{"id":130481,"date":"2024-06-09T13:28:45","date_gmt":"2024-06-09T10:28:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130481"},"modified":"2024-06-09T13:28:52","modified_gmt":"2024-06-09T10:28:52","slug":"gegel-hegel-georg-vilgelm-fridrix","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gegel-hegel-georg-vilgelm-fridrix\/","title":{"rendered":"Gegel (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix"},"content":{"rendered":"\n<p>Gegel (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix (1770. 27. 8, Shtutgart \u2014 1831. 14. 11, Berlin) \u2014 yirik nemis fayla- Sufi, nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili. 1788-93 y. larda Tyu- Bingen in-tida taxsil olgan. Bu erda falsafa va ilohiyotni o&#8217;rgangan. Bernda (1793-96), Frankfurtmaynda (1797\u2014 1800) zodagon oilalarda o&#8217;qituvchi, iena (1801-07), Geydel-Berg (1815-18) un-tlarida prof., Nyurnberg gimnaziya- sida (1807-16) direktor, ayni paytda, &#8220;Bamberg gazetasi&#8221; da muharrir, Berlin un-ti prof. (1818-28), rektori (1829-30). G. o&#8217;z ta&#8217;limotini butun G&#8217;arb falsafa- si rivojining yakuni, deb hisoblagan bo&#8217;lsada, aslida, uni yangi davr Ev- ropa falsafasi taraqqiyotining so&#8217;nggi, yuqori bosqichi deyish mumkin. G. falsafiy ta&#8217;limotida barcha tabi- iy va ijtimoiy hodisa hamda jarayon- larning tubida &#8220;olamiy ruh&#8221;, &#8220;olamiy aql&#8221;, &#8220;mutlaq ruh&#8221;, &#8220;mutlaq g&#8217;oya&#8221;, deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borli- gini asoslashga harakat qilgan. Mazkur ruhiy ibtido shuning uchun ham olamiy, mutlaqki, uning mavjudligi hech qanday boshqa narsaga bog&#8217;liq bo&#8217;lmay, u tabi- at va jamiyat vujudga kelgunicha mavjud bo&#8217;lgan. Bu ma&#8217;noda, &#8220;olamiy&#8221;, &#8220;mutlaq&#8221; ruh tushunchasi &#8220;ilohiy ong&#8221; tushuncha- siga hamohang va mutanosibdir. Fayla- sufning e&#8217;tirof etishicha, falsafaning mazmuni, uning ehtiyoj va manfaatlari dinning ehtiyoj hamda manfaatlari b-n tamomila mushtarak, umumiydir; dinga xos narsa abadiy haqiqat, Xudo va uni anglashdir; falsafa dinni qay darajada kashf qilsa, o&#8217;zini shu darajada namoyon etadi va aksincha, u qay darajada o&#8217;zini namoyon etsa, dinni shu darajada kashf qiladi; din va falsafa o&#8217;zaro mutano- sibdir. G. ning fikricha, agar Xudo din- da e&#8217;tiqod shaklida tasavvur qilinsa, u falsafada mantiqiy yo&#8217;l b-n bilinadi. G.ning ta&#8217;kidlashicha, Xudo barcha narsa- larda mavjud bo&#8217;lib, u faqat sof tafak- kurdagina, o&#8217;zining mohiyatiga mutano- sib shaklda, mukammal namoyon bo&#8217;ladi. G. falsafasida yakun topgan mutlaq bilim Xudoning inson timsolidagi &#8220;o&#8217;zini o&#8217;zi bilishdan&#8221; boshqa narsa emas. G. ta&#8217;limotida rivojlanish &#8220;triada&#8221; \u2014 3 bosqichlilik (tezis, antitezis va sintez) shaklida yuz beradi. Shunga mu- vofiq, mazkur falsafaning Markaziy tushunchasi \u2014 &#8220;mutlaq ruh&#8221; dialektik rivojlanish jarayonida 3 bosqichni bo- sib o&#8217;tadi: 1. &#8220;Mutlaq ruh&#8221; ning tabiat yaratilganiga qadar bo&#8217;lgan sof tafakkur bosqichi. 2. &#8220;Mutlaqruh&#8221; ning tabiatga aylanishi. 3. &#8220;Mutlaq ruh&#8221; ning tabiati- ing inkori sifatida yana o&#8217;ziga qaytishi. G. ta&#8217;limotiga binoan olam ruhiy ta- biatga ega, uning rivoji shu sababdan ham yuz beradiki, sof ilohiy tafakkur &#8211; ning ichki mazmuni, muayyan bosqichda, unga hech ham mutanosib bo&#8217;lmagan jis- miy borliq \u2014 tabiat shakliga o&#8217;tadi va shu bois, uning uchun mudhish holat \u2014 ziddiyat vujudga keladi. Harakat \u2014 dialektik rivojlanishning muhim tamoyili bo&#8217;lib, u ayni ziddiyatning mahsulidir. Xuddi tabiatiing o&#8217;zida ruhning undan, ya&#8217;ni o&#8217;zining &#8220;o&#8217;zgacha borlig&#8217;i \u2014 begonalashuvidan&#8221; yana &#8220;o&#8217;ziga qaytishi&#8221; boshlanadi. O&#8217;z hayotining ilk bosqichlarida hali tabiat qo&#8217;ynida bo&#8217;lgan inson ongning vujudga kelishi (fenomenologiya) natijasida o&#8217;z mavjud- ligining ibtidoiy holatidan asta-se- kin uzilib, ko&#8217;tarila, yuksala boshlaydi va u ruhiy mavjudot (&#8220;sub&#8217;ektiv ruh&#8221;) sifatida, o&#8217;zining bunday mohiyatini tegishli (anglovchi va xoxlovchi) xusu- siyati va uning mazmuniga mos tarzda payqamas, o&#8217;zlashtirmas ekan, ibtidosi qanday bo&#8217;lsa, shundayligicha qolaveradi. &#8220;Ob&#8217;ektiv ruh&#8221; ning ko&#8217;rinishlari ij- timoiy hayot shakllari \u2014 huquq, axloq, urf-odat va davlat ham xuddi shunday ta- drijiylik jarayonlarini bosib o&#8217;tadi. Bu erda ham boshka joylardagidek, uchinchi bosqich uzidan avvalgi ikkita- sining omixtasi (sintezi) hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda huquqiy mazmun b-n axloqiy e&#8217;tiqodning mushtarakli- gi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur mushtaraklik davlat timso- lida o&#8217;zining oliy ifodasini topadi. Xudo sub&#8217;ektivlik b-n ob&#8217;ektivlik- ning (biluvchi va biluvchiga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan mohiyatning) birligidir. Sub- stantsiya (mohiyat) va biluvchi (sub&#8217;ekt) ning mutlaq ayniyligini mushohada qilish, tasavvur etish va bilish, ya&#8217;ni &#8220;mutlaq ruh&#8221; ning uchta shakli &#8220;ob&#8217;ek- TIV ruh&#8221; ning tegishli ko&#8217;rinishlariga tayanadi. Mazkur mushtaraklik san&#8217;atda &#8220;mushohada&#8221; qilinadi, dinda esa &#8220;tasav- vur&#8221; etiladi, faqat mutlaq ilm \u2014 fal- safada u bilinadi, ya&#8217;ni ayni shu erda pirovard maqsadga \u2014 inson cheklan- gan mohiyatining cheksizlikka daxldor bo&#8217;lishligiga erishiladi. Ilohiy aql b-n ana shu mushtaraklik g. falsafasi- ning sir-sinoati, asl ma&#8217;nosini tash- kil etadi. G. ning falsafiy ta&#8217;limoti davlat va tarixii tushunish sohalariga katta ta&#8217;sir kursatdi. U umumiy jahon tarixiga &#8220;olamiy ruh&#8221; ning o&#8217;zini o&#8217;zi anglash jarayoni va shu b-n birga &#8220;ozod- likni anglashdagi taraqqiyot&#8221; sifatida qaraydi. Biroq ozodlik shundan ibo- ratki, inson o&#8217;zining &#8220;mutlaq g&#8217;oya&#8221; b-n mohiyatan birligini biladi va o&#8217;zini ob&#8217;ektiv ruh hosilalari hamda uning xohish-irodasi (davlat va huquq) b-n ten- glashtiradi. Bu hosilalar pirovard na- tijada &#8220;mutlaq ruh&#8221; tomonidan vujudga keltirilgandir. Ozod fuqaro o&#8217;zining umumozodlik b-n jiddiy o&#8217;xshashligini anglaydi, qonun tashqi buyruqqa o&#8217;xshab ko&#8217;rinishini uning o&#8217;zi biladi. G. falsafasida tabiat va tafakkurning, ayni paytda jamiyat dialektik rivoj- lanishining poydor tamoyillari \u2014 ziddiyat, sifat va mikdor o&#8217;zgarishlari, inkorni inkor konunlari ifodalangan. G. ta&#8217;limoti tizimining turli sohalarida Sharq, jumladan O&#8217;rta Osiyo xalqlari tarixi, falsafasi, diniy, ba- diiy va umuman ma&#8217;naviy dunyosi masa- lalari tegishli tarzda talqin topgan. Asosiy asarlari: &#8220;Ruh fenomenologiya- si&#8221; (1807), &#8220;mantiq fani&#8221; (1812\u2014 16), &#8220;Falsafa fanlari entsiklopediyasi&#8221; (1817), &#8220;huquq falsafasi&#8221; (1821), &#8220;din falsafasi buyicha lektsiyalar&#8221;(1832), &#8220;Falsafa tarixi buyicha lektsiyalar&#8221; (1833-36), &#8220;estetika bo&#8217;yicha lektsiya- lar&#8221; (1835-38), &#8220;Tarix falsafasi buy- icha lektsiyalar&#8221; (1837). Abdulhafiz Ja- lolov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gegel (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix (1770. 27. 8, Shtutgart \u2014 1831. 14. 11, Berlin) \u2014 yirik nemis fayla- Sufi, nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili. 1788-93 y. larda Tyu- Bingen &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gegel-hegel-georg-vilgelm-fridrix\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130481","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130481","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130481"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130481\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130502,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130481\/revisions\/130502"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130481"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130481"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130481"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}