{"id":130745,"date":"2024-06-09T15:09:20","date_gmt":"2024-06-09T12:09:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130745"},"modified":"2024-06-09T15:09:25","modified_gmt":"2024-06-09T12:09:25","slug":"gipertoniya-kasalligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gipertoniya-kasalligi\/","title":{"rendered":"GIPERTONIYA KASALLIGI"},"content":{"rendered":"\n<p>GIPERTONIYA KASALLIGI, birlamchi (essentsial) arterial giper- toniya, idiopatik arterial giperto- niya \u2014 odamlarda ko&#8217;p uchraydigan (75% gacha) arterial qon bosimining oshishi. Sabablari: turli o&#8217;tkir yoki surunka- li ruhiy (emosional) iztiroblar, ir- siy yoki kasbiy omillar, ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik va b. G.k. klinik kechishiga qarab ikki xil bo&#8217;ladi: 1) sokin, uzoq muddat davom eta- digan va 2) shiddatli, tez rivojlanadi- gan va qisqa vaqt ichida bosh miya, buyrak etishmovchiligi hamda ko&#8217;rishning ke- skin pasayishiga olib keladigan shakl. Jahon sog&#8217;liqni saqlash tashkiloti tomo- nidan 1978 y.da qabul qilingan g.k.ning tasnifi quyidagi bosqichlardan iborat: I bosqich qon bosimi oshishining ko&#8217;rsatkichi 140\/90 mm simob ustunidan yuqori bo&#8217;lib (mas, 150-180\/90-* 105) Markaziy nerv sistemasi, yurak-tomir va buyrak sistemasining zararlanishi bel- gilarisiz kechadi, uzoq muddat davom et- maydi va bemor iztirobdan qutilgandan so&#8217;ng hamda qon bosimini tushiruvchi, tinchlantiruvchi dorilar ichilgandan va organizmga ma&#8217;lum muddat dam be- rilgandan keyin uning ahvoli yaxshila- nadi va arterial bosim ko&#8217;rsatkichlari tez orada mo&#8221;tadillashadi. II bosqichda arterial bosimning Sisto- lik ko&#8217;rsatkichi 160-179 mm simob ustu- niga, diastolik ko&#8217;rsatkich esa 100-109 mm simob ustuniga teng bo&#8217;lishi va un- dan ham yuqoriga ko&#8217;tarilishi mumkin. Bu bosqichda patologik o&#8217;zgarish asosan yurakning chap qorinchasi gipertrofiyasi b-n belgilanadi, shuningdek, to&#8217;r parda tomirlarining yoyilgan yoki fokal to- rayishi, mikroalbuminuriya, ya&#8217;ni siy- dikda oqsil moddasi va qon plazmasida keratinin kontsentrasiyasining qisman oshishi (1,2\u20142,0 mg\/dl) kuzatiladi. Ul- tratovush tekshiruvi yoki angiografiya (son arteriyalarida, aortada, yonbosh va son arteriyalarida o&#8217;tkazilgan) orqali atero- sklerotik o&#8217;zgarishlar (pilakchalar)ni aniqlash mumkin. Klinik shikoyat- lari tez-tez bosh og&#8217;rishi, bosh ay- lanishi (gipertonik krizlar), yurak sohasida og&#8217;riq, noxushliklardan iborat. III bosqichda bemorlarda qon bosimi ko&#8217;rsatkichlari yanada yuqori (Sisto- lik-180\u2014209 mm, diastolik esa 110\u2014 119 mm simob ustuniga teng va undan ham yuqori) va doimiy bo&#8217;ladi. Bu bosqichning klinik manzarasi rang-barang bo&#8217;lib, nafaqat yurak-tomir sistemasida (ste- nokardiya, miokard infarkti), balki bosh miya qon tomirlarida xam patologik o&#8217;zgarishlar (gemorragik insult, entse- falopatiya), buyrak etishmovchiligi (ne- froangioskleroz) hamda ko&#8217;z to&#8217;r parda- siga qon quyilishi kuzatiladi. Bunday og&#8217;ir asoratlar sodir bo&#8217;lgan paytlar- da qon bosimi ko&#8217;rsatkichlari pasayi- shi, hatto normallashishi ham mumkin. G.k.ga to&#8217;g&#8217;ri tashhis qo&#8217;yish bemorda ikkilamchi arterial gipertenziya sa- bablarini bartaraf etishga bog&#8217;liq. G.k.ni davolash murakkab va uzoq, davom etadigan jarayon bo&#8217;lib, bemordan vrach ko&#8217;rsatmalarini qat&#8217;iy bajarishni ta- lab etadi. Avvalo bemor o&#8217;zining hayot FA- oliyati, ovqatlanish, ishlash va dam olish rejimlarini o&#8217;zgartirishi, mas, spirtli ichimlik ichish va chekishdan voz kechishi, sho&#8217;r, yog&#8217;liq ovqatlarni kam iste&#8217;mol qilishi, semirishga yo&#8217;l qo&#8217;ymasligi, kam suyuqlik ichishi, engil jismoniy mashqlar qilishi: bir oz yurishi, se- kin yugurishi (puls o&#8217;lchab turiladi), chang&#8217;ida yurishi, velotrenajordan foy- dalanishi, dam olish kunlarini unumli o&#8217;tkazishi (shahardan chetga chiqish, toza havodan nafas olish, tiniqib uxlash), autotrening b-n shug&#8217;ullanish, turli asabiy-ruhiy his-hayajonlardan uzoqroq bo&#8217;lishga harakat qilishi kerak. Shu- ningdek, psixoterapiya, giperbarik OK- sigenasiya, elektruyqu, akupunktura va massaj usullaridan foydalanish lozim. Doridarmonlar b-n davolanish oilaviy vrach yoki kardiologning ko&#8217;rsatmasi aso- sida olib boriladi. Hoz. qon bosimini tushiradigan preparatlarning turlari va son-sanog&#8217;i juda ko&#8217;p. Davolovchi vrach G.k.ning bosqichini hisobga olib, bir yoki bir necha gipotenziv preparatlarni bemor mizojini e&#8217;tiborga olgan holda ma&#8217;lum muddatga tavsiya etadi va davo natija- sini muntazam nazorat qilib boradi. Erkin Qosimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GIPERTONIYA KASALLIGI, birlamchi (essentsial) arterial giper- toniya, idiopatik arterial giperto- niya \u2014 odamlarda ko&#8217;p uchraydigan (75% gacha) arterial qon bosimining oshishi. Sabablari: turli o&#8217;tkir yoki surunka- li ruhiy (emosional) iztiroblar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gipertoniya-kasalligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130745","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130745","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130745"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130745\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130752,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130745\/revisions\/130752"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130745"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130745"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130745"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}