{"id":130791,"date":"2024-06-09T19:14:33","date_gmt":"2024-06-09T16:14:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130791"},"modified":"2024-06-09T19:14:39","modified_gmt":"2024-06-09T16:14:39","slug":"grenada-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/grenada-2\/","title":{"rendered":"Grenada"},"content":{"rendered":"\n<p>Grenada (Grenada) \u2014 Karib den- gizidagi Grenada o. va Grenadina o.lari Jan. qismidagi davlat. Mayd. 344,5 km2. Aholisi 98,9 ming kishi (1999). Poytaxti \u2014 Sent-Jorjes sh. Ma&#8217;- muriy jihatdan 7 tumanga bo&#8217;lingan. Davlat tuzumi. G. \u2014 Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibida mustaqil davlat. 1974 y. Konstitusiya- siga muvofiq davlat boshlig&#8217;i Buyuk bri- Taniya qirolichasi. Qirolicha nomidan general-gubernator ish ko&#8217;radi. Qonun chiqaruvchi organ ikki palatali (Senat va vakillar palatasi) parlamentdir. Ijro- iya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi xukumat amalga oshiradi. Parlament say- lovida ko&#8217;pchilik ovoz olgan partiyaning rahbari bosh vazir etib tayinlanadi. Tabiati. G. orollari vulkanlardan hosil bo&#8217;lgan. Hozir ham bu erda bir necha vul- Kan cho&#8217;qqilari bor (eng baland nuqtasi 840 m). Iqlimi \u2014 subekvatorial, dengiz iqlimi. O&#8217;rtacha yillik t-ra 26\u00b0 atro- fida, yillik yogin 1500 mm dan oshadi. Sernam tropik o&#8217;rmonlari doimo yashil. Aholisining 50% dan ko&#8217;prog&#8217;i neg- rlar, 40% duragaylar; indeyslar va evropaliklar ham yashaydi. Rasmiy tili \u2014 ingliz tili. Dindorlar \u2014 aso- san xristian. Shahar aholisi \u2014 32%. Tarixi. Orolni 1498 y. X. Kolumb kashf etgan. 1650 y.dan Frantsiya egallagan. 1783 y. Versal sulh shartnomasiga bi- noan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1967 y.da Buyuk Britaniya uni &#8220;Buyuk Britaniya b-n Birlashgan davlat&#8221; deb e&#8217;lon qildi. 1974 y. Fev.da mustaqillikka eritshdi. Shu yildan g. \u2014 BMT a&#8217;zosi. Milliy bay- ramlari \u2014 7 Fev. \u2014 Mustaqillik kuni (1974), 13 mart \u2014 inqilob kuni (1979). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Milliy partiya, 1989 y.da tuzilgan; Milliy demokratik Kongress partiyasi, 1987 y.da asos solingan; yangi milliy partiya, 1984 y.da tuzilgan; g. birlash- gan leyboristlar partiyasi, 1950 y.da asos solingan; Moris Bishop nomida- gi vatanparvarlik harakati partiya- si, 1984 y.da tuzilgan. G. kasaba uyush- malari kengashi 1955 y.da tuzilgan. Xo&#8217;jaligi. Iqtisodiyotining asosi- ni q. x. tashkil etadi. Uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 15,5%, sa- noatning ulushi \u2014 6%. Asosan banan, kakao, kokos yong&#8217;og&#8217;i, muskat yong&#8217;og&#8217;i (jahonda 2-o&#8217;rin), paxta, tsitrus me- valar, shakarkamish etishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, cho&#8217;chqa boqiladi; baliq ovlash, o&#8217;rmonchilik ham rivojlangan. Sanoatida q. x. mahsulotlarini qayta ishlab, yog&#8217;, rom, pivo, alkogolsiz ichim- liklar, shuningdek, mebel, kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichik korxonalar bor. Yiliga o&#8217;rtacha 51 mln. kVt-soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Xo- rijiy sayyohlar mamlakat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega. T. y. yo&#8217;q. Aso- siy dengiz porti va xalqaro aeroporti \u2014 Sent-Jorjes sh. Chetga muskat yong&#8217;og&#8217;i, banan, kakao chiqaradi; chetdan oziq- ovqat va sanoat mollari, transport vo- sitalari, yoqilg&#8217;i, mashina, asbob-uskuna, ma&#8217;danli o&#8217;g&#8217;it, kiyim-kechak va b. kelti- riladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijoz- lari: AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Pul birligi \u2014 Sharqiy Karib dollari. Maorifi. G. maorifi inglizcha tizim ta&#8217;sirida tarkib topgan. 6-14 yoshli bo- lalar uchun majburiy bepul ta&#8217;lim jo- riy etilgan. Xususiy maktablar ham bor. Boshlang&#8217;ich maktabda ham, o&#8217;rta maktabda ham o&#8217;qish muddati \u2014 7 y. Hunar-texnika va ped. bilim yurtlari bor. G.da Vest- Indiya un-tining 1 ta f-ti joylashgan. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. G.da ingliz tilida &#8220;ga- vernment gazett&#8221; (&#8220;hukumat gazetasi&#8221;), &#8220;Grenada Gardian&#8221; (&#8220;Grenada posbo- ni&#8221;), &#8220;Grenadian voys&#8221; (&#8220;Grenada ovo- zi&#8221;) haftalik gaz.lari chiqadi. &#8220;Grenada brodkasting netuork&#8221; radioeshittirish xizmati 1972 y.da tuzilgan, &#8220;Grenada brodkasting Korporeyshn Televiji&#8221; teleko&#8217;rsatuv xizmati mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Grenada (Grenada) \u2014 Karib den- gizidagi Grenada o. va Grenadina o.lari Jan. qismidagi davlat. Mayd. 344,5 km2. Aholisi 98,9 ming kishi (1999). Poytaxti \u2014 Sent-Jorjes sh. Ma&#8217;- muriy jihatdan 7 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/grenada-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-130791","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130791","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130791"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130791\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130793,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130791\/revisions\/130793"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130791"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130791"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130791"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}