{"id":130519,"date":"2024-06-09T13:33:51","date_gmt":"2024-06-09T10:33:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130519"},"modified":"2024-06-09T13:33:59","modified_gmt":"2024-06-09T10:33:59","slug":"geofizika-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/geofizika-2\/","title":{"rendered":"Geofizika"},"content":{"rendered":"\n<p>Geofizika \u2014 er sharining umumiy fizik xossalarini, uning qattiq, suyuq va havo qatlamlaridagi jarayonlarni o&#8217;rganadigan fanlar maj- mui. Uchta katta bo&#8217;lim: er fizikasi, gidrofizika va atmosfera fizikasi- dan iborat. G.ning xususiy usullari xilma-xil bo&#8217;lib, ular qattiq, suyuq va havo qatlamlarining xususiyatlarini o&#8217;rganish b-n bir-biridan farq qiladi. G.ning bevosita erni o&#8217;rganish b-n shug&#8217;ullanadigan qismi amaliy va umu- miy bo&#8217;limlardan iborat. Amaliy G.ga elektr razvedka, seysmik razvedka, gra- vimetrik razvedka, magnit-razvedka, radiometriya usullari kiradi; ular foydali qazilma konlarini qidirishga karatilgan. Umumiy G. esa erning ichki, ustki qatlamlaridagi fizik maydonlar va jarayonlarni o&#8217;rganadi. Umuman G.ning ayrim sohalari b-n ilmiy nuqtai nazardan shug&#8217;ullanish 16-a. oxir- laridan boshlangan. 19-a. o&#8217;rtalarida g. mustaqil fanga aylandi, 20-a. 40-60- y.lariga kelib izchil sistema sifatida shakllandi. O&#8217;zbekistonda G.ning Vu- judga kelishi 1867-70 y.larda Toshkent- da fizik rasadxona ochilishi b-n bosh- landi. Geomagnit o&#8217;lchashlar 1871 y.dan marshrutlar bo&#8217;ylab o&#8217;tkazilgan, 1877 y.dan esa muntazam ravishda rasadxona- da olib borilgan. 1901 y.da Toshkent- da O&#8217;rta Osiyoda birinchi seysmik st-ya ochildi, 1928 y.da magnit rasadxona tash- kil etildi. 1930-40 y.larda O&#8217;zbekistan barcha hududlarining magnitometrik va gravimetrik xaritalari tuzildi. Atmosfera fizikasi sohasidagi dast- labki muhim natijalar 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida olindi. Birinchi marta atmosfera tsirkulyasiyasi, tsiklonlar- ning taraqqiy etish nazariyalari ishlab chiqildi. 20-a. 40-y.lari o&#8217;rtalaridan boshlab g.ga doyr ishlar kompleks ri- vojlana boshladi. Gaz va neft chiqishi ehtimoli bor joylar o&#8217;rganildi (yu. N. Godin, B. P. Lebedev, I. I. Kreynes, M. V. Muxin va b.). Rudaga boy joylarning o&#8217;rganilishi natijasida Buxoro \u2014 Xiva hududida, Farg&#8217;ona va Surxondaryo vodiy- larida qimmatbaho qazilma boylik kon- lari aniqlandi. 40-y.lar oxiridan bosh- lab chuqur seysmik zondlashning nuqta usulini qo&#8217;llab izlanishlar o&#8217;tkazildi. 50-y.lar oxirida uzluksiz profillash tartibidagi chuqur seysmik zondlash usu- li ishlab chiqildi va O&#8217;rta Osiyoning ko&#8217;p qismida shu usuldan keng foydalanil- Di. 50-60-y.lar o&#8217;rtalarida neft va gaz konlarini izlash b-n birga chuqur Parma- lash loyihalari tayyorlandi (B. B. Tal- Virskiy, I. S. Volvovskiy, A. M. Kol- Pakov, T. L. Bobojonov, V. V. Rubo va b.). Kibernetika fanining taraqqiy etishi, Er sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshlarining uchirili &#8211; shi g. fanining jadal rivojlanishi- ga sabab bo&#8217;ldi. Geofizik tadqiqotlar geofizik hodisalarni bevosita kuza- tishlar natijalariga asoslanib, Max- sus asbob va usullardan foydalanib bajariladi. Bunday ishlar Gidrome- teorologiya st-ya tarmoqlari, g. rasad- xonalari, magnit rasadxona, er sun&#8217;- iy yo&#8217;ldoshlarini kuzatish punktlari, seysmik st-yalar va b.da olib boriladi. 60-y.lardan boshlab g.ning seysmo- logik, paleomagnetizm va b. usullari qo&#8217;llanib, O&#8217;zbekistonni seysmik xav- flilik jihatidan r-nlashtirish, er po&#8217;sti qatlamlarini geologik yoshini aniqlash ishlari olib borildi. Natija- da geologik, tektonik va b. ma&#8217;lumotlar- ni ham tahlil qilib, O&#8217;zbekistonning seysmik r-nlashtirilgan xaritalari (1966, 1978) tuzildi. Mazkur xari- talardan qurilish ishlarida muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan me&#8217;yoriy hujjat sifatida foydalanib kelinmoqda. 1966 y. 26 apr.da yuz bergan Toshkent zil- zilasidan so&#8217;ng g.ning ayrim usullari O&#8217;zbekistonda keng miqyosda qo&#8217;llanila boshladi. Jumladan, Toshkent, Farg&#8217;ona, Qizilqum geodinamik poligonlari tashkil qilinib, bu joylarda seysmo- logik, magnitometrik, elektrometrik, gravimetrik usullar b-n zilzilalar- ni oldindan bilish (prognoz qilish) muammosi bo&#8217;yicha izlanishlar olib borildi. Er po&#8217;stidan tarqaladigan elektromagnit impuls lar va Atmosfe- radagi ionosfera tok qatlamlarining holatini o&#8217;rganish kabi usullar ham oldindan bilish muammosini echish yo&#8217;lida qo&#8217;llanila boshladi. Ushbu so&#8217;nggi ikki usul zilzilalarni oldindan bi- lish maqsadida dastlab O&#8217;zbekistonda qo&#8217;llanildi. G.da bu yo&#8217;nalishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan yangi natijalar olindi. Jumladan, er mag- nit maydonida kuzatilgan o&#8217;zgarishlar orqali 1978 y. 2 noyabrdagi olay, 1982 y. 6 maydagi Chimyon, elektromagnit im- puls larining o&#8217;zgarishi bo&#8217;yicha esa 1976 y. 17 maydagi Gazli, seysmik usul yordamida 1984 y. 18 Fev.dagi Pop zilzi- lalarining vaqti, joyi va kuchi bashorat qilindi. Bu natijalar shu sohada dunyo miqyosida birinchi marotaba olingan il- miy-amaliy yutuqlar bo&#8217;ldi (F. O. Mavlo- Nov, V. I. Ulomov, Q. N. Abdullabekov, S. S. Husamiddinov, S. X. Maksudov va b.). G.ning seysmologik, elektrometrik, Geo- logik, gidrogeologik usullarning maj- mui asosida 1966\u2014 98 y.larda Toshkent, Andijon, Farg&#8217;ona, Namangan, Samarkand kabi 20 dan ortiq shahar, yirik sanoat qurilish ob&#8217;ektlari uchun mikrorayon- lashtirish xaritalari yaratildi va xalq xo&#8217;jaligiga qo&#8217;llash uchun joriy etildi. 1970 y.dan boshlab er po&#8217;sti va yuqori man- tiyasini urganishda chuqur seysmik zona- lash, seysmologiya, gravimetrik razvedka, elektr razvedka, magnit razvedka usulla- ridan foydalanildi (E. M. Butovskaya, F. X. Zunnunov, V. A. Pak, T. E. Ergashev va b.). Zilzilalar, portlash vujudga kel- tiradigan to&#8217;lqinlarni yalpi qayd qilish usuli b-n Pomir \u2014 Himolay xalqaro loyihasi buyicha Italiya, Hindiston, Pokiston olimlari b-n hamkorlikda i.t. ishlari olib borildi (I. H. Hamroboev, E. M. Butovskaya, T. L. Bobojonov). Er po&#8217;stining har xil chuqurliklarida ro&#8217;y beradigan fizik, mexanik jara- yonlarning tabiati murakkab ekanligi eksperimental g.ni tashkil qilish va rivojlantirishga sabab bo&#8217;ldi. Xusu- san. tog&#8217;jinslari namunalarining mag- nit, elektr, to&#8217;lqin o&#8217;tkazish va b. fizik xususiyatlari lab. sharoitida har xil bosim va t-ra ta&#8217;sirida o&#8217;rganildi (M. X. Boqiev, S. X. Maqsudov va b.). Olin- gan natijalar kuchli zilzilalar tabi- atini aniqlash, ularning tayyorlanish jarayoni nazariyasini yaratish va zilzi- lalarning magnit, elektr, elektromag- nit maydonlarda paydo bo&#8217;lgan Darakchi- larini tahlil qilishda foydalanildi. O&#8217;zbekistonda G.ga doir i.t. ishlari O&#8217;zR Geologiya va mineral resurslar qo&#8217;mitasi, Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi, Geodeziya, xaritagrafiya va kadastrlar boshqarmasi, &#8220;O&#8217;zbekneftegaz&#8221; xolding korlorasiyasi, O&#8217;zbekiston FA Geologiya va geofizika va Seysmologiya in-tlari, Mirzo Ulug&#8217;bek nomidagi O&#8217;zbekistan milliy un-ti, Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika un-tida olib boriladi. Sobitjon Maqsudov, Husan Otaboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Geofizika \u2014 er sharining umumiy fizik xossalarini, uning qattiq, suyuq va havo qatlamlaridagi jarayonlarni o&#8217;rganadigan fanlar maj- mui. Uchta katta bo&#8217;lim: er fizikasi, gidrofizika va atmosfera fizikasi- dan iborat. G.ning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/geofizika-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130519","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130519","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130519"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130519\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130535,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130519\/revisions\/130535"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130519"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130519"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130519"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}