{"id":130490,"date":"2024-06-09T13:24:45","date_gmt":"2024-06-09T10:24:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130490"},"modified":"2024-06-09T13:24:49","modified_gmt":"2024-06-09T10:24:49","slug":"gana-ghana-gana-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gana-ghana-gana-respublikasi\/","title":{"rendered":"Gana (Ghana), Gana Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Gana (Ghana), Gana Respublikasi (Republic of Chana) \u2014 G&#8217;arbiy Afrikada, Gvineya qo&#8217;ltig&#8217;i sohilidagi davlat. Mayd. 238,5 ming km2. Aholisi 18,1 mln. Kishi (1997). Poytaxti \u2014 Akkra sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 10 viloyatga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. G. \u2014 respublika. Brita- niya Hamdo&#8217;stligi tarkibiga kiradi. Amaddagi Konstitusiyasi 1992 y. 28 apr. dagi referendumda ma&#8217;qullangan va 1993 y. 7 yanv.da kuchga kirgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident. U tugri umumiy ovoz be- rish yo&#8217;li b-n 4 y. muddatga saylanadi va yana bir muddatga qayta saylanishi mum- kin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 200 de- putatdan iborat bir palatali parlament ixtiyorida. Ijroiya hokimiyatni Prezi- dent va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. G. Shim. yarim shar subekvatori- al mintaqasining savanna va nam tropic o&#8217;rmonlar doirasida joylashadi. Sohil qismi past, qumli, lagunalar ko&#8217;p. Hududining anchagina qismi bal. 150\u2014 300 m li tekislik. Markazida Ashanti (300 m) va Kvaxu (AK-Vava tog&#8217;i, 788 m) platolari, sharqida Togo tog&#8217;i bor. Iqpimi \u2014 ekvatorial-musson, Jan.- g&#8217;arbida ekvatorial iqlim. Martning o&#8217;rtacha t-rasi 27-32\u00b0, avg.niki 23-26\u00b0. Yillik yog&#8217;in sohilning g&#8217;arbi, shim. Va markazda 1000\u2014 2000 mm, sohilning sharqi va Akkrada 650-750 mm. Noyab.\u2014 dek.da Sahroi Kabirdan quruq va issiq shamol esib turadi. Daryolar ko&#8217;p, Ostona- li, seryomg&#8217;ir mavsumda kemalar qatnaydi. Eng katta daryosi \u2014 Volta. Bosumtvi (34 km2, chuq. 71 m) g.dagi yagona ko&#8217;ldir. May- donining 10%i o&#8217;rmon. Qimmatbaho da- raxtlar (Vava, maxagoni, utile, makore va b.), sohilda mangra chakalakzorlari ko&#8217;p. Hayvonlardan fil, Arslon, buyvol, Gip- popotam, sirtlon, maymun, kiyik, qushlar, ilon (kobra, mamba), hasharot (tsese pashshasi) va b. bor. Milliy bog&#8217;lari \u2014 Mole, Ditya va b. Aholnsining 73% i Niger-Kongo tillari guruhiga mansub xalqlardir (Ashanti, fanti, adangme, Eve); shim. Viloyatlarida gur tillari guruhiga kiruvchi xalklar (moey, Gurma, grusi, tem va b.) yashaydi. Davlat tili \u2014 ingliz tili. Aholining aksariyati mahalliy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi, xristianlar, musulmonlar ham bor. Shahar aholisi 33%. Yirik shaharlari \u2014 Akkra, Kumasi, tema, Tako- radi, Keyp-kost. Tarixi. Evropaliklar kirib kelmasdan ilgari ham (15-a.) G.da q. x. va madaniyat rivojlangan. Qit&#8217;aning ayrim joylari b-n savdo-sotiq qilingan. G.ga dastlab portugallar kelib, juda ko&#8217;p oltin (ol- tin ko&#8217;pligi uchun bu er Oltin qirg&#8217;oq deyila boshlangan) va qul olib ketgan. Keyinchalik ingliz (1553), golland (1595), shved (1640), daniyalik (1642), ne- mis (1682) savdogarlari kelgan. Angliya raqiblarini sekin-asta surib chiqarib. Ashanti va uning atrofidagi xududlarni o&#8217;zining mustamlakasi deb e&#8217;lon qildi (1901). Inglizlar oltin va olmos tashib keta boshladi. Aholi kakao etishtirishga majbur qilindi. G. xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashi tinimsiz davom etdi. 2-jahon urushidan keyin bu kurash ayniqsa kuch a idi. 1949 y. iyunda tuzilgan Konvent xalq partiyasi g.ga mustaqillik berili- shini talab qiddi. 1956 y. inglizlar ol- tin qirg&#8217;oqqa dominionlik berdi. 1957 y. 6 martda Oltin Kfi p-g&#8217;oqgana (4-11-a. larda G&#8217;arbiy Sudandagi Gana davlati no- midan) nomi b-n mustaqil davlat deb e&#8217;- lon qilindi. 1960 y. 1 iyuddan g.\u2014re- spublika. G. 1957 y.dan BMT a&#8217;zosi. O&#8217;zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 28 okt.da o&#8217;rnatgan. Milliy bayrami \u2014 6 mart \u2014 Mustaqillik kuni. Siyosiy partnyalarm, kasaba uyushmasi. Milliy demokratik Kongress partiyasi, 1992 y. tuzilgan; Xalq milliy Konvent partiyasi, 1992 y. tashkil etilgan; Egle partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; yangi va- tanparvarlik partiyasi, 1992 y.da tash- kil. etilgan. G. kasaba uyushmalari kon- gressi, 1957 y.da asos solingan. Xo&#8217;jaligi. G.\u2014 agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi 41,4%, sanoatning ulushi 14,2%. Sanoatida kon sanoati ahamiyatli. Foy- Dali qazilmalardan oltin, ol-mos, bok- Sit, marganes rudasi qazib olinadi, Yi- liga o&#8217;rtacha 6,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Dengiz sohili lagunalaridan tuz olinadi. Qayta ishlash sanoatida alyuminiy, me- tallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari mavjud. Temada alyuminiy eritish, po&#8217;lat quyish, neftni qayta ish- lash, avtomobil shinalarini ta&#8217;mir- lash, ximikatlar, bo&#8217;yoq tayyorlash z-dlari, to&#8217;kimachilik, oziq-ovqat korxonalari b o r . Qishloq xo&#8217;jaligi. G. dunyoda etishtiri- ladigan kakaoning 28,0% ini beradi. Eksport uchun yana kofe, kopra (kokos yong&#8217;og&#8217;i mag&#8217;izi), banan, tsitrus mevalar, er yong&#8217;oq ham etishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun maniok, yams, batat, Taro, tariq, sorgo, makkajo&#8217;xori, sholi, zaytun, sabzavot va b. etishtiriladi. Shakarqamish e kil ad i. Chorvachiligida qoramol, qo&#8217;y, echki, cho&#8217;chqa boqiladi. Den- gizdan baliqovlanadi. T. y.larning uz.\u2014 1285 km, avtomobil yo&#8217;llari \u2014 36,7 ming km. Asosiy dengiz portlari \u2014 Tema, Takoradi. G. chetga kakao, yog&#8217;och materiallar, mineral xom ashyo (oltin, olmos, boksit, marganes rudasi), turli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan mashina va transport vositalari, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki oladi. AQSh, Yaponiya, Buyuk Gana poytaxti \u2014 Akkra sh. Britaniya, Germaniya, Niderlandiya b-n savdo qiladi. Pul birligi \u2014 Sedi. Maorifi va nlmiy muassasalari. 1961 y.dan 6-15 yoshli bolalar uchun bepul majburiy ta&#8217;lim joriy etilgan. Bosh- lang&#8217;ich, o&#8217;rta maktablar, hunar bilim yurtlari, ped. bilim yurtlari bor. Xusu- siy maktablar ham ochilgan. Oliy o&#8217;quv yurtlari: Akkradagi g. un-ti (1948), ku &#8211; masidagi aniq va tabiiy fanlar un-ti (1951), Keyp-Kostdagi un-t kolleji (1962) va b. Ilmiy muassasalari: ijti- moiy va tabiiy FA, ilmiy va Industri- al tadqiqotlar kengashi, 10 i. t. institu- ta, 14 ilmiy jamiyat; Milliy kutubxona, G. milliy muzeyi (1957), Milliy tabiiy fanlar muzeyi, Botanika bog&#8217;i bor. Matbuoti, radnoeshittnrnshi va teleko&#8217;rsatuvn. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: &#8220;gani-an tayme&#8221; (&#8220;Gana vaqti&#8221;, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1958 y.dan), &#8220;Deyli grefik&#8221; (&#8220;kundalik voqealar&#8221;, ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1950 y.dan), &#8220;Ivning Nyus&#8221; (&#8220;Kechki yangiliklar&#8221;, haftalik kechki gaz., 1974 y.dan), &#8220;Mirror&#8221; (&#8220;ko&#8217;zgu&#8221;, haftalik hukumat gaz., 1953 y.dan), &#8220;eks- piriens&#8221; (&#8220;tajriba&#8221;, xotin-qizlar uchun haftalik gaz., 1991 y.dan). G. axbo- rot agentligi \u2014 hukumat axborot Mahkamasi bo&#8217;lib, 1957 y.da tashkil etil- gan. G. davlat ra-dioeshittirish korpora- tsiyasi mamlakatdagi barcha radioeshitti- rish va teleko&#8217;rsatuvlarni nazorat qiladi. Radio-eshittirishlar 1961 y. dan, teleko&#8217;rsatuvlar 1965 y.dan olib bo- r i l a D i . Adabiyoti. G. xalqlarining yozma adabiyoti asrimiz boshlarida ingliz tilida Vu- judga kela boshpadi. A. Axum, E. Samson, A. Ajaye, K. Xeyford, S. D. Mene, G. B. Bannerman, R. E. G. Armattu va b. publi- tsistlarning kitob va maqolalari keng tarqaldi. 20-50-y.larda yaratilgan ada- biy asarlarning asosiy mavzui tarix va etn.ga oid. G. R. Akkuaning &#8220;Fanta xalqi&#8221; dostoni, J. B. Dan-kvning &#8220;uchinchi ayol&#8221; pesasi, K. Fiavaning &#8220;beshinchi Lagu- na&#8221;, &#8220;anlo tarixining sahifalari&#8221; dra- malari va b. asarlari g. xalqlarining milliy birligini tushunish va anglashda katta axamiyatta ega. Shu davrda tarjima adabiyoti ham paydo bo&#8217;ldi. 1957 y.dan keyin ijtimoiy va siyosiy mavzularga qo&#8217;l urildi. Poeziya, dramaturgiya, proza rivojlandi. Yangi ijtimoiy va siyosiy mavzular vujudga keldi. G. xalqlari boy folklor an&#8217;analariga ham ega. Me&#8217;morchiligi va tasviriy sav&#8217;ati. G.da uy-joy qurilishi qad. an&#8217;analar asosi- da rivojlangan (loy-guvalalardan ayla- na va to&#8217;rtburchak shaklida ishlanib, to- mini palma shoxi, po&#8217;stloq, poxol va shiferlar b-n konusga o&#8217;xshash yoki ikki nishabli qilib berkitishgan). Xoz. G.da mahalliy kabila boshliqlarining sa- roylari saqlangan, ular loydan qurilib (bal. 5 m gacha), ustuni va devorlari Geo- metrik o&#8217;yma naqshlar b-n bezalgan. AK- kra, Kumasi kabi katta shaharlarda te- Mir-beton, alyuminiy va oynalardan qurilgan zamonaviy ko&#8217;p qavatli bino- lardan iborat yangi kvartallar barpo e t i l g a n . G.da zargarlik, kulolchilik, to&#8217;quvchilik, yog&#8217;ochsozlik, fil suyagi o&#8217;ymakorligi urf bo&#8217;lgan, oltin, kumush va bronzadan badi- iy buyumlar yasash rivojlangan. Bezak bu- yumlar, yarog&#8217;-aslahalar, vazalar ishlana- Di. G.da mustaqillik e&#8217;lon qilingach, professional san&#8217;at shakllanib, badiiy kurgazmalar tashkil etildi. Zamonaviy san&#8217;atkorlar realistik uslubda ijod qila boshladilar (haykaltarosh va ras- som Kofi Antubam, rassomlar E. R. Svi- Ting, A. O. Bartimeus va b., grafikachi J. D. Okae). G.da Madaniyat va san&#8217;at in-ti, Achimota (Akkra yaqinida) kolleji qoshidagi badiiy maktab, Kushasida me&#8217;- morlik va kurili sh, hunarmandlik MAK- tablari bor. Teatri. Raqs san&#8217;ati keng tarqalgan. Barcha tomoshalar raqssiz o&#8217;tmaydi. Asri- mizning 20-y.larida g.da ko&#8217;chma kontsert guruxlari vujudga keldi. 1962 y. G. un-ti qoshida musiqa va drama maktabi tash- kil etildi (raqs f-ti ham bor). Xalq raqs ansambli tuzildi (1962). 1958 y. shoira E. Sazerlend tashkil qilgan dra- ma studiyasi 1963 i. un-tga qo&#8217;shilib, musiqa va drama maktabi b-n xamkorlik- da &#8220;Shoh Edip&#8221; (Sofokl), &#8220;Hamlet&#8221; (Shekspir)ni sahnalashtirdi. Rej. F. Morisso-Lerua &#8220;teatr-klub&#8221; truppasi- ni (1961), Milliy drama jamiyatining yarim professional jamoasi (1965)ni tuzdi. G.da A. Bukananing xususiy trup- pasi, &#8220;o&#8217;yinlar uyi&#8221; yarim professional teatri mahshur. Kinosi. Dastlabki badiiy filmi \u2014 &#8220;Ozodlik keldi&#8221; (nigeriyalik kinema- tografchilar b-n hamkorlikda 1967 y.da yaratilgan). 1963 y.da kinostudiya qurildi, davlat kino korporasiyasi tu- zildi. (1968), &#8220;o&#8217;z ishingdan qolma&#8221; (1971) va b. filmlar yaratildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gana (Ghana), Gana Respublikasi (Republic of Chana) \u2014 G&#8217;arbiy Afrikada, Gvineya qo&#8217;ltig&#8217;i sohilidagi davlat. Mayd. 238,5 ming km2. Aholisi 18,1 mln. Kishi (1997). Poytaxti \u2014 Akkra sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 10 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gana-ghana-gana-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130490","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130490","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130490"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130490\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130491,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130490\/revisions\/130491"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130490"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130490"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130490"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}