{"id":130486,"date":"2024-06-09T13:28:50","date_gmt":"2024-06-09T10:28:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130486"},"modified":"2024-06-09T13:28:58","modified_gmt":"2024-06-09T10:28:58","slug":"gelmintozoonozlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gelmintozoonozlar\/","title":{"rendered":"Gelmintozoonozlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Gelmintozoonozlar &#8211; ta- biiy sharoitda qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi odam- larda va hayvonlarda parazitlik qilib yashovchi gelmintoz kasalli- klar guruhi. G. atamasi J929 y.da rus olimlari K. I. Skryabin va R. S. Shul- tsar tomonidan fanga kiritilgan. G. ikki guruhga bo&#8217;linadi. Birinchi guruhga tarixiy taraqqiyot (filogenez) jarayonida faqat hayvonlar organizmi- ga moslashgan g. qo&#8217;zg&#8217;atuvchilari kiradi. Odam bu qo&#8217;zg&#8217;atuvchilar uchun fakultativ xo&#8217;jayin bo&#8217;lishi mumkin. Bu guruxga fassiolyoz, dikroselioz, tsenuroz, tsisti- tserkoz, dipilidioz, trixinellyoz va b. ka- salliklar misol bo&#8217;ladi. Birinchi guruh gelmintozlarga odam tanasiga joyla- shib, uning organizmini ma&#8217;lum patolo- gik o&#8217;zgarishlarga olib kelib, ammo o&#8217;zi jinsiy voyaga etmaydigan gelmintlarni xam kiritish mumkin. Mas, itlarning untsinarioz kasalligi qo&#8217;zg&#8217;atuvchisining lichinkasi, sut emizuvchi va kushlarning shistosomatit lichinkalari odam terisi orqali o&#8217;tib, dermatitni paydo qiladi. Ikkinchi guruhga qo&#8217;zg&#8217;atuvchisining bio- logik rivojlanishida odam ishtiro- ki shart bo&#8217;lgan g. kiradi. Mas: tenii- doz, teniarinxoz kabilar. Teniarinxoz O&#8217;zbekistonda Xorazm, Buxoro, Samar- kand viloyatlari, Qoraqalpog&#8217;iston Re- spublikasi aholisi o&#8217;rtasida uchray- Di (piyoz va garmdori qo&#8217;shilgan xom qiyma go&#8217;shti \u2014 &#8220;ijjan&#8221; iste&#8217;mol kilinishi uning asosiy sababidir). G. b-n zararlanishda epizootologik va epidemiologik jarayonlarning bir necha holatlari farq qilinadi: a) odam va hayvonlar gelmintlar uchun asosiy xo&#8217;jayin hisoblanadi (mas, opistor- xoz, shistosomoz, fassiolyoz, difillo &#8211; botrioz, dipilidioz). Bunday holatda odam va hayvonlar bir-biriga kasallik- ni yuqtirmaydi; ular invaziya manbai bo&#8217;lib, boshqa biror oraliq yoki qo&#8217;shimcha xo&#8217;jayin hisoblanadi; b) odam asosiy xo&#8217;jayin, hayvonlar \u2014 oraliq xo&#8217;jayin bo&#8217;ladi (mas, teniarinxoz va teniozlar- da qoramollar va cho&#8217;chqalardan kasalli- klar odamlarga yuqadi; v) ba&#8217;zi bir tur hayvonlar asosiy xo&#8217;jayin bo&#8217;lib, odam oraliq xo&#8217;jayin vazifasini o&#8217;taydi (mas, exinokokkoz); g) odam va hayvonlar bit- ta tur gelmint uchun bir vaqtning o&#8217;zida ham asosiy xo&#8217;jayin, ham oraliq xo&#8217;jayin bo&#8217;lishi mumkin (mas, trixinellyoz). Go&#8217;sht mahsulotlarini veterinariya-sani- tariya nazoratidan o&#8217;tkazish, aholining umumiy va sanitariya madaniyati dara- jasini oshirish, yaylovlar va hayvonlar suv ichadigan joylarning kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchisining tuxum va lichinkalari b-n ifloslanishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik, ta- biiy-geografik sharoit va b.ni yaxshilash G.ga qarshi kurash va ularni yo&#8217;qotishda katta ahamiyatga ega. Jaloliddin Azi- mov, Erkinjon Shakarboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gelmintozoonozlar &#8211; ta- biiy sharoitda qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi odam- larda va hayvonlarda parazitlik qilib yashovchi gelmintoz kasalli- klar guruhi. G. atamasi J929 y.da rus olimlari K. I. Skryabin va R. S. Shul- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gelmintozoonozlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130486","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130486","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130486"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130486\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130507,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130486\/revisions\/130507"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130486"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130486"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130486"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}