{"id":130495,"date":"2024-06-09T13:25:32","date_gmt":"2024-06-09T10:25:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130495"},"modified":"2024-06-09T13:25:36","modified_gmt":"2024-06-09T10:25:36","slug":"gvatemala-guatemala-gvatemala-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gvatemala-guatemala-gvatemala-respublikasi\/","title":{"rendered":"Gvatemala (Guatemala), Gvatemala Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Gvatemala (Guatemala), Gvatemala Respublikasi (Republica de Guatemala) \u2014 Markaziy Amerikaning shim.- g&#8217;arbidagi davlat. Mayd. 108,9 ming km2. Aholisi 11,5 mln. kishi (1999). Poytax- ti \u2014 Gvatemala sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 22 departamentga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. G. \u2014 respublika. Amalda- gi Konstitusiyasi 1986 y. 14 yanv.da kuchga kirgan, 1994 y.da o&#8217;zgartishlar kiritil- gan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident, umu- miy ovoz berish yo&#8217;li b-n 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi \u2014 bir palatali Milliy Kongress. Ijroiya hokimiyatni Prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. G. hududining yarmidan ko&#8217;p qismi 1000-3000 m balandlikdagi tog&#8217;lik bo&#8217;lib, Jan.da qator vulkanlar (Taxumulko \u2014 4217 m, Akatenango \u2014 3975 m va b.) eni 40-60 km dan oshmay- digan pasttekislikka tutashib ketadi. Tez-tez zilzila bo&#8217;lib turadi. Foydali qazilmalari: polimetallar, oltin, ku- mush, neft, xromit va marganes rudala- ri. Iqlimi \u2014 subekvatorial, passat- musson. O&#8217;rtacha t-ra: pasttekisliklarda 23-27&#8243;, tog&#8217;oralaridagi platolarda 15-20\u00b0. Yillik yog&#8217;in: tog&#8217;larning shim.- Sharqiy yon bag&#8217;irlarida 3500 mm gacha, Jan.-g&#8217;arbiy yon bag&#8217;irlarida 2000 mm gacha, paettekisliklar va ichki botiklar- da 500-1000 mm. Motagua, Polochik da- ryolarida kema qatnaydi. Isabel kuli bor. Hududining 60% ga yaqini doimiy yashil tropik o&#8217;rmonlar b-n qoplangan, tog&#8217;likning ichki qismlarida qarag&#8217;ay- dub o&#8217;rmonlari, Jan.da barg tashlovchi o&#8217;rmonlar, savannalar va butazorlar bor. O&#8217;rmonlarda qimmatbaho yog&#8217;och, kauchuk be- radigan daraxt ko&#8217;p. Milliy bog&#8217;lari \u2014 Tikal, Rio-Dulse, Atitlan va b. Aholisi. Asosan ispan-indeys duragay- lari (ladinolar) bo&#8217;lib, ular gvatemal- lar millatining o&#8217;zagini tashkil etadi. Qolganlari kiche, kakchikel, Mame, kekchi va b. elatlardan iborat. Shahar aholisi \u2014 38,4%. Rasmiy tili \u2014 ispan tili. Ko&#8217;pchilik dindorlar \u2014 katoliklar. Tarixi. Mil. AV. 2-ming yillikkacha g. hududida yashagan indeys qabilalari dehqonchilik va ovchilik b-n shug&#8217;ullangan. Mil. bo&#8217;sag&#8217;asida paydo bo&#8217;lgan shaharlarda Mayya madaniyati vujudga kel- Di. 1523 y. ispanlar g.ni bosib oldi, ko&#8217;pgina mahalliy qabilalarni qirib tashlab, Ispaniya mustamlakasiga aylan- tirdi. 1560 y.da g. general-kapitanligi tashkil etildi. 1821 y., Ameri-kadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun urushi davomida (1810-26) mamlakat mustaqillikka erishdi. 1824 y.da qulchilik bekor qilindi. 1823 y. 1 iyulda poytaxti gva- temala sh. bo&#8217;lgan Markaziy Amerika Birlashgan viloyatlari nomli Federativ respublika tuzildi. 1839 y. Markaziy Amerika federasiyasi parchalanib, g., Gonduras, Nikaragua, Salvador va ko- starika davlatlari ajralib chiqdi. l-jahon urushida g. Antanta tarafida bo&#8217;ldi. 1898-1920 va 1931-44 y.lar mam- lakatda diktatorlik tuzumi hukmronlik qidtsi. Prezident X. Arbens Gusman hukumati (1951-54) bir qancha tadbir- larni amalga oshirishga intildi, lekin harbiy fitna natijasida ag&#8217;darildi. 1954-65 va 1970-85 y.larda ham turli harbiy guruxdar tomonidan to&#8217;ntarishlar uyushtirildi. 1985 y.dan fuqarolar hukumati hokimiyat tepasiga chiqdi. G. 1945 y.dan \u2014 BMT a&#8217;zosi. Milliy bay- Rami \u2014 15 sent. \u2014 Mustaqillik kuni ( 1 8 2 1 ) . Snyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Milliy avangard partiyasi; institusi- on-demokratik partiya, 1965 y. tuzilgan; G. mehnat partiyasi, 1949 y. tuzilgan; g. xristian-demokratik partiyasi, 1968 y. da asos solingan; g. respublikachilar fronti, 1994 y.tuzilgan; Milliy ozod- lik harakati partiyasi, 1960 y. tuzilgan. G. kasaba uyushma Muxtor federasiyasi, 1957 y. tuzilgan; kasaba uyushma birligi milliy qo&#8217;mi-tasi, 1976 y.da asos solin- gan; kasaba uyushmalari milliy fronti, 1968 y. tashkil etilgan; mehnatkashlar milliy kasaba uyushma markazi, 1972 y. tuzilgan; g. kasaba uyushma kengashi, 1955 y.da asos solingan, xalqaro erkin kasa- ba uyushmalari konfederasiyasiga kira- D i . Xo&#8217;jaligi. G. \u2014 qoloq agrar mamlakat, iktisodiyoti tropik o&#8217;simlik mahsulotlarini eksport qilishga ixti- soslashgan. Yalpi ichki mahsulotda q. x., o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi va baliqchilikning ulu- shi 26%, sanoatning ulushi 15%. Mamla- kat aholisining 2,5% ekinzorlarning 85% ga egalik qiladi. Asosiy ekini kofe, paxta, shakarqamish, banan; shu- ningdek abaku, efir moyli ekinlar, ta- maki ham etishtiriladi. Asosiy oziq- ovqat ekinlari: makkajo&#8217;xori, sholi, kar- toshka, loviya, sabzavot. Chorvachilik 2da- rajali ahamiyatga ega. Qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y boqiladi. Qimmatbaho yog&#8217;och (balsa, Bakaut va b.) turlari, chikle smolasi tay- yorlanadi. Sanoati zaif rivojlangan. Rux, volfram, surma, qo&#8217;rg&#8217;oshin, nikel, simob, kumush, oz mikdorda neft (mam- lakat ehtiyojining 25%) qazib olinadi. Oziq-ovqat, ko&#8217;nchilik, to&#8217;qimachilik, neft kimyosi, binokorlik materiallari korxonalari bor. 2,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Eskuintle va Puerto-Barrios yaqinidagi neft mahsulotlari z-dlari chetdan kel- tirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Hunarmandchilik rivojlangan. T.y. uz. \u2014 819 km, avtomobil yo&#8217;llari uz. \u2014 17,3 ming km. Panamerika avtoyo&#8217;li g. orqali o&#8217;tadi. Asosiy dengiz portlari: Puerto-Barrios, San-Xose, Champeriko. Gvatemala sh.da xal-qaro aeroport bor. G. chetga kofe, paxta, banan, qand-shakar, go&#8217;sht, yog&#8217;och, binokorlik materiallari va b. chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, avtomo- billar, asbob-uskuna, neft keltirila- Di. AQSh, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari, Yaponiya, Meksika b-n savdo-sotiq qiladi. Pul birligi \u2014 ket- s a l \u044c . Maorifi, ilmiy va madaniy muassasala- ri. Boshlang&#8217;ich maktablar huzurida bola- lar bog&#8217;chalari va maktabgacha tarbiya bo&#8217;limlari bor. Boshlangich ta&#8217;lim 6 y. lik (qishloq joylarda 3 y.lik), o&#8217;rta MAK- tablar 5 y.lik; hunar-texnika maktabla- ri ham bor. 5 un-tda mutaxassislar tay- yorlanadi. Kolonial muzeyda rasmlar, haykaltaroshlik asarlari, Santyago mu- zeyida qurol-yarog&#8217;, mebel, san&#8217;at asar- lari, qad. kitob muzeyida tarixiy va badiiy asarlar, Chichikastenango muzeyi- da mayyakiche madaniy obidalari, mil- liy tarix va nafis san&#8217;at muzeyida ras- somlik, haykaltaroshlik, gravyura buyum- lari, qad. tangalar, Arxeologiya va etn. muzeyida Mayya madaniyati yodgorliklari saqlanadi. Gvatemala sh.da Milliy ku- tubxona mavjud. I. t. va tajriba-kon- struktorlik ishlari ilmiy va texnika tadqiqotlari milliy kengashi va FA orqali muvofiqlashtirib boriladi. I. t. markazlari: atom energiyasi in-ti, Elektrlashtirish in-ti, antropologiya va tarix in-ti, geogr. in-ti, meteorolo-giya va seysmologiya in-ti, rasadxona, Tibbiyot, fizika va tabiiy FA, Mayyaki- che tili akademiyasi va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: &#8220;Diario de Sentroamerika&#8221; (&#8220;Markaziy Amerika gazetasi&#8221;, 1880 y.dan), &#8220;Imparsial&#8221; (&#8220;Xolis&#8221;, kundalik kechki gaz., 1922 y. dan), &#8220;Nason&#8221; (&#8220;millat&#8221;, kundalik gaz., 1969 y.dan), &#8220;ora&#8221; (&#8220;soat&#8221;, kundalik kechki gaz., 1944 y.dan), &#8220;Prensa libre&#8221; (&#8220;Erkin matbuot&#8221;, kundalik gaz., 1951 y.dan). Milliy radioeshittirish va teleko&#8217;rsatuv bosh boshqarmasi hukumat xizmati bo&#8217;lib, u 1931 y. tashkil etilgan. Mamlakatdagi radioeshittirish va teleko&#8217;rsatuvlarni nazorat qiladi. &#8220;Voe de Guatemala&#8221; (&#8220;Gvatemala ovozi&#8221;) hukumat radio st-yasi, bir qancha tijorat telestyalari mavjud. Adabiyoti asosan ispan tilida. Mayya qabilalarining qad. madaniyatini, shu jumladan yuksak darajada rivojlangan adabiyotini mustamlakachilar yo&#8217;q qilib yuborgan. Bir necha yodgorliklargina saqlanib qolgan. Ispaniya hukmronligi yillarida g. adabiyoti taqlidiy tusda bo&#8217;lgan. 18-a.dagina haqiqiy adabiy asar- lar yaratildi (A. Pas-i-Salgado, R. Lan- divar kabi yozuvchilar). Mustaqillikka erishilgach, adabiyoti romantic yo&#8217;nalishdan bordi. 19-a. oxirlarida re- alistik roman paydo bo&#8217;ldi. 20-a. boshla- ridagi adabiy jarayonda modernism oqimi hukmronlik qiddi. 19-a. \u2014 20-a. birinchi yarmida R. A. Salasar, E. Marti- nes Sobral, M. Soto Xoll, F. Kalde- Ron Avila, R. Alevalo Martines kabi realist yozuvchilar ijod qilishdi. 1944-54 y. inqilobidan so&#8217;ng M. A. Asturias, L. Kordosa-i-Aragon, R. Leyva, O. R. Gonsales, U. Alvarado va b. mashhur b o&#8217;l D i . Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. 3\u2014 9-a.larda g. hududida Mayya indeyslari- ning madaniyati va san&#8217;ati gullab yashna- gan. Tikal, Kaminaliuyu, Kirigua Mar- kazlarida o&#8217;sha davrga mansub piramida yoki minora shaklidagi poydevorga qurilgan ibodatxonalar, saroylar, ehromlar, bo&#8217;rtma tasvirli toshlar saqlanib qolgan. Mustamlaka davrida bir qavatli uylardan tashkil topgan to&#8217;g&#8217;ri ko&#8217;chali yangi shaharlar (Antigua, Chichikastenango) barpo etildi. Qalin devorli Azim binolar qurilib, barokko uslubiga xos ganchkorlik va o&#8217;ymakorlik naqshlari b-n bezatildi. Teatr, Prezi- dent saroyi, hukumat saroyi va b. shular jumlasiga kiradi. Keyingi yillarda za- monaviy binolar qad ko&#8217;tardi. Tasviriy san&#8217;atida xal k, ijodi an&#8217;ana- lari davom etib kelmokda (qizil, oq va qora gazlamalardagi geometrik naqshlar, ro&#8217;mol va sholchalardagi odam, hayvon tas- virlari va har xil naqshlar, loy va so- Pol idishlarga ishlangan turli bezaklar va b.). Rassomlik san&#8217;ati liniy an&#8217;ana- lar ta&#8217;sirida rivojlandi. 19-20-a. larda indeyslarning turmush manzarala- ri tasvirlangan asarlar yaratildi (ras- somlar A. Galves Suares, T. Fonseka, R. Laso, haykaltaroshlar X. Urruela, R. Ga- leotti Torres va b.). G.da to&#8217;quvchilik, kashtachilik, kulolchilik, palma bargi- dan turli buyumlar yasash kabi badiiy hunarmandchilik keng tarqalgan. Gvate- mala sh.da milliy nafis san&#8217;at maktabi, Kesaltenangoda mahalliy nafis san&#8217;at maktabi mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gvatemala (Guatemala), Gvatemala Respublikasi (Republica de Guatemala) \u2014 Markaziy Amerikaning shim.- g&#8217;arbidagi davlat. Mayd. 108,9 ming km2. Aholisi 11,5 mln. kishi (1999). Poytax- ti \u2014 Gvatemala sh. Ma&#8217;muriy jihatdan 22 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gvatemala-guatemala-gvatemala-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130495","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130495","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130495"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130495\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130497,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130495\/revisions\/130497"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130495"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130495"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130495"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}