{"id":130775,"date":"2024-06-09T15:14:48","date_gmt":"2024-06-09T12:14:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130775"},"modified":"2024-06-09T15:14:53","modified_gmt":"2024-06-09T12:14:53","slug":"grammatika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/grammatika\/","title":{"rendered":"Grammatika"},"content":{"rendered":"\n<p>Grammatika (Yun. grammatike, gramma so&#8217;zidan \u2014 harf, yozish) \u2014 til- shunoslikning tilning grammatik tu- zilishini, ya&#8217;ni so&#8217;zlarning shaklga ega bo&#8217;lish qonuniyatlarini, shuningdek, so&#8217;z birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini o&#8217;rganadigan bo&#8217;limi. G. 2 qismdan \u2014 morfologiya va sintak- sisdan iborat. Morfologiyada so&#8217;zning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, so&#8217;z shakllari, sintaksis- da esa so&#8217;z shakllarining gap tarkibida o&#8217;zaro birikish yo&#8217;llari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turla- ri bayon qilinadi. Demak, G.da so&#8217;z shak- li, grammatik ma&#8217;no, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning Kate- goriyalari haqidagi tushunchalar marka- ziy o&#8217;rinni egallaydi. Tilda o&#8217;zining doimiy ifodalovchisiga ega bo&#8217;lgan, so&#8217;z shakli va gapga xos umumlashgan ma&#8217;- no grammatik ma&#8217;no sanaladi. Ma&#8217;lum grammatik ma&#8217;noni ifodalash uchun xiz- mat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllar- ni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida gram- matik shakl deganda, ma&#8217;lum grammatik ma&#8217;noning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomoni- ni \u2014 shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kel- gan umumiylik, deyilsa mantiqan to&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;lmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, o&#8217;z navbatida, shakl va mazmun munosaba- tidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun gram- mema atamasidan foydalanmoqdalar. Grammatik birliklarni grammatik ka- tegoriyalarga birlashtirishda shu ka- tegoriyaga xos umumlashgan ma&#8217;no asos bo&#8217;lib xizmat kiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan ma&#8217;no mazkur katego- riyaga Birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Shu b-n birgalikda ka- tegoriya doirasidagi har bir gramme- maning boshqasidan farq qiladigan ma&#8217;nosi ham bor. Ana shu ma&#8217;nolar ka- tegoriya unsurlarining o&#8217;zaro zidlani- shida asos bo&#8217;lib xizmat kiladi. Shun- Day kilib, kategoriya ma&#8217;nosi b-n Kate- goriya tarkibidagi grammema ma&#8217;nosi o&#8217;rtasida tur-jins munosabati mavjud. G. ma&#8217;lum til qurilishini qanday o&#8217;rganishiga ko&#8217;ra, amaliy g. va nazariy G.ga bo&#8217;linadi. Amaliy G. muayyan bir tilda gapning to&#8217;g&#8217;ri qurilishi uchun zarur bo&#8217;lgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, o&#8217;z navbatida, 2 turga bo&#8217;linadi: tavsifiy va me&#8217;yoriy g. Tav- sifiy g. til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish b-n cheklanadi. Me&#8217;yoriy G. esa til faktlarining til me&#8217;yoriga munosabatini, ma&#8217;lum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning to&#8217;g&#8217;ri yoki noto&#8217;g&#8217;ri qo&#8217;llanganini o&#8217;rganadi. Amaliy G.dan farqdi ravishda, naza- riy g. til qurilishini tavsiflash b-n birga, til qurilishidagi birliklar- ning o&#8217;zaro munosabatini o&#8217;rganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi o&#8217;rni, qiymati bel- gilanadi. Nazariy G.da til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. Bevosita kuzatishda beril- gan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. Shuning uchun ham nazariy g. umumiylik \u2014 xususiylik, mohiyat \u2014 hodisa, imkoniyat \u2014 voqelik dialektikasini o&#8217;zida namoyon etuvchi til \u2014 nutq zidlanishiga asoslanadi. Grammatik birliklar tadqiqotchi to- monidan qaysi tomondan o&#8217;rganilishiga ko&#8217;ra, g. faol, nofaol turlarga bo&#8217;linadi. Shakldan ma&#8217;noga qarab tadqiq qilish usuli \u2014 semasiologiya usulidir. Bu usulda ma&#8217;lum grammatik shakl qanday ma&#8217;no ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birli- klarni o&#8217;rganish nofaol g. sanaladi. AK- sincha, mazmundan shaklga tamoyili b-n ish ko&#8217;ruvchi g. faol g. hisoblanadi. Faol G.da u yoki bu mazmun qanday yo&#8217;llar b-n moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi. Xuddi shu yo&#8217;nalish b-n bog&#8217;liq ravish- da g. mazmuniy (mental), shakliy (for- mal) va vazifaviy (funktsional) g.larga bo&#8217;linadi. Mazmuniy G. Mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Ob&#8217;- ektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan ob&#8217;ektiv olam unsur- lari umumlashgan obrazlarning tilda qanday o&#8217;z ifodasini topishini mazmu- niy g. o&#8217;rganadi. Shakliy G. esa sema- siologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish ko&#8217;radi. Gramma- tik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik kiladi. Bu yunalishda grammatik shakllarni o&#8217;rganish jara- yonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning e&#8217;tiborga olinishi shart emasligi ta&#8217;kidlanadi. Funktsional G. da asosiy e&#8217;tibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday G.larda lisoniy bir- likning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funktsiya) dialektik birlikda olinadi. G. muammolari dastlab qad. Hindistonda (tilshunos Paninining g.ga oid trakta- tida, mil. AV. 5-4-a.lar), keyinroq Yuno- nistonda (Aristotel, mil. AV. 4-a., yunon tilshunosi Apollon Diskol, mil. AV. 2-a. va b.ning asarlarida) ishlangan. Yunon grammatik an&#8217;analari lotin tilini o&#8217;rganish jarayonida rivojlanib borgan. O&#8217;zbekistonda G.ni o&#8217;rganish tarixi Mahmud Koshg&#8217;ariyning &#8220;Devonu lug&#8217;otit turk&#8221; asariga borib taqaladi. Bu ja- rayon o&#8217;rta asrlardagi lug&#8217;atshunoslik taraqqiyotida ham o&#8217;z aksini topgan (Toli Imoniy Hiraviyning &#8220;Badoe ul-lug&#8217;at&#8221; asari, 15-a.; &#8220;Abushqa&#8221; nom- li chig&#8217;atoycha-turkcha lug&#8217;at, 16-a. va b.). Hoz. o&#8217;zbek tili g.si Evropa g.si asosida yaratilgan. Bu jarayon 19-a.ning 2-yarmi- dan boshlangan. Dastlab rus turkshuno- si M. A. Terentev &#8220;Turk, fors, qirg&#8217;iz (qozoq) va o&#8217;zbek tillarining gramma- tikasi&#8221; (1875) kitobini yozib, Sankt- Peterburgda nashr ettirgan. Bu kitob mahalliy tilni o&#8217;rganmoqchi bo&#8217;lgan ru- siyzabon kishilarga mo&#8217;ljallangan edi. O&#8217;zbek tilining izchil ilmiy g.sini yaratishni 20-a.ning 20-y.larida Fitrat, G&#8217;ozi Yunus, Shorasul Zunnun va b. bosh- lab berdilar. Keyinchalik bu sohada A. G&#8217;ulomov, G&#8217;. Abdurahmonov, A. Hojiev, Sh. Rahmatullaev, Sh. Shoabdurahmonov, S. Usmonov, B. O&#8217;rinboev va b. til- shunos olimlar katta ishlarni amal- ga oshirdilar (yana q. Tilshunoslik). Ad.: Espersen O., Filosofiya gramma- tiki, M., 1958; O&#8217;zbek tili grammati- kasi, T., I, II j., 1975, 1981; Sodiqov A. va b., Tilshunoslikka kirish, T., 1981; Hojiev A., Lingvistik terminlarning izoqli lug&#8217;ati T., 1985; Sh OAB D u r ahm o n o v Sh., Hojiev A. va b., Hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili, T., 1980; Mahmudov N., Nurmonov A., O&#8217;zbek tilining naza- riy grammatikasi, T., 1995; Nurmonov A., Shahobiddinova Sh.vab., O&#8217;zbek ti- lining nazariy grammatikasi, T., 2001. Abduhamid Nurmonov, Nemat Mahkamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Grammatika (Yun. grammatike, gramma so&#8217;zidan \u2014 harf, yozish) \u2014 til- shunoslikning tilning grammatik tu- zilishini, ya&#8217;ni so&#8217;zlarning shaklga ega bo&#8217;lish qonuniyatlarini, shuningdek, so&#8217;z birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini o&#8217;rganadigan bo&#8217;limi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/grammatika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130775","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130775","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130775"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130775\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130783,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130775\/revisions\/130783"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130775"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130775"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130775"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}