{"id":130509,"date":"2024-06-09T13:30:34","date_gmt":"2024-06-09T10:30:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130509"},"modified":"2024-06-09T13:30:38","modified_gmt":"2024-06-09T10:30:38","slug":"genetika-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/genetika-2\/","title":{"rendered":"Genetika"},"content":{"rendered":"\n<p>Genetika (Yun. genezis \u2014 kelib chiqish, paydo bo&#8217;lish) \u2014 barcha tirik or- ganizmlarga xos bo&#8217;lgan irsiyat va o&#8217;zgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini o&#8217;rganadigan fan. G.ning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari hisoblanadigan xromo- Soma, genlar va nuklein kislotalar (DNK, RNK) tuzilishi hamda funktsiyala- rini tadqiq qilish orqali organizmlar belgi va xususiyatlarining rivojlani- shi va kelgusi avlodlarga o&#8217;tishini ochib berishdan iborat. Har xil fizik va ki- myoviy omillar ta&#8217;sirida organizmlarda irsiy o&#8217;zgaruvchanlikning paydo bo&#8217;lishi va uning organizmlar evolyusiyasidagi ahamiyatini tadqiq qilish ham g.ning va- zifalari qatoriga kiradi. Madaniy o&#8217;simliklarning serhosil navlari, hayvonlar va mikroorganizmlarning mahsuldor zotlari va shtammlarini yara- tish; irsiy kasalliklarning paydo bo&#8217;lish sabablarini o&#8217;rganish asosida ularning oldini olish va davolash usul- larini ishlab chiqish; ekologik muhitning irsiyatga salbiy ta&#8217;sir etuv- chi omillarini o&#8217;rgaiib, genofondni saqlab qolishni genetik jihatdan asos- lab berish g. tadqiqotlarining amaliy muammolarini ifodalaydi. G.ning mustaqil fan sifatida shaklla- Nishida Chex olimi g. Mendel tomonidan 1865 y.da irsiyat qonunlarining ochili- shi katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. No&#8217;xat ustida olib borgan tajribalari asosida G. Mendel G.ning asosiy metoda hisoblangan duragaylash orqali irsiyat- ni o&#8217;rganish metodiga asos soldi. U orga- nizmlar belgi va xususiyatlarini kelgu- si avlodga berishi irsiyat omillari (hoz. tushunchaga ko&#8217;ra genlar) b-n bog&#8217;liqligini ta&#8217;kidlaydi. Mendel ochgan qonunlar uzoq vaqt e&#8217;tibordan chetda qoldi. Faqat 1900 y.da de-Friz (Gollandiya), K. Kor- rens (Germaniya) va E. Chermak (Avstriya) tadqiqotlari tufayli bu krnunlar qayta kashf qilinib, Mendel nom i b-n atala- digan bo&#8217;ldi. Shu sababdan 1900 y. G.ning mustaqil fan sifatida tashkil topgan yili hisoblanadi. Biroq G. termini 1906 y. ingliz olimi u. Betsonning ta-klifi b-n berildi. G.ning keyingi ri- vojlanishi natijasida Mendel kashf etgan qonunlarning universalligi uni barcha organizmlarga, jumladan odamga ham taalluqli ekanligi isbot qilindi. Keyinchalik organizmdagi aksariyat bel- gilarning irsiylanishida ikki va undan ortiq genlar ishtirok etishi b-n bog&#8217;liq bo&#8217;lgan komplementarlik, epistaz, poli- meriya, pleyotropiya hodisalari hamda belgilar irsiylanishida allel bulmagan genlarning murakkab uzaro ta&#8217;siridan iborat kombinirlangan tip kashf etil- Di. G.ning Mendel asos solgan ushbu yo&#8217;nalishi hoz. davrda yanada tez rivojlanmoqda. Bu yo&#8217;nalish klassik Ge- netika, ya&#8217;ni mendelizm deb ataladi. Mendel yaratgan irsiyat qonunlarini isbotlashda tsitologiya fani erishgan yutuqlar ham katta ahamiyatga ega. TSITO- logik tadqiqotlar tufayli irsiyatning moddiy asosi hisoblangan xromosoma- lar mavjudligi, ular soni har bir tur- ning barcha individlari uchun bir xil bo&#8217;lishi aniqlandi. G. tarixida Amerika- lik genetik T. X. Morgan (1911) va uning xodimlari (K. Brijes, A. Stertevant va G. Meller) tomonidan asoslab berilgan irsiyatning xromosoma nazariyasi alohida o&#8217;rin tutadi. Bu nazariyaning ochilishida Morgan va xodimlarining jins genetikasi va belgilarning jins b-n bog&#8217;liq holda hamda ularning birik- Kan holda irsiylanishini o&#8217;rganish na- tijalari katta ahamiyat kasb etdi. Maz- kur nazariyaga binoan organizmlar belgi va xususiyatlarining irsiylanishi irsi- yat birligi \u2014 genlar orqali amalga osha- Di; genlar xromosomalarda ko&#8217;p miqdorda hamda tegishli tarkibda chiziq-chiziq bo&#8217;lib joylashadi. Bitta xromosomada joylashgan genlar birgalikda irsiyla- nadi va ular birikkan genlar deb atala- Di. Irsiylanishning bu xili birikkan holda irsiylanish deyiladi. Birikkan genlarning irsiylanishi Mendelning uchinchi qonuniga mos kelmaydi. Bitta xromosomada joylashgan genlarning bi- rikkan holda irsiylanishi haqidagi Morgan kashf etgan qonuniyat g.ning to&#8217;rtinchi fundamental qonuni hisoblanadi. Biroq birikkan holda ir- siylanish mutlaq bo&#8217;lmasdan, bir qancha hollarda avlodda ota-ona belgilariga nisbatan ajralish ro&#8217;y beradi. Bu hodisa gomologik xromosomalarning chalkashuvi (krossingover), ya&#8217;ni ikkita xromosoma ayrim qismlarining o&#8217;zaro o&#8217;rin Alma- shinishi natijasida sodir bo&#8217;ladi. Bu sohadagi i. t.lar tufayli xromosomalar- da genlarning joylashish tartiblari aniqlandi, ya&#8217;ni xromosomalarning Ge- netik xaritalari tuzildi. Morgan va xo- dimlarining tadqiqotlari g.ning bir tarmog&#8217;i bo&#8217;lgan tsitogenetikaning paydo bo&#8217;lishiga asos soldi. Genlarning tuzi- lishi va faoliyatining molekulyar asos- larini kimyoviy, fizik, kibernetik me- todlar va matematik modellashtirish orqali tadqiq qilish molekulyar g.ning rivojlanishiga olib keldi. Molekulyar G. sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar DNK kodining kashf etilishi (J. Uot- son, F. Krik, 1953); oqsil molekulalari tarkibiga kiruvchi aminokislotalar- ning biosintez jarayonida oqsil hosil bo&#8217;lishidagi ishtirokini ta&#8217;min etuvchi irsiy axborot (kod) birligi bo&#8217;lgan nu- kleotidlar tripletining aniqlanishi (M. Nirenberg, G. Mattey, S. Ochoa va F. Krik, 1961-62); genning molekulyar-Ge- netik ta&#8217;rifi izohlanishi (Bidl, ta- tum); lab. sharoitida DNK molekulasi- ning sun&#8217;iy sintez kilinishi (A. Korn- Berg, 1958); gen funktsiyasi, ya&#8217;ni oqsil sintez qilinishi regulyasiyasi molekulyar mexanizmining ochib berilishi (F. Ja- kob, J. Mono, 1961-62) b-n bog&#8217;liq. Bu sohada nazariy tadqiqotlarning rivoj- lanishi natijasida g.ning amaliy sohasi \u2014 gen injeneriyasi va biotexno- logiya paydo bo&#8217;ldi. Irsiyatning mutasiya nazariyasi kashf etilishi (de-Friz, 1903) g. tarixidagi muhim voqealardan biri bo&#8217;ldi. Bu naza- riyaga binoan kuchli ta&#8217;sir etuvchi omil- lar (mutagenlar) ta&#8217;sirida organizm- larning genlari tubdan o&#8217;zgarib, yangi gan o&#8217;zgaruvchanlik paydo bo&#8217;ladi. Bu ja- rayon mutagenez, irsiy o&#8217;zgargan belgi esa mutasiya; mutasiyaga ega bo&#8217;lgan organism o&#8217;z navbatida mutant deb ataladi. Ushbu nazariya dastlab rus olimi S. I. Korjin- skiy tomonidan yangi dalillar b-n tasdi- klandi. Nemis olimi g. Meller 1927 y.da drozofila pashshasiga radiasiya nurlarini ta&#8217;sir ettirib, sun&#8217;iy sharo- itda ko&#8217;plab mutasiya olish mumkin ekan- ligini isbotladi. U tajribada hosil bo&#8217;layotgan mutasiyalarni hisobga olish, ularning tabiatini o&#8217;rganish metodini ishlab chikdi. Rus olimlari g. A. Nadson va g. S. Filippov (1925) rentgen nurla- ri ta&#8217;sir ettirib, madaniy o&#8217;simliklarning har xil mutasiyalarini olishdi. Ingliz olimi Sh. Auerbax, rus olimi I. A. Rapoport ayrim kuchli ta&#8217;- sir etuvchi kimyoviy moddalar ta&#8217;sirida mutasiya olish metodini ishlab chikdi. Bu tadqiqotlar mutasion g. yo&#8217;nalishining paydo bulishiga olib keldi. Evolyusion G. organizmlardagi genetic qonuniyatlarni populyasiya darajasida tekshiradi. Bunday ma&#8217;lumotlar evolyu- tsion ta&#8217;limotni genetik asoslashga im- kon berdi. Evolyusion G. duragaylash, mutagenez, alohidalanish (izolyasiya), ku- chish (migrasiya), tanlash, genlar dreyfi, populyasiya to&#8217;lqini kabi omillarning evolyusiyadagi ahamiyatini tushunib olishga imkon beradi. Turlar evolyusiya- si, hayvonlar zoti va o&#8217;simlik navlari yaratishning genetik asoslarini urga- nish imkonini beruvchi genetikmatema- tik metodlar ishlab chikildi (ingliz olimlari R. Fisher, J. Xoldeyn, Ameri- Kalik olim S. Rayt, 1920-30; rus olim- lari S. S. Chetverikov, N. P. Dubinin va b.). N. I. Vavilovning irsiy o&#8217;zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni, madaniy o&#8217;simliklarning kelib chiqish genosentrlari haqidagi ta&#8217;limo- ti hamda geografik jihatdan uzoq for- malarni chatishtirish va immunlik to&#8217;g&#8217;risidagi nazariyalari o&#8217;simliklar se- lektsiyasi samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Bu g&#8217;oyalar me- Vali daraxtlarning bir qancha serhosil va sovuqqa chidamli navlarini etishti- rish uchun asos bo&#8217;ldi. So&#8217;nggi yillarda radiasiya va kimyoviy mutagenlar yordami- da mutasiya vujudga keltirish usuli to- bora keng qo&#8217;llanilmoqda. Bir qator an- tibiotiklar, aminokislotalar va biolo- gik faol moddalarning mutant shtammla- ri vujudga keltirilgan. O&#8217;zbekistonda madaniy o&#8217;simliklar gene- tikasi va selektsiyasi sohasidagi i. t. ishlari boshlang&#8217;ich material hisoblangan o&#8217;simliklar genofondini yaratish b-n bog&#8217;liq. O&#8217;simliklar genofondi o&#8217;simliklarning ikki kollektsiyasini o&#8217;z ichiga oladi. Ulardan biri o&#8217;simliklarning madaniy navlari, chala yovvoyi va yovvoyi ajdodlarining dunyo k o l l e k ts i ya s i D i r . O&#8217;zbekistonlik olimlar g. S. Zaytsev, F. M. Mauer, A. A. Abdullaev va b.ning sa&#8217;y harakatlari tufayli mamlakatimizda madaniy o&#8217;simliklarning boy kollektsi- yasi barpo etildi. So&#8217;nggi yillarda g&#8217;o&#8217;zaning sof gomozigotali izogen, mu- tant, monosomik va trans-lokasion li- niyalar genetik kolle.k-tsiyasini yaratish ustida tadqiqotlar olib borildi (J. A. Musaev). ToshDU (hoz. O&#8217;zMU)ning bir guruh olimlari tomonidan g&#8217;o&#8217;zaning muhim morfologik, biologik, xo&#8217;jalik ahamiyatiga ega belgilarning genetic asoslari o&#8217;rganib chiqildi va genetic kollektsiyasi yaratildi. Kollektsiyaning asosiy qismi izogen liniyalar majmua- sidan iborat bo&#8217;lib, o&#8217;zining sifati va soni jihatidan mamlakatlar ichida Yago- na hisoblanadi. Bunday kollektsiyalar g&#8217;o&#8217;zaning monosom va translokasion li- niyalari bo&#8217;yicha ham barpo etilgan. Key- ingi yillarda g. sohasidagi tadqiqotlar Genetika va o&#8217;simliklar eksperimental biologiyasi institutit ham olib boril- Di. G&#8217;o&#8217;za tsitogenetikasi va selektsiyasi sohalaridagi tadqiqotlarning rivojla- nishiga S. S. Kanash, L. G. Arutyunova, F. M. Mauer, A. A. Abdullaev, A. I. Avtono- mov, L. V. Rumshevich, S. M. Mirahmedov, S. S. Sodiqov, B. P. Straumal va b. katta hissa qo&#8217;shdi. N. N. Nazirov, O. J. Jali- lov olib borgan tadqiqotlar asosida ra- diobiologiya, radiasion selektsiyaning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. G&#8217;o&#8217;za mutagenezi sohasida bir qancha muhim tadqiqotlar olib borildi (Sh. I. Ibrohimov, A. E. Egamberdiev va b.). G. sohasidagi tadqiqotlar bog&#8217;dorchilik va tokchilik, donchilik, sho- lichilik, sabzavotchilik, botanika in- tlarida hamda bir qancha oliy o&#8217;quv yurt- lari kafedralarida olib boriladi. Hayvonlar genetikasi va selektsiyasi sohasidagi tadqiqotlar chorvachilik, qorako&#8217;lchilik va ipakchilik i. t. in- tlarida amalga oshiriladi. S. I. Shod- monov ishlab chiqqan immunogenetik me- tod krramollar selektsiyasi samarador- ligini oshirish imkonini berdi. S. A. Azimov olib borgan genetik va selektsi- on tadqiqotlar natijasida sermahsul tovuq zotlari etishtirildi. V. A. Strun- nikov, u. N. Nasrullaev va b. olib borgan izlanishlar tufayli ipak qurtining kelgusida erkak kapalaklar rivojlanib chiqadigan tuxumlarini tuxumlik davri- dan ajratib olish imkoniyati tug&#8217;ildi. Odam genetikasi va molekulyar biologiya- ga oid i. t. ishlari tibbiyot va pediatriya oliy o&#8217;quv yurtlari kafedralarida hamda endokrinologiya, biokimyo, immunologiya, virusologiya, onkologiya va radiologiya i. t. institutlarida amalga oshiriladi. Molekulyar G., biokimyo, gen injeneriyasi va biotexnologiya sohasidagi ilmiy iz- lanishlar genetika va o&#8217;simliklar ekspe- rimental biologiyasi, Bioorganik kimyo, mikrobiologiya kabi ilmiy tadqiqot in- tlari va O&#8217;zMUda olib boriladi. G.fanlari sistemasi. Tekshiradigan ob&#8217;- ektiga binoan g. odam g.si, hayvonlar G.si, o&#8217;simliklar g.si, mikroorganizm- lar g.si, viruslar g.si kabi bir qancha fanlarga bo&#8217;linadi. Bu fanlar ham o&#8217;z na- vbatida bir qancha xususiy fanlarga (mas: o&#8217;simliklar g.si, g&#8217;o&#8217;za g.si, bug&#8217;doy G.si, sholi g.siga) ajratiladi. Qo&#8217;llaniladigan ilmiy metodlariga bi- noan klassik g.ni (Mendel), tsitogene- tika, biokimyo, molekulyar, fiziologik, ekologik g. kabi tarmoklarga bo&#8217;lish m u m k i n . \/4y.; Genetika i nasledstvennost. SB. statey: Per. s. Frans. M., 1987; Vavilov N. I., Proisxojdenie i geografiya kul- turnix rasteniy, L., 1987; Ayala F., Kaygar J., Sovremennaya genetika, t. 1-2, M., 1988; Inge-Vechtovom S. G., Ge- netika s osnovami selektsii, M., 1989; Xoliqov P . X. va b., Biologiya, T., 1996. Jo&#8217;ra Musaev, Sapyora Musaeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Genetika (Yun. genezis \u2014 kelib chiqish, paydo bo&#8217;lish) \u2014 barcha tirik or- ganizmlarga xos bo&#8217;lgan irsiyat va o&#8217;zgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini o&#8217;rganadigan fan. G.ning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/genetika-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130509","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130509","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130509"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130509\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130521,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130509\/revisions\/130521"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130509"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130509"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130509"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}