{"id":130524,"date":"2024-06-09T13:33:40","date_gmt":"2024-06-09T10:33:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130524"},"modified":"2024-06-09T13:33:45","modified_gmt":"2024-06-09T10:33:45","slug":"genlarning-ozaro-tasiri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/genlarning-ozaro-tasiri\/","title":{"rendered":"GENLARNING O\u2019ZARO TA&#8217;SIRI"},"content":{"rendered":"\n<p>GENLARNING O\u2019ZARO TA&#8217;SIRI &#8211; genlarning belgilar rivojlanishida- gi ishtiroki. Bir genning o&#8217;zi bir necha xil belgilar rivojlaiishiga hamda bir necha xil genlar bir belgining ri- vojlanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishi mum- kin. Bunday ta&#8217;sir bir gen allellari (allelli ta&#8217;sir) yoki turli genlarning allellari (allel bo&#8217;lmagan ta&#8217;sir) ora- sida sodir bo&#8217;ladi. Genlarning allelli o&#8217;zaro ta&#8217;sirini o&#8217;rganish natijasida Mendel qonunlari kashf etilgan. Or- ganizmlardagi ko&#8217;pchilik belgilarning irsiylanishi faqat bir gen emas, bal- ki allel bo&#8217;lmagan bir necha genlar- ning faoliyatiga ham boglik. Allel bo&#8217;lmagan g. o&#8217;. t. komplementar, epistaz, polimeriya, kombinirlangan (aralash), pleyotrop ta&#8217;sir xillariga bo&#8217;linadi. 1.G. o&#8217;. t.ning komplementar (to&#8217;ldiruvchi) ta&#8217;siri, ya&#8217;ni komplementariya ikki yoki undan ortiq allel bo&#8217;lmagan gen- larning o&#8217;zaro ta&#8217;siri tufayli orga- nizmda ota-onada kuzatilmagan yangi belgi rivojlanadi. Mas, tovuklarda tojning gulsimon va no&#8217;xatsimon shak &#8211; llari bargeimon (oddiy) shakliga nis- batan dominant hisoblanadi. Gulsi- mon tojli tovuqlar no&#8217;xatsimon tojli xo&#8217;rozlar b-n chatishtirilganda G&#8217;rda yong&#8217;oqsimon tojli tovuqlar olinadi. Yong&#8217;oqsimon tojli parrandalar o&#8217;zaro chatishtirilganida G&#8217;^a yong&#8217;oqsimon, gul- Simon, no&#8217;xatsimon va bargsimon tojli tovuqlar 9:3:3:1 nisbatda to&#8217;rtta fenoti- pik sinflar olinadi. G&#8217;,da kuzatilmagan yangi belgi, ya&#8217;ni yong&#8217;oqsimon tojning ri-vojlanishi gulsimon tojni rivoj- lantiruvchi, mas, A geni b-n no&#8217;xatsimon tojni rivojlantiruvchi dominant V genining o&#8217;zaro komplementar ta&#8217;siri- ga bog&#8217;liq. Ota-ona sifatida olingan gulsimon tojli tovuklar o&#8217;z geno-tipi- da gulsimon tojni nazorat qiluvchi A genining dominant allellariga hamda no&#8217;xatsimon tojni boshqaruvchi V Ge- nining resessiv allellariga (aavv), ota sifatida olingan no&#8217;xatsimon toj- li xo&#8217;rozlar esa, aksincha \u2014 aavv geno- tipga ega bo&#8217;lgan. Ota-ona va birinchi avlod parrandalarining genotipini quyidagicha ko&#8217;rsatish mumkin: R 9 aavv (gulsimon tojli) X S aavv (no&#8217;xatsimon tojli) G&#8217;, aavv (yong&#8217;oqsimon tojli). Belgilarning komplementar tip- da irsiylanishi 9:7; 9:6:1; 9:3:4 nisbatda ham bo&#8217;lishi mumkin. 2.G.o&#8217;.t.ning epistatik tipi, epistaz \u2014 bir genning allellari boshqa genlar al- lellarining faoliyatini bosib turishi- dan iborat. Mas, A>V yoki V>A, a>V yoki v>A. Allel bo&#8217;lmagan genlar faoliyatini bosib turuvchi allel genlar supressor- lar yoki ingibitorlar deb ataladi. Ular dominant yoki resessiv holatda bo&#8217;lishi mumkin. Dominant epistaz ta&#8217;siri- da bir genning dominant alleli boshqa allel bo&#8217;lmagan gen faoliyatini bosib turadi. Dominant epistazda belgilar ajralishi G&#8217;2 da 13:3 yoki 12:3:1 nisbat- da sodir bo&#8217;ladi. Resessiv epistaz bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo&#8217;lishi mumkin. Birinchi holda bir gen Reses- SIV allelli gomozigota holatda boshqa genning dominant yoki resessiv allella- ri faoliyatini bosib turadi, ya&#8217;ni AA>V yoki AA>vv bo&#8217;ladi. Bu holda G&#8217;2 da bel- gilar 9:3:4 nisbatda ro&#8217;y beradi. Ikki tomonlama resessiv epistazda AA>V-, vv>A &#8211; bo&#8217;lganidan, fenotip bo&#8217;yicha AJ- ralish G&#8217;2 da 9:7 nisbatda sodir bo&#8217;ladi. Z.G.o&#8217;.t.ning polimeriya tipi, ya&#8217;ni poli- meriya \u2014 bir belgining rivojlanishiga ikki va undan ortiq allel bo&#8217;lmagan gen- larning bir xilda ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishidan iborat. Bunday polimer genlar bir xil harf b-n belgilanib, bir-biridan in- dekslari orqali farq qiladi. Mac, A,A,a2a2a,a,A,A2; ada^ yoki a,a,a2a2. Polimeriya holida nasldan-naslga o&#8217;tish kumulyativ va nokumulyativ tipda bo&#8217;ladi. Kumulyativ polimeriyada feno- tipda paydo bo&#8217;ladigan belgi dominant allellarning soniga bog&#8217;liq, nokumulya- TIV polimeriyada esa belgining rivoj- lanishi dominant allellarning soniga bog&#8217;liq emas. Kumulyativ polimeriyaga misol qilib 1908 yilda shved olimi g. Nilson-ele o&#8217;tkazgan tajri-ba natija- sini keltiramiz. To&#8217;q qizil va oq donli bug&#8217;doy irqlarini chatishtirib birinchi avlodda (G&#8217;,) donlari qizil bo&#8217;lgan dura- gay o&#8217;simlik olinadi. Ular o&#8217;zaro chatish- tirilganida G&#8217;, da rangi (to&#8217;q qizildan och qizilgacha) va oq rangli bo&#8217;lgan o&#8217;simliklar 15:1 (15 ta rangli 1 ta oq) pay- do bo&#8217;ladi. Donlar 15:1 bo&#8217;lgan. 15 qism don rangining to&#8217;q qizildan och qizilgacha o&#8217;zgarishi ular genotipidagi qizil rang- ni ta&#8217;min etuvchi dominant gen allella- rining soniga bog&#8217;liq. Bu misolda kelti- rilgan bugdoy navlari ikki juft poli- mer genlar b-n bir-biridan farq qiladi. Nokumulyativ polimeriyaga achambiti o&#8217;simligida qo&#8217;zoq mevasi shaklining irsiylanishi misol bo&#8217;ladi. Achambiti mevasining uchburchak shakli oval shakli ustidan dominantlik qiladi. Uchburchak mevali achambiti oval mevali o&#8217;simlik b-n chatishtirilganda F, da uchburchak me- Vali duragaylar, F2 da esa 16 o&#8217;simlikdan 15 tasining mevasi uchburchak, bittasi oval bo&#8217;ladi. Bu misolda ham ota-ona o&#8217;simliklar ikki juft polimer genlar orqali bir-biridan farq qiladi. Ammo F, da o&#8217;simliklar mevasining uchburchak shakli dominant allellarning soniga bog&#8217;liq emas. Mas: 4 ta (A,A,a2a2) yoki faqat 1 ta (A,a,a2a2 yoki a,a,A2a2) domi- Nant allel bo&#8217;lganida ham meva uchburchak bo&#8217;ladi. Shunday qilib, uchburchak mevali o&#8217;simliklarning rivojlanishi dominant allellarning soniga bog&#8217;liq bo&#8217;lmaydi. 4.G.o&#8217;.t.ning kombinirlangan tipi. Bir belgining rivojlanishida bir vaqtning o&#8217;zida komplementar, epistaz, polime- riya, pleytropiya tiplarining birgalik- da ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishidan iborat. Bu holat, odatda, genom tuzilishi murakkab bo&#8217;lgan allopoliploid organizmlarda kuzati- ladi. Bu tipdagi ta&#8217;sir chigit ustidagi tuk va tola qatlamining irsiylanishini o&#8217;rganish jarayonida aniklangan. Chigit tu- klarining rivojlanishini to&#8217;rtta allel bo&#8217;lmagan genlar \u2014 I-i, Ft,\u2014ft,, Ft2\u2014ft2 va Fc\u2014fc nazorat qiladi. Ta&#8217;sir qilish xususiyatiga binoan bu genlar uch guruhga bo&#8217;linadi: 1) gen-ingibitor (I-i); buning dominant alleli gomozigota (II) va Gete- rozigota (I) holatda asosiy (Ft,, Ft2) va yordamchi (Fc) genlar ta&#8217;sirini to&#8217;xtatib qo&#8217;yadi va fenotipik Ji-hatdan tuksiz chigit rivojlanadi; 2) asosiy genlar \u2014 Ft,\u2014ft, va Ft2\u2014ft,. Ular dominant al- lellar bo&#8217;lib, polimeriya tipida ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib, chigitning mikropileda tu- klarining rivojlanishini nazorat eta- Di. Bu genlar faqat gen ingibitorning resessiv gomozigota (ii) holatida va yor- damchi (Fc\u2014fc) genning allel holatiga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan holda ta&#8217;sir etadi. Mikropileda tuklar fenotipda namoyon bo&#8217;lishi darajasi genotipdagi asosiy genlarning dominant allellari soniga bog&#8217;liq; 3) yordamchi gen \u2014 Fc\u2014fc. Uning dominant alleli asosiy genning biror dominant gomozigota holati b-n o&#8217;zaro ta&#8217;sir qilib, chigitning xalaza va yon qismlarida tuklarning rivojlanishini nazorat qiladi. Yordamchi gen dominant gomozigota holatda (Fsfsda) chigit bir tekis va qalin tuk b-n qoplanadi, Gete- rozigota (Fcfc) holatida esa tuklar Note- kis rivojlanadi. Shunday qilib, chigit tuklari poligenlar (epistaz, polimeriya, komplementar), asosiy va yordamchi gen- lar hamda gen-modifikatorning o&#8217;zaro murakkab ta&#8217;siri natijasida rivojla- nadi. Chigit uzun tolasining rivojlani- shini kamida ikki guruhga mansub genlar nazorat qiladi. Polimer genlar funktsi- yasiga ko&#8217;ra ikkiga bo&#8217;linadi: asosiy \u2014 1LL\u2014nl va LiD\u2014liD; hamda yordamchi. Yordamchi genlar asosiy genlarning Fe- notipik rivojlanishini kuchaytirish xususiyatiga ega. Ular genotipda asosiy polimer genlarning dominant allel- lari bo&#8217;lganida ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Chi- git tuklari rivojlanishini nazorat qiluvchi asosiy genlar Ft,, Ft2 tolani chigitning ma&#8217;lum qismida rivojla- nishiga pleyotrop ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. 5. Genlarning pleyotrop ta&#8217;siri \u2014 bir genning bir necha belgilar rivojlani- shiga ta&#8217;siri. Mas; Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari qo&#8217;zilarida junning kulrangi (Sheroziy) dominant gen tomonidan boshkariladi. Ana shu gen bo&#8217;yicha dominant gomozigota- li bo&#8217;lgan qo&#8217;zichoqlar tug&#8217;ilgandan so&#8217;ng sutdan chiqqach oshqozon-ichak yo&#8217;lining to&#8217;liq rivojlanmaganligi sababli no- bud bo&#8217;ladi. Demak, junning kulrangini rivojlantiruvchi dominant gen gomo- zigota holatda hazm qilish sistemasida nuqsonning paydo bo&#8217;lishiga olib kela- Di. Drozofilada ko&#8217;zning oq rangini bel- gilovchi gen pushtning kamayishi va ular hayotining qisqarishiga sabab bo&#8217;ladi. Sharifjon Turabekov, Miradham Abza- lov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GENLARNING O\u2019ZARO TA&#8217;SIRI &#8211; genlarning belgilar rivojlanishida- gi ishtiroki. Bir genning o&#8217;zi bir necha xil belgilar rivojlaiishiga hamda bir necha xil genlar bir belgining ri- vojlanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishi mum- kin. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/genlarning-ozaro-tasiri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130524","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130524","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130524"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130524\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130526,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130524\/revisions\/130526"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130524"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130524"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130524"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}