{"id":130788,"date":"2024-06-09T19:14:39","date_gmt":"2024-06-09T16:14:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130788"},"modified":"2024-06-09T19:14:42","modified_gmt":"2024-06-09T16:14:42","slug":"gripp","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gripp\/","title":{"rendered":"Gripp"},"content":{"rendered":"\n<p>Gripp (Frans.grippe), Inflyuentsa \u2014 keng tarqalgan o&#8217;tkir yuqumli kasal- lik. Yaqqol intoksikasiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. G.ni viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadi; ular- ning A, A,, A2, V, S turlari ma&#8217;lum. VI- ruslar vaqt-vaqti b-n antigen tuzilishi- ni o&#8217;zgartirib turadi. Jumladan, A tu- rining o&#8217;zida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. O&#8217;zbekistonda, asosan, A, ayrim hollarda, V turi uchraydi. G. VI- ruslari juda beqaror; xona sharoitida bir necha soatdan so&#8217;ng yuqish ehtimoli yo&#8217;qoladi, quyosh nuri ta&#8217;sirida tez no- bud bo&#8217;ladi. Past haroratda, ayniqsa xavo harorati 0\u00b0 dan past bo&#8217;lganda VI- rus uzoq saqlanadi. Shu sababli g. ka- salligi sovuq mavsumda ko&#8217;proq kuza- tiladi. Dezinfektsiyalovchi vositalar (xloramin, xlorli ohak eritmalari, formalin, kislota va ishqorlar) ta&#8217;si- rida viruslar tez nobud bo&#8217;ladi. Isiriq tutuni ham g. viruslarini o&#8217;ldiradi. G. butun dunyoga tarqalgan, har 2 \u2014 3 y.da g. epidemiyasi qayd etiladi. Infektsiya man- Bai bemor, u aksirganida, yo&#8217;talganida, gaplashganila virus havo zarrachalari va so&#8217;lak tomchilari b-n atrof muhitga tarqaladi. Ayniqsa kasallikning dast- labki kunlarida virus bemor organiz- midan ko&#8217;plab ajralib yaqin atrofdagi odamlarga nafas yo&#8217;llari orqali tushadi. Aholining barcha tabaqalari (bola- lar va keksalar ham) bu kasallikka moyil. Nimjon, turli xastaliklar- ga chalingan odamlarga g. tez yuqadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odam- larda kasallik kam kuzatiladi. Kasallikning yashirin (inkubasion) dav- ri juda qisqa \u2014 bir necha so-atdan 1 \u2014 2 kungacha. Kasallik to&#8217;satdan boshlanadi. Sog&#8217;lom yurgan odam birdan mazasi qochib eti uvishadi, lohas bo&#8217;ladi, harorati ko&#8217;tarila boshlaydi. Oradan 1 \u2014 2 soat o&#8217;tgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon bo&#8217;ladi. Isitma qisqa vaqt ichida 39 \u2014 40\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi, bemor jun- jikib, sovqotadi, qaltiraydi. Harorat ko&#8217;tarilib bo&#8217;lgach, bemorning badani qiziydi, betoqat bo&#8217;ladi. A&#8217;zoi bada- ni, boshi, qo&#8217;l-oyoq muskullari zirqirab og&#8217;riydi. Ayniqsa, peshona va chakka sohasida og&#8217;riq kuchli bo&#8217;ladi. Ba&#8217;zan be- Morning boshi aylanib, ko&#8217;zi tinadi. Ko&#8217;z yoshlanadi, qizarib ketadi, ko&#8217;z soqqasida og&#8217;riq bo&#8217;ladi. Burun &#8220;bitib&#8221; qoladi, na- fas olish qiyinlashadi, tomog&#8217;i og&#8217;riydi, og&#8217;zi qaqraydi, quruq yo&#8217;tal paydo bo&#8217;ladi. G. engil, o&#8217;rtacha va juda og&#8217;ir o&#8217;tadi. Ka- sallik og&#8217;irroq kechganda ko&#8217;ngil ayni- shi, qusish, burun qonashi ham mumkin. G. keksalar va bolalarda ancha og&#8217;ir ke- chadi, organizmda ilgaridan mavjud bo&#8217;lgan surunkali kasalliklar, odat- da, zo&#8217;rayadi, ba&#8217;zan boshqa kasalliklar \u2014 zotiljam qo&#8217;shiladi. G.dan keyin o&#8217;pka shamollashi, buyrak, miya parda- lari nerv tugunlari va tolalarining yallig&#8217;lanishi kabi asoratlar kuzatiladi. Davolash. G. b-n og&#8217;rigan bemorni ka- salxonaga yotqizish shart emas, uyda alohida xonada yotgani ma&#8217;qul. Faqat kasallik og&#8217;ir kechgan hollarda bemor kasalxonaga yotqiziladi. Kasallik- ning og&#8217;ir-engil o&#8217;tishidan qat&#8217;i na- zar, bemor yotishi lozim. Viruslarga ta&#8217;sir etuvchi remantadin, interferon kabi dorilar faqat dastlabki kunlar- da qo&#8217;llanilsa yaxshi naf beradi. Shir- choy, limonli murabbo (ayniqsa malina, smorodinali), qatiq, qoqurum ichib ter- lash bemor ahvolini yaxshilaydi. Vrach tavsiyasi b-n og&#8217;riq qoldiruvchi dori- lar va antibiotiklar tavsiya etiladi; Oldini olish. G. tarqalish ehtimoli bo&#8217;lgan kezlari maxsus profilakti- ka maqsadida g. vaktsinasi b-n emlash o&#8217;tkaziladi. Asosan bolalar va keksa yoshdagilar emlanadi; vaktsina burun- ga tomiziladi. G.ga qarshi gammaglobu- Lin qilinadi. Burunga profilaktika maqsadida interferon tomizib turish, oksolin moyi surtish, bemor bor xonada isiriq tutatib turish maqsadga muvofiq. Hayvonlarda G.ni Orthmyxo-duridae oilasiga mansub viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Cho&#8217;chqalar, otlar, qoramol va parrandalar kasallanadi. Otlarda G. qisqa muddat- li isitma, qaltirash, ko&#8217;zdan yosh oqishi, yuqori nafas yo&#8217;llari Katari b-n bosh- lanadi, quruq yo&#8217;tal tutadi. Kasallikda laringotraxeit, bronxit, og&#8217;ir hollarda pnevmoniya kuzatiladi. Qoramollarda kasallik o&#8217;tkir kechadi, tana harorati ko&#8217;tariladi, kon&#8217;yunktivit, rinit yuz beradi, ishtaha yo&#8217;qolishi mumkin. Par- randalarda g. (parrandalar o&#8217;lati) epi- zootiya ko&#8217;rinishida kechadi, nafas va hazm a&#8217;zolari shikastlanadi. G. uy par- randalarining hamma turida uchraydi. Oldini olish: parranda, otlar maxsus vaktsinalar b-n emlanadi, veterina- riya-sanitariya tadbirlari ko&#8217;riladi. L.Shovahobov Sh. Sh., Yuqumli kasalli- klar va epidemiologiya asoslari, T., 1997. Shonosir Shovahoboe.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gripp (Frans.grippe), Inflyuentsa \u2014 keng tarqalgan o&#8217;tkir yuqumli kasal- lik. Yaqqol intoksikasiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. G.ni viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadi; ular- ning A, A,, A2, V, S turlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gripp\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130788","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130788","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130788"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130788\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130797,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130788\/revisions\/130797"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130788"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130788"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130788"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}