{"id":130814,"date":"2024-06-09T19:19:36","date_gmt":"2024-06-09T16:19:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130814"},"modified":"2024-06-09T19:19:39","modified_gmt":"2024-06-09T16:19:39","slug":"termiz-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/termiz-tumani\/","title":{"rendered":"Termiz tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Termiz tumani &#8211; Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent. da tashkil etilgan. Jan. va g&#8217;arbdan Afg&#8217;oniston, sharkdan Tojikiston, shim. dan viloyatning Angor va Jarqo&#8217;rg&#8217;on, shim.g&#8217;arbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,86 ming km2. Aholisi 78,6 ming kishi (2004). Tumanda 5 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Pattakesar, Paxtaobod, Uchqizil, Xotinrabot, Yangiariq) bor. Markazi \u2014 Uchqizil qishlog&#8217;i. Tabiati. T.t. respublikaning eng Jan. da, Termiz sh. yaqinida joylashgan. Tuman hududining Sharqiy qismi Hisor tog&#8217;tizmasining davomi To&#8217;yintog&#8217;, Kaykitog&#8217;va uning etaklari, Xotinrabot va Qiziriq cho&#8217;llari hamda uning davomi \u2014 Qoraqir, Uchqizil, Kattaqum massivi, eski Termiz adirlari va qirlari bilan band. Bu erlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Jan. va g&#8217;arbi \u2014 Surxondaryoning Amudaryoga quyilgan qismi va Amudaryo, Surxondaryo sohillaridan iborat bo&#8217;lib, tuprog&#8217;i taqir va sho&#8217;rxok. Amudaryo, Qorasuv, Sherobod daryolari tuman hududi orqali o&#8217;tadi. Foydali qazilmalardan neft topilgan. Tuprog&#8217;i, asosan, och sarg&#8217;ish qum aralash tuproq. Adir va soyliklarda (shim.g&#8217;arbida) qo&#8217;ng&#8217;ir qum tuproq bo&#8217;lib, chirindisi ancha kam. Surxondaryo sohillarida to&#8217;qay qo&#8217;ng&#8217;ir tuprog&#8217;i va qum tuproq uchraydi. O&#8217;simliklardan oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq; Daryo bo&#8217;ylarida yulg&#8217;un, jiyda, terak, qiyoq, qamish; tog&#8217;larning baland qismida betaga, daraxt va butalardan archa, yovvoyi mevali daraxtlar o&#8217;sadi. Amudaryo vodiysida to&#8217;qayzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan Daryo bo&#8217;ylaridagi qamishzor va cho&#8217;llarda qirg&#8217;ovul, kaklik, tustovuq, quyon, jayra, bo&#8217;ri, chiyabo&#8217;ri, tulki, yovvoyi mushuk uchraydi. T.t. hududida Surxondaryo qo&#8217;riqxonasi joylashgan. Tumanda zang kanali (Surxondaryodan suv oladi), g&#8217;alaba, Amuzang (Amudaryodan suv oladi) sug&#8217;orish kanallari, Uchqizil suv ombori qurilgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyul oyning o&#8217;rtacha trasi 31,4\u00b0, eng yuqori t-ra 48\u00b0 ga etadi. Yanv. oyining o&#8217;rtacha trasi 2,8\u00b0, eng past t-ra -21\u00b0. Tumanning Jan.Sharqiy qismida &#8220;afg&#8217;on shamoli&#8221; esadi va ekinlarga zarar etkazadi. Vegetasiya davri 226 kundan 266 kungacha. Yozda traning yuqoriligi, iliqissiq kunlarning uzoq davom etishi tumanda issiqsevar subtropik o&#8217;simliklar \u2014 ingichka tolali paxta, xurmo va hatto shakarqamish, apelsin, mandarin etishtirishga imkon beradi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (80,2%), shuningdek, turkman, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 91,4 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligining asosiy tarmoklari \u2014 paxtachilik, g&#8217;allachilik, chorvachilik, mevachilik, poliz va sabzavotchilik. Ingichka tolali paxta etishtirish ilk bor T.t. da sinab ko&#8217;rilgan. Tuman hududida O&#8217;zbekiston paxtachilik i.t. institutining Surxondaryo filiali ishlab turibdi. Bu erda selektsioner olimlar so&#8217;nggi yillarda ingichka tolali serhosil va tezpishar paxta navlarini yaratmoqdalar. &#8220;Termiz 1&#8221;, &#8220;Termiz 16&#8221;, &#8220;Termiz 24&#8221;, &#8220;Termiz 31&#8221;, navlaridan yuqori hosil olinmoqsa. Tumandagi jami 599 korxonadan 92 tasi davlat va 507 tasi nodavlat korxonalardir. T. t. da 4 qo&#8217;shma korxona, 14 aktsiyadorlik jamiyati, 20 mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyatlar va 339 sanoat, qurilish va b. korxonalar bor. Tumandagi 13 ming ga sug&#8217;oriladigan erda dehqonchilik qilinadi, shundan 5400 ga erga paxta, 5179 ga erga g&#8217;alla, 560,2 ga erga sabzavot, 122,2 ga erga kartoshka, 104 ga erga poliz ekinlari ekiladi. 394 ga mevazor, 242 ga er tokzor bilan band. Ihota daraxtzorlari, o&#8217;rmonzorlar mavjud. T.t. da 9 shirkat, 1858 fermer xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatadi, parrandachilik fkasi ishlab turibdi (2004). Tumanda jami 24,6 ming qoramol (shu jumladan, 12,5 ming sigir), 39,6 ming qo&#8217;y va echki, 329,7 ming parranda, 226 ot boqiladi (2003). Tuman hududidan t.y. liniyasi o&#8217;tgan. Tuman markazi (Uchqizil qishlog&#8217;i) dan Termizga avtobuslar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. 2003\/04 o&#8217;quv yilida tumandagi 32 umumiy ta&#8217;lim maktabida 22,5 ming o&#8217;quvchi, 2 kasbhunar kollejida 950 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. Lisey, bolalar musiqa maktabi, bolalar va o&#8217;smirlar sport maktabi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman Markaziy kutubxonasi va uning tarmoklari, 5 madaniyat uyi va klub muassasasi ishlab turibdi. 2 kasalxona, 9 qishloq vrachlik punkti, 18 feldsherakusherlik punkti va b. tibbiy muassasalarda 87 vrach, 641 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. 2 shoshilinch yordam styasi, 3 dorixona mavjud (2003). Tuman hududida &#8220;Jayranxona&#8221; balneologik shifoxonasi, Respublika tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot intining 180 o&#8217;ringa mo&#8217;ljallangan Termiz filiali tashkil etilgan. Bu erda qum vannasi, bug&#8217;terapiyasi, mineral suv, tuz g&#8217;orlari kabi davolash usullari bor. Bemorlarni muolaja qilishda mineral suvi, qum va togda o&#8217;suvchi dorivor o&#8217;simliklardan tayyorlangan ichimliklardan keng foydalaniladi. Sayyoxlik maskani barpo etilgan. 1990 y. da tumanda radioeshittirish va teleko&#8217;rsatuvlarni kuchlantirib beruvchi teleminora (bal. 368 m) ishga tushirildi. T. t. hududida eski Termiz xarobalari (umumiy mayd. 300 ga) saklanib qolgan. Shuningdek, Qoratepa, Chingiztepa, Qirqqiz qal&#8217;asi, To&#8217;rtauz gumbaz maqbarasi xarobalari, Zulkifl mozori, Uyiqgumbaz, Xo&#8217;ja Ro&#8217;shnoiy maqbaralari, Hakim atTermiziy, Sulton Saodat me&#8217;moriy majmualari, katta masjid, Kokildor ota xonaqohi kabi me&#8217;moriy yodgorliklar saklangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Termiz tumani &#8211; Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent. da tashkil etilgan. Jan. va g&#8217;arbdan Afg&#8217;oniston, sharkdan Tojikiston, shim. dan viloyatning Angor va Jarqo&#8217;rg&#8217;on, shim.g&#8217;arbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/termiz-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130814","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130814","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130814"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130814\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130819,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130814\/revisions\/130819"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130814"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130814"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130814"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}