko&#8217;rsatadigan O&#8217;D50 belgisi b-n ifodalanadi. Qabul qilingan tasnif bo&#8217;yicha preparatlar- ning zaharlilik darajasi (sinovda- gi hayvonlarga ichdan ta&#8217;sir etganda) quyidagicha guruhlanadi: o&#8217;ta zaharli (O&#8217;D50\u201450 mg\/kg gacha), zahari kuchli (O&#8217;D50\u201450\u2014200 mg\/ kg), o&#8217;rtacha zaharli (O&#8217;D50\u2014200\u20141000 mg\/kg), zahari kuchsiz (O&#8217;D50\u20141000 mg\/ kg dan yuqori). Dehqonchilikda I.dan ekinlarni za- rarkunandalarni himoya qilishda keng foydalaniladi. Insektisid preparat- larning ta&#8217;sir etuvchi moddasi tarzida foydalaniladigan kimyoviy moddalar- ning soni (jahon miqyosida) 300 dan ortiq, ularning preparat shakllari 5 mingga yaqin. K,, x. zararkunandalari \u2014 hasharotlarga qarshi kurash muammolari- ning jadal o&#8217;rganilishi hamda samarasi yuqori va issiqqonli hayvonlar uchun xavfi kamroq yangi preparat va birikma- larning kashf etilishi tufayli I.ning turxili doimo yangilanib bormoqda. Hoz. sharo-itlarda mishyak va ftorli noorganik I. qo&#8217;llanilmaydi. Rivoj- langan mamlakatlarda, shu jumladan, O&#8217;zbekistonda xam ilgari ishlatib kelin- gan DDT va bir qancha xlororganik (poli- dofen, anabazin va nikotin sulfat kabi zahari kuchli) I.ni endilikda q. x.da qo&#8217;llash taqiqlangan. Ular o&#8217;rniga zahari kuchsiz va o&#8217;rtacha zaharli I. tav-siya etil- gan, jumladan, fosfororganik birikma- larni qo&#8217;llash tobora kengaymoqda. Key- ingi yillarda q. x.da sarf me&#8217;yori oz (1 ga maydonga 25-200 g) va zahari nisbatan kuchsiz bo&#8217;lgan sintetik piretroidlarlan ko&#8217;proqfoydalanilmoqda. O&#8217;zbekistonda 90-y.larning 2-yarmidan boshlab G&#8217;arbiy Evro-padagi kimyo kontsernlarida (&#8220;Sibo Geyga&#8221;, &#8220;Bayer&#8221; va b.) ishlab chiqarilgan I. ko&#8217;proqqo&#8217;llaniladi. O&#8217;zbekistonda ularning vakolatxonalari ochilgan. I.larning suv havzalariga tu- shishini, asalari va b. foydali hasharotlarning zaharlanishi, hayvon va o&#8217;simlik mahsulotlarida to&#8217;planishi va b. zararli ta&#8217;sirining oldini olish uchun ularni saqlash, qo&#8217;llash, tashish qoidalariga qat&#8217;iy amal qilish kerak (yana q. Pestisidlar). Sulton Alimuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Insektisidlar (lot. insectum qasharot va caedo \u2014 o&#8217;ldiraman) \u2014 za- rarkunanda hasharotlarni yo&#8217;qotish uchun ishlatiladigan kimyoviy modda- lar. I. yordamida zararkunanda, shunin- gdek, yuqumli kasalliklar tarqatuvchi hasharotlarga qarshi kurash olib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/insektisidlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-130315","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130315","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130315"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130315\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130328,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130315\/revisions\/130328"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130315"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130315"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130315"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}