{"id":130317,"date":"2024-06-09T12:54:37","date_gmt":"2024-06-09T09:54:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130317"},"modified":"2024-06-09T12:54:43","modified_gmt":"2024-06-09T09:54:43","slug":"inson-huquqlari-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/inson-huquqlari-2\/","title":{"rendered":"Inson huquqlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Inson huquqlari &#8211; inson- ning davlat b-n munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda da&#8217;volarini tavsiflovchi tushun- cha. I. h.ni erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilari- dan biridir. I. h.ni mutlaq va nisbiy I. h.ga bo&#8217;lish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zo&#8217;ravonlikka, in- son sha&#8217;nini erga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, o&#8217;z sha&#8217;ni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga e&#8217;tiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va Odil sudlov huquqi hamda shular b-n bog&#8217;liq eng muhim prosessual huquqlar mut-laq I. h. sirasiga kiradi. Qolgan hamma I. h. nisbiy bo&#8217;lib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki to&#8217;xtatib qo&#8217;yilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq I. h.ni har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha to&#8217;xtatishga (bekor qilishga) yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi. O&#8217;zbekiston Respublikasining Kon- stitusiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va bur- chlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkin- liklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, I. h. va erkinliklarining kafolatla- ri belgilab berilgan (18\u2014 52-modda- lar). O&#8217;zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinli- klarga ega bo&#8217;lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e&#8217;tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat&#8217;i nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi \u2014 har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish \u2014 eng og&#8217;ir jino- yat hisoblanadi (24-modda). Har kim er- kinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zo&#8217;ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa du- chor etilishi mumkin emas (25-26-mod- dalar). Har kim o&#8217;z sha&#8217;ni va obro&#8217;siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, so&#8217;z va e&#8217;tiqod erkinligi xuquqiga ega (27-29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga e&#8217;tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e&#8217;tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan Sing- dirishga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi (31-modda). Mustaqillik yillarida O&#8217;zbekistonda I. h. va erkinliklari- ning ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asos- langan keng hukuqiy muhit vujudga kel- tirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zo&#8217;ravonligidan huquqiy me&#8217;yorlar sari keskin burilish yasaldi. Respu- blika qonunlarini I. h. sohasidagi xalqaro me&#8217;yorlar va andozalarga muvo- fiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, I. h.ni himoya qiladigan muassasalarning yax- lit tizimini barpo etish, I. h.ga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qo&#8217;shilishda davom etib, bu hujjatlar bo&#8217;yicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shax- slar va fuqarolar shu hujjatlar tala- blariga so&#8217;zsiz rioya qilishining mexa- nizmi yaratildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson huquqlari &#8211; inson- ning davlat b-n munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda da&#8217;volarini tavsiflovchi tushun- cha. I. h.ni erkin va samarali tarzda amalga oshirish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/inson-huquqlari-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-130317","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130317","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130317"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130317\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130330,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130317\/revisions\/130330"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130317"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130317"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130317"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}