{"id":130718,"date":"2024-06-09T15:03:19","date_gmt":"2024-06-09T12:03:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130718"},"modified":"2024-06-09T15:03:24","modified_gmt":"2024-06-09T12:03:24","slug":"gidrogeologiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gidrogeologiya-2\/","title":{"rendered":"Gidrogeologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Gidrogeologiya (gidro&#8230; va Geo- logiya) \u2014 er osti suvlari haqidagi fan. Er osti suvlarining tarkibi, xossasi, kelib chiqishi, harakati qonuniyatlari va tarqalishini, xo&#8217;jalikka foydasi va zararini o&#8217;rganadi, ulardan foydalanish yo&#8217;llarini aniqlaydi, texnik tadbir- larni ishlab chiqadi. Er osti suvlari- ni qidirish, miqdori va iste&#8217;mol uchun yaroqliligini aniqlash, sug&#8217;orish, sanoat korxonalari ehtiyojlarini qondirishda ulardan foydalanish, meliorasiya, botqoq erlarni quritish va har xil muhandislik inshootlarini qurish kabi amaliy masa- lalarni ham hal etadi. G. gidrologiya, geologiya (shu jumladan muhandislik geologiyasi), gidravlika, geofizika, geokimyo, gidrokimyo, iqlimshunoslik, meteorologiya, tuproqshunoslik kabi fan sohalari b-n chambarchas bog&#8217;langan; mat., fizika, kimyo fanlari ma&#8217;lumot- lariga asoslanadi, shu fanlarning tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Er osti suvlari haqidagi bilimlar qadim zamonlardan boshlab to&#8217;planib kelgan. Shaharlar bunyodga kelishi va obikor dehqonchilik rasm bo&#8217;lishi b-n G. tez rivojlandi. Miloddan 2-3 ming yil avval hoz. O&#8217;rta Osiyo va Ozarbay- jon, Misr, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar hududida 100 m gacha chuqur quduqlardan suv olinganligi ma&#8217;- lum. O&#8217;sha davrdayoq odamlar mineral suvlar b-n davolangan.. Beruniyning &#8220;Otilib chiqayotgan suvlarning tabia- ti to&#8217;g&#8217;risida&#8221; risolasi g. ga oid dast- labki ilmiy asar hisoblanadi. Asarda Ustyurt, Sultonsanjar, Sariqamish, Sul- ton Uvaysdagi buloqlardan chiqayotgan suvlarning tabiati to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lu- mot berilgan. Uyg&#8217;onish davrida er osti suvlari b-n G&#8217;arbiy evropalik olim- laridan Agrikola, Palissi, Steno va b. shug&#8217;ullandilar. 19-a. oxiri \u2014 20-a. ning boshlarida grunt suvlarining tarqalish qonuniyatlari aniqlandi. 19-a.ning o&#8217;rtalarigacha g. geologiyaning tarkibiy qismi bo&#8217;lib rivojlandi, keyinroq alohida fan bo&#8217;lib ajraldi. G.ning rivojlanishiga frantsuzlardan L. Darsi, J. Dyupyui, nemis olimlari- dan E. Prins, K. Keylxak, X. Xafyor, amerikalik olimlardan A. Xazen, O. Mayntser, A. Leyn, rus geologlaridan S. P. Nikitin, I. V. Mushketov va b., 20-a. ning 20-y.laridan V. P. Savarenskiy va o. Konge salmoqli hissa qo&#8217;shdilar. 1925 y.da O&#8217;rta Osiyo davlat un-tida O&#8217;rta Osiyoda yagona g. kafedrasi tashkil etil- Di. O&#8217;zbekiston, Qirg&#8217;iziston va tur- kmaniston hududlarida gidrogeologik tadqiqot ishlari olib borildi. 1930 y.da kafedra qoshida er osti suvlari byurosi va bu byuro asosida 1931 y.da O&#8217;zbekistan er osti suvlari in-ti tashkil qilindi. O&#8217;rta Osiyo, ayniqsa, O&#8217;zbekiston hududida keng miqyosda gidrogeologik tadqiqotlar o&#8217;tkazildi va O&#8217;zbekistan hududining birinchi gidrogeologik xa- ritasi tuzildi. 1934 y.da er osti suvla- ri in-ti Uzbekistonning yagona Gidrome- teorologik xizmati tarkibiga qo&#8217;shildi. 1957 y.da O&#8217;zbekistonda g. tresti tashkil etildi. Keyingi yillarda bir necha gi- drogeologik muassasalar barpo etildi. 1960 y.da Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti tashkil qilindi. 1960-63 y.larda g.ning meliorativ gidrokimyo, grunt suvlari rejimi va balansi, regional er osti suvlari- ning resurslari, umumiy g. sohasi bo&#8217;yicha i. t. ishlari olib borildi. G. kompleks tadkikrtlar olib boruv- chi fan bo&#8217;lib quyidagi tarmoqlarni o&#8217;z ichiga oladi:umumiy g. \u2014 er osti suvla- rining hosil bo&#8217;lishi, ularning fizik va kimyoviy xossalari va tog&#8217;jinsla- ri b-n o&#8217;zaro aloqasini o&#8217;rganadi. 20-a. ning 30-40-y.larida umumiy g.ning yangi sohasi paleogidrogeologiya (qad. geologik davrlardagi er osti suvlari haqidagi ta&#8217;limot) vujudga keddi; er osti suvlari dinamikasi \u2014 tabiiy va sun&#8217;iy omillar ta&#8217;sirida er osti suvla- rining harakatini o&#8217;rganib, miqdorini aniqlaydi; er osti suvlari tartibi va balansi haqidagi ta&#8217;limot er osti suvlaridagi o&#8217;zgarishlar (sathi, t-rasi, kimyoviy tarkibi, harakati)ga oiddir; gidrokimyo \u2014 er osti suvlari kimyoviy tarkibining vujudga kelish jarayonla- ri va ulardagi kimyoviy elementlarning migrasiya qonunlarini o&#8217;rganadi. 1950-y. larda mustaqil yo&#8217;nalish olgan radio- gidrogeologiya \u2014 er osti suvlarida radioaktiv elementlarning migrasiyasi- ni tadqiq qiladi (A. P. Vinogradov, A. N. Tokarev, A. V. Shcherbakov);mineral sanoat suvlari va termal suvlar to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limot \u2014 mineral suv- larning paydo bo&#8217;lishi va kimyoviy tar- kibini aniqlaydi, ularning asosiy Ge- netik turlarini tasniflaydi, mineral suvlar manbaini topib, ulardan foy- dalanish yo&#8217;llarini o&#8217;rganadi; er osti suvlarini qidirish va razvedka qilish \u2014 sug&#8217;orish va suv b-n ta&#8217;minlashni tash- kil qilish, er osti suvlarini toppish borasida ish olib boradi; meliorativ G. \u2014 sug&#8217;oriladigan va quritiladigan hududlardan q. x.da rasional foydala- nish maqsadida ularning gidrogeologik sharoitlarni yaxshilash metodlarini ishlab chikadi. Sug&#8217;orish me&#8217;yorlarini aniqlash, q. x.ni suv b-n ta&#8217;minlash, er osti suvlari tartibini bashoratlash, tuproqning sho&#8217;rlanishiga qarshi kura- shishda meliorativ g.ning ahamiyati katta. O&#8217;zbekistonda meliorativ g.ning taraqqiyotiga M. A. Shmidt, O. K. Lan- Ge, N. N. Hojiboev, M. M. Krilov, Q. G&#8217;. G&#8217;aniev va b. muhim hissa qo&#8217;shdilar; foydali qazilma konlarining g.si \u2014 er osti suvlarining sanoat ahamiyatini aniqlash, o&#8217;rganish, o&#8217;zlashtirish, ishga tushirish b-n shug&#8217;ullanadi; regional G. \u2014 er osti suvlarining turli tabiiy sharoitlarda tarqalish qonuniyatlarini geologik strukturalar b-n bog&#8217;liq holda o&#8217;rganadi. Regional G. geologik S&#8217;em- kaga asoslanadi. G. sanoat suvlaridan yod, brom, bor, strontsiy, litiy, radiy va b. elementlarni ajratib olish, ter- mal va o&#8217;ta issiq suv konlarini kidi- rish va razvedka qilish, bu suvlardan shahar hamda aholi yashaydigan joylarni isitish b-n ham shug&#8217;ullanadi. Gidroge- ologik tadqiqotlarni Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi in-ti, UzMU, ToshTU ning g. kafedralari olib boradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gidrogeologiya (gidro&#8230; va Geo- logiya) \u2014 er osti suvlari haqidagi fan. Er osti suvlarining tarkibi, xossasi, kelib chiqishi, harakati qonuniyatlari va tarqalishini, xo&#8217;jalikka foydasi va zararini o&#8217;rganadi, ulardan foydalanish yo&#8217;llarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gidrogeologiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130718","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130718","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130718"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130718\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130725,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130718\/revisions\/130725"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130718"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130718"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130718"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}