{"id":130740,"date":"2024-06-09T15:09:17","date_gmt":"2024-06-09T12:09:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130740"},"modified":"2024-06-09T15:09:21","modified_gmt":"2024-06-09T12:09:21","slug":"gilamchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gilamchilik\/","title":{"rendered":"Gilamchilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Gilamchilik \u2014gilam to&#8217;qish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik b-n shug&#8217;ullanadigan ko&#8217;chmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. O&#8217;simlik (paxta, zig&#8217;ir, jut) tolasi, jun (qo&#8217;y, echki, tuya juni) dangina tayyorlangan. Gilam to&#8217;qish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozala- nadi, temir taroqlarda taraladi, taral- gan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy bo&#8217;yoqlar b-n bo&#8217;yaladi. Shu- ning uchun gilam ranglari o&#8217;zgarmaydi va o&#8217;zining sifatini yo&#8217;qotmaydi. Hozirda sun&#8217;iy tolalardan ham to&#8217;qilmoqda. G. er bag&#8217;irlab yotiq (gorizontal) va tik (verti- kal) o&#8217;rnatilgan dastgohlarda to&#8217;qiladi. G. rivojlangan joylarda to&#8217;quv dastgoqlari ancha mukammallashtirilgan va bir necha to&#8217;quvchi yonma-yon o&#8217;tirib bir- daniga to&#8217;qiyveradigan keng o&#8217;q (g&#8217;altak)li xillari yaratilgan. Gilamdo&#8217;z usta naqsh mujassamotini yodaki yoki nusxa asosi- da to&#8217;qiydi. To&#8217;qilish usuliga ko&#8217;ra pat- li va patsiz gilam turlari farklanadi. Qo&#8217;lda gilam to&#8217;qish O&#8217;rta Osiyoda, ayniqsa Turkmanistonda keng rivoj- langan. Qo&#8217;lda gilam to&#8217;qish nihoyatda sermashaqqat ish, to&#8217;quvchidan qunt, did va mahorat talab qiladi. Patli gilam- larni to&#8217;qish ayniqsa murakkab. Qo&#8217;lda to&#8217;qilgan gilam pati, naqsh mujassamoti asos ipiga rangli iplardan tugib band- lar hosil qilib yaratiladi, tugun uchi matoning yuza tomoniga chiqarib tekis qirqiladi, har bir qatordan so&#8217;ng arqoq ipi o&#8217;tkazib maxsus temir taroqqa urib avvalgisiga mahkamlanadi. Tayyor gilam maxsus kimyoviy moddalar yordamida yuvi- ladi. Gilamlar turli hajmlarda tayyor- lanadi. 20-a. 30-y.laridan keyingina pat bog&#8217;laydigan maxsus dastgohi korxonalar paydo bo&#8217;ldi (jumladan Andijondagi &#8220;Mehnat guli&#8221; arteli). Sharq G.da ish- lab chiqarilgan joyi, naqsh mujassamo- ti, sifati (qalinligi, patining uzun- qisqaligi), rang echimi b-n bir-biridan farqlanadigan Eron, turk, turkman va Ozarbayjon gilamlari qadimdan mashhur. G.ning paydo bo&#8217;lgan vaqtini aniq aytish qiyin, chunki jun chidamsiz bo&#8217;lib, qad. gilamlar saqlanmagan. Eng qad. Gilam mil. AV. 6-5-a.larga oid bo&#8217;lib, tog&#8217;li Oltoydan topilgan, abadiy muzloqda bo&#8217;lgani uchun yaxshi saqlangan. Olim- larning taxminiga ko&#8217;ra, u axomaniy- lar davri Forslari yoki O&#8217;rta Osiyo qabilalari orasida tayyorlangan (hajmi 1,8&#215;2 m; naqsh mujassamoti: handasiy shakllar Nilufar gullar b-n bezatilgan, keng hoshiyalarida otliq chavandozlar, Xoldor bug&#8217;ular, grifonlar tasviri bor). Qad. va ilk o&#8217;rta asrlar g.ga oid ma&#8217;- lumotlar yozma manbalarda saklan- gan. Saljuqiylar davrida gilam- lar (&#8220;Ko&#8217;nya&#8221;, topilgan joy nomi- dan) ko&#8217;plab tayyorlangan va Misr, Hindiston, Xitoyga chiqarilgan. O&#8217;rta asrlarda g. uch yo&#8217;nalishda \u2014 ko&#8217;chmanchi va yarim ko&#8217;chmanchi chorva- dor qabilalarda, o&#8217;troq (qishloq yoki shahar) aholi orasida, saroy ustaxona- larida rivojlangan. Tadqiqotchilar Eron, Zakavkaze, O&#8217;rta Osiyo gilam- larini alohida ko&#8217;rsatib o&#8217;tganlar. 16-asrdan saroy (Eron) gilamlari yaxshi saqlangan. Bu gilamlar (&#8220;turunj&#8221;, &#8220;Shoh Abbos&#8221;, &#8220;bog'&#8221;, &#8220;ov&#8221; va b.) amaliy san&#8217;atning Nodir namunalaridir. Ular miniatyura ustalari \u2014 musavvirlar- ning chizgilari asosida to&#8217;qilgan. G. Tur- kiya, Boburiylar davrida Hindistonda (&#8220;Mo&#8217;g&#8217;ul&#8221;, &#8220;Agra&#8221; va b. gilamlar), Misr, Suriya, Kavkaz ortida taraqqiy etdi. 18-19-a.larda g. Zakavkaze va O&#8217;rta Osiyoda saroylarda emas, balki xalq orasida keng tarqaldi. Asosiy markaz- lari Kazax, Ganja, Shirvon, Boku, na- xichevan bo&#8217;lgan Zakavkaze gilamlari rang-barang mujassamoti, ijro usuli va badiiy jihati b-n, Turkmaniston gilamlari (&#8220;Salor&#8221;, &#8220;sariq&#8221;, &#8220;taka yovmut&#8221;, &#8220;Bashir&#8221; va b.) qizil rangi- ning teranligi, handasiy gullari va o&#8217;ta pishiqligi b-n ajralib turadi. G&#8217;arbiy Evropa G.da 16-a.dan flamand, frantsuz, nemis shpalerlari alohida o&#8217;rin tutgan. 17-18-a.lardan patli gilamlar (1624 y.da Parijda asos solingan savo- neri manufakturasida) ishlab chiqarila boshlangan, keyinroq Angliya va Ispani- yada ham patli gilamlar tayyorlash yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. 19-a.dan gilamlar f-kalarda ishlab chiqarila boshlagach, uning sifati keskin pasayib ketdi. 20-a. o&#8217;rtalaridan badiiy hunarmandlikda g.ni qayta ti- klashga urinishlar samarali bo&#8217;ldi. Polsha, Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviya patli gilamlari b-n bir katorda pat- siz gilamlar ham tayyorlana boshladi. G. O&#8217;rta Osiyo, xususan O&#8217;zbekistan hududida juda qadimdan rivojlangan (Xorazmdagi arxeologik qazishlar pay- tida mil. AV. 1-ming yillikka mansub gilam namunasi topilgan). G. b-n asosan ayollar shug&#8217;ullangan, naqsh (gul)lar (is- limiy, girih, hayvon shakllari, turli narsalar tasviri, urug&#8217;tamg&#8217;asi va b.) ni esa xotirada saqlashgan. Bezaklarida yo&#8217;lbars va tuya izlari, olma guli, uzum ZANGI, tuya bo&#8217;yni, qalqon, o&#8217;simliklar ifodalangan, ayniqsa xayvon shoxi tasviri keng tarqalgan. Mujassamoti- ning berkligi, Markaziy maydonning naqshli hoshiya b-n o&#8217;ralganligi (yo&#8217;l-yo&#8217;l naqshlar bundan mustasno) O&#8217;rta Osiyo gilamlari uchun xos bo&#8217;lgan, naqshining aniqligi, go&#8217;zal bo&#8217;lishi va ranglarining uyg&#8217;unligi ularning badiiy qimmatini oshirgan. Asosiy rang kizil rang va uning 2-3 Tuey bo&#8217;lib, ko&#8217;k, qora, oq, sariq ranglar ikkinchi darajali bo&#8217;lgan. Ranglarning mohirona ishlatilishi b-n ifodali tasvir hosil qilingan. Bir naqsh qismlarini turli ko&#8217;rinishlarda bo&#8217;yalishi b-n rang-baranglikka va jozibadorlikka erishilgan. Andijon, Samarqand gilamlari, qoraqalpoqlar to&#8217;qigan o&#8217;tov jihozlari badiiy jihatdan mohirona ishlangan. Andijon gilamlarining pati qisqa, qalin va mayin bo&#8217;lgan. Samarqandning rangdor uzun patli julxirs (&#8220;ayiq teri&#8221;) gilami o&#8217;ziga xosligi b-n ajralib turadi. 20-a.ga kelib g. o&#8217;ziga xos tarzda taraqqiy etdi, g. markazlarida gilam to&#8217;qish ri- vojlandi, artellar tuzilib, ularga xalq ustalari jalb qilindi (mas, Andi- jon viloyati oyim qishlog&#8217;idagi gilam to&#8217;qish arteli), ularda bir xil naqshli, yuqori sifatli gilamlar, shuningdek, mayda ro&#8217;zg&#8217;or buyumlari to&#8217;qildi. 30-y. larning 2-yarmidan mavzuli va tasvir- li gilam namunalarini yaratishga uri- nishlar bo&#8217;ldi. G. markazlarida Kavkaz gilamlari, an&#8217;anaviy turkman gilamla- ri xilidagi birmuncha soddalashtiril- gan gilamlar ishlab chiqarildi, faqat Samarkand gilami (julxirs) o&#8217;zining an&#8217;anaviy uslubini, rangdorligini saqlab qoldi. 40-50-y.larda g. markaz- lari (Samarkand, kitob, 1946; Xiva, Andijon, Termiz, 1947; Shahrisabz, 1949; Xo&#8217;jayli, 1954) tashkil etildi, mahalliy ustalar shogirdlar tayyorladi, qad. an&#8217;anaviy naqshlar tiklandi. Ras- som va hunarmand ustalar hamkorligi natijasida muvaffaqiyatlarga erishil- Di. Amaliy va mahobatli san&#8217;at an&#8217;a- nalaridan unumli foydalanilib, dast- labki yangi nusxa Xorazm gilami va unga xos bo&#8217;lgan Feruza rang zamin yaratildi. 60-y.larning oxirida mayda Artel- lar birlashtirilib yangi g. korxonala- ri tashkil etildi, mohir ustalar shu korxonalarda mehnat kila boshladi. Olmaliq, Samarqand, Xiva, Forish, Shofirkon va b. joylardagi f-kalarda an&#8217;anaviy naqsh mujassamoti va ba- diiy jihatdan ijodiy boyitil- gan nafis gilamlar tayyorlanmoqda. Hoz.da g. Farg&#8217;ona vodiysida, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari, Qoraqalpog&#8217;istonda rivojlangan. Shu- ningdek, Samarkand, Urgut, Qo&#8217;qon va xo- razm ham g. markazlaridir. An&#8217;anaviy G. hunarmandlik turi (uyda to&#8217;qiladigan) sifatida rivojlanmoqda. Samarkand va Buxoroning ipak gilamlari ham keng tarqalmoqda. An&#8217;anaviy G. rivojiga &#8220;Usto&#8221; birlashmasi va &#8220;hunarmand&#8221; assosiasiyasi munosib hissa qo&#8217;shmoqda (yana q. Gilamchilik sanoati). Elmira Gul.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gilamchilik \u2014gilam to&#8217;qish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik b-n shug&#8217;ullanadigan ko&#8217;chmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. O&#8217;simlik (paxta, zig&#8217;ir, jut) tolasi, jun (qo&#8217;y, echki, tuya juni) dangina tayyorlangan. Gilam to&#8217;qish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gilamchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130740","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130740","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130740"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130740\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130749,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130740\/revisions\/130749"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130740"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130740"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130740"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}