{"id":13048,"date":"2021-12-18T14:15:53","date_gmt":"2021-12-18T11:15:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13048"},"modified":"2021-12-18T14:15:54","modified_gmt":"2021-12-18T11:15:54","slug":"zuluklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zuluklar\/","title":{"rendered":"ZULUKLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ZULUKLAR (Hirudinea) \u2014 halqali chuvalchanglar tipining sinfi. Tanasining uzunligi bir necha santimetrdan 15 santimetrgacha, ba&#8217;zan undan ham uzunroq. Tanasi orqa va qorin tomondan yassilashgan, ba&#8217;zan tsilindrsimon, 33 ta tashqi halqadan iborat. Zuluklar tanasining tashki halqalari soni ichki halqalari soniga teng bo&#8217;lmaydi, odatda, har bir ichki halqaga 3-5 ta tashqi (ikkilamchi) halqa to&#8217;g&#8217;ri keladi. 400 ga yaqin turi chuchuk suv havzalari va dengizlarda tarqalgan. Ko&#8217;pchilik Zuluklarning 2 so&#8217;rg&#8217;ichi bo&#8217;lib, ulardan biri tanasining oldingi, ikkinchisi keyingi qismida joylashgan. Og&#8217;iz teshigi so&#8217;rg&#8217;ich yoki Xartum bilan o&#8217;ralgan. Zuluklar yirtqich (xartumli Zuluklar) yoki parazit (jag&#8217;li Zuluklar) hayot kechiradi. Yirtqich Zuluklar mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi, parazit Zuluklar turli umurtqali hayvonlar va odam qonini so&#8217;radi. Jag&#8217;li Zuluklar ichagining yon tomonidagi juda keng xaltalariga ko&#8217;p qon so&#8217;rib oladi. Zuluklar so&#8217;lagi tarkibidagi girudin qonni ivitmaydi. Zuluklar terisi orqali nafas oladi. Ayirish sistemasi \u2014 metanefridiylar. Jag&#8217;li Zuluklarning qon aylanish sistemasi kon tomirlari devori epiteliysi bo&#8217;lmasligi bilan boshqa halqali chuvalchanglardan farq qiladi, qon tomiri tana bo&#8217;shlig&#8217;i qoldig&#8217;idan hosil bo&#8217;ladi. Zuluklar germafrodit, urug&#8217;langan tuxumlarini pilla ichiga qo&#8217;yadi. Lichinkasi pilla ichida o&#8217;zgarishsiz rivojlanadi. 2 kenja sinf: qadimgi (Archihirudinea) va haqiqiy Zuluklar (Euhirudinea) ga bo&#8217;linadi. Haqiqiy Zuluklar xartumli (Rhynchobdellida) va jag&#8217;li Zuluklar (Gnatobdellida) turkumlariga bo&#8217;linadi. Tibbiyot Zuluklar (Hiruda medicinalis) dan tromb hosil bo&#8217;lishi bilan bog&#8217;liq qon tomirlari kasalliklari (gipertoniya, sklerozning boshlang&#8217;ich davrlari, insult va boshqalar) ni davolashda foydalaniladi. Tibbiyot Zuluklar maxsus zavodlarda ko&#8217;paytiriladi. Ayrim Zuluklar baliqlarga jiddiy zarar yetkazadi. O&#8217;rta Osiyo suv xavzalarida chig&#8217;anoqli Zuluklar (Glossiphoniacomplanata), soxta ot Zuluklar (Haemopis sanguisida), Turkiston Zuluklari (Limnatus turkistanica) uchraydi. Tseylon va zond arxipelagi tropik o&#8217;rmonlarida quruqlikda yashovchi Zuluklar (Haemodipsaceylomca) odam va sut emizuvchilar qonini so&#8217;radi. Ad.: Mavlonov O., Xurramov Sh., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 1995.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZULUKLAR (Hirudinea) \u2014 halqali chuvalchanglar tipining sinfi. Tanasining uzunligi bir necha santimetrdan 15 santimetrgacha, ba&#8217;zan undan ham uzunroq. Tanasi orqa va qorin tomondan yassilashgan, ba&#8217;zan tsilindrsimon, 33 ta tashqi halqadan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zuluklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-13048","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13048","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13048"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13048\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13058,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13048\/revisions\/13058"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13048"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13048"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13048"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}