{"id":130732,"date":"2024-06-09T15:06:07","date_gmt":"2024-06-09T12:06:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130732"},"modified":"2024-06-09T15:06:12","modified_gmt":"2024-06-09T12:06:12","slug":"giyohvandlik-narkomaniya-bangilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/giyohvandlik-narkomaniya-bangilik\/","title":{"rendered":"Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik \u2014narkotik moddalarga o&#8217;rganib qolish, ruju qilish, aniqrog&#8217;i tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki Su- runkasiga iste&#8217;mol qilish natijasi- da kelib chiqadigan kasallik holati. G. organizm somatik va ruhiy holatining chuqur o&#8217;zgarishiga sabab bo&#8217;ladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. G.da o&#8217;zini to&#8217;xtatib bo&#8217;lmaydigan darajada giyohvand moddalarni iste&#8217;mol qilish mayli paydo bo&#8217;ladi, giyohvand modda- ning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bog&#8217;liqlik ortib boradi. G. asta-sekin boshlanib, surunkali da- vom etadi. Giyohvand moddalar dastlab xushnudlik, dimog&#8217;chog&#8217;lik (q. Eyforiya), xotirjamlik hissini uyg&#8217;otib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasal- likka aylanadi. G. 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega bo&#8217;lgan dori- larni uzoq vaqt va noto&#8217;g&#8217;ri qabul qilish; og&#8217;riq, uyqusizlik va b. dardlardan qutilish maqsadida dori miqdori (do- zasi)ni oshirib borish; darddan tuza- lib doriga unchalik ehtiyoj bo&#8217;lmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik ta&#8217;siri va miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u Humor qiladigan bo&#8217;lib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga o&#8217;rganishdir. G.ka, odatda, irodasi kuchsiz, o&#8217;zini tiya olmaydigan, o&#8217;tkir sezgilarni o&#8217;zida si- nab ko&#8217;rishga qiziquvchan, ruhan zaif va o&#8217;ta xudbin kishilar beriluvchan bo&#8217;ladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchi- liklar, giyohvand moddalarni iste&#8217;mol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga ta- KLID va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand bo&#8217;lishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qo&#8217;l ostida bo&#8217;lishi ham g.ka sabab bo&#8217;lishi mumkin. G.ka mub- talo bo&#8217;lganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. G. eyforiyasi- da, ya&#8217;ni kayfi chog&#8217;likda 2 bosqich ku- zatiladi: qisqa muddatli \u20141-5 daqiqa davom etadigan o&#8217;tkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1-3 soat) cho&#8217;ziladigan bo&#8217;shashish, tinchlanish dav- ri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq bo&#8217;lishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bog&#8217;liq. G.ning hamma turi ham o&#8217;z rivojida giyohvand moddalarga o&#8217;rganib qolish yo&#8217;li b-n g. sindromining shakllanishiga olib kela- Di. Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi: 1) giyohvand modda- ga nisbatan organizm reaktivligining o&#8217;zgarishi va ruhiy bog&#8217;lanishning paydo bo&#8217;lishi; 2) xumor (abstinent) sindromi ko&#8217;rinishida jismoniy bog&#8217;lanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha siste- malarining zaiflashishi (tolerantlik- ning pasayishi, ya&#8217;ni giyohvand moddalar- ning avvalgi miqdorini ko&#8217;tara olmas- lik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi). G.ka mubtalo bo&#8217;lgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va ko&#8217;proq miqdorda iste&#8217;mol kila bosh- laydi. Keyinchalik esa giyohvand mod- dalarsiz turolmaydigan bo&#8217;lib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va o&#8217;zini bir oz engil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs qo&#8217;yish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (ko&#8217;ngil aynishi, qusish) yo&#8217;qoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu dara- jada kuchayib ketadiki, go&#8217;yo bu modda- lar avvalgi ta&#8217;sir kuchini yo&#8217;qotgandek bo&#8217;lib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun o&#8217;sha moddadan ko&#8217;proq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldi- niga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan bo&#8217;lsa, keyinchalik go&#8217;yoki uning holatini &#8220;normallashtir- Ganga&#8221; o&#8217;xshaydi, bemor o&#8217;zini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi go&#8217;yo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand bo&#8217;lib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy o&#8217;zgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo bo&#8217;lgan bo&#8217;lsa, keyinchalik jismo- niy o&#8217;zgarishlar \u2014jismoniy bog&#8217;lanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, og&#8217;iz qurishi, ozib ketish, qo&#8217;l-oyoqning titrashi va b.) ro&#8217;y beradi. Agar giyohvand o&#8217;z vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jis- Moniy o&#8217;zgarishlar, ya&#8217;ni giyohvandlikka xos og&#8217;ir holat \u2014 xumorlik (q. Absti- nentsiya) sindromi paydo bo&#8217;ladi. G. OPI- omaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm ko&#8217;rinishida bo&#8217;ladi. G.ning nashavandlik, kokainizm, Nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va b. turlari ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani Su- runkali qabul qilish \u2014Pol i narkomaniya deyiladi. G.ning hamma turida ham orga- nizm zaharlanadi va u juda og&#8217;ir kechadi. Er yuzining turli mintaqalarida g.ning ayrim turlari kuzatiladi. G.ning Gero- inizm turi keyingi vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarkalib bormoqda. G. avj olishining oldini olish uchun ayrim mamlakatlarda tegishli tadbirlar amal- ga oshirilgan. Xususan O&#8217;zRda G.ka qarshi kurash qo&#8217;mitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda narkologiya bo&#8217;yicha olim va mutaxassislar tomonidan malaka- li kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida g.ka karshi keskin kurash olib boradi. G.ka mubtalo bo&#8217;lgan bemor- lar asosan shifoxona (stasionar) sharo- ITIda 2-4 oygacha davolanib, 4-5 yil- gacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida bo&#8217;ladilar. O&#8217;zbekistonda giyohvand vo- sitalarni i.ch. va sotish b-n shug&#8217;ullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tor- tiladi (q. Giyohvandlik vositalari). Mirqobil Xalilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik \u2014narkotik moddalarga o&#8217;rganib qolish, ruju qilish, aniqrog&#8217;i tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki Su- runkasiga iste&#8217;mol qilish natijasi- da kelib chiqadigan kasallik holati. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/giyohvandlik-narkomaniya-bangilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130732","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130732","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130732"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130732\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130739,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130732\/revisions\/130739"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130732"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130732"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130732"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}