{"id":13083,"date":"2021-12-18T14:30:20","date_gmt":"2021-12-18T11:30:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13083"},"modified":"2021-12-18T14:30:21","modified_gmt":"2021-12-18T11:30:21","slug":"zunnunova-saida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zunnunova-saida\/","title":{"rendered":"ZUNNUNOVA SAIDA"},"content":{"rendered":"\n<p>ZUNNUNOVA SAIDA (1926.15.2, Andijon \u2014 1977.20.3, Toshkent) \u2014 shoira. Yozuvchi Sayd Ahmadnchng rafiqasi. Andijon o&#8217;qituvchilar institutini (1943) va O&#8217;rta Osiyo universitetining Filologiya fakultetini (1947-52) tugatgan. &#8220;Gulxan&#8221; jurnali (1953-56), &#8220;O&#8217;zbekiston madaniyati&#8221; gazetasida adabiy xodim (1956-57), badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1957\u2014 58) hamda O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1962-67) bo&#8217;lib ishlagan. Zunnunovaning ilk she&#8217;ri 1945 yil Andijon viloyati &#8220;Paxta fronti&#8221; gazetasida bosilgan. &#8220;Qizingiz yozdi&#8221; nomli ilk she&#8217;rlar to&#8217;plami esa talabalik yillari (1948) nashr etilib, she&#8217;riyat muxlislari e&#8217;tiborini qozondi. Shundan keyin uning &#8220;Yangi she&#8217;rlar&#8221; (1950), &#8220;Gullar vodiysi&#8221; (1954), &#8220;Qizlarjon&#8221; (1962), &#8220;She&#8217;rlar&#8221; (1964), &#8220;Bir yil uylari&#8221; (1967), &#8220;Nilufar&#8221; (1972) she&#8217;riy to&#8217;plamlari e&#8217;lon qilindi. Shoira go&#8217;zal lirik she&#8217;rlar bilan bir vaqtda &#8220;Sodiq va Anor&#8221;(1947), &#8220;Xayrixon&#8221; (1949), &#8220;Surat bilan suhbat&#8221; (1966), &#8220;Qo&#8217;shnilarim&#8221; (1968) singari dostonlar ham yaratdi. Zunnunova bu she&#8217;riy asarlarida inson ruhiy hayotining nozik qirralari va tebranishlari, tuyg&#8217;u va kechinmalarning murakkab harakati, dardu hasrat va orzu-armonlarning Kamalak ranglarini mahorat bilan ifodalay oluvchi shoira sifatida shakllanganini namoyish etdi. Bu hol uning, ayniqsa, &#8220;Surat bilan suhbat&#8221; dostonida yorqin ko&#8217;rindi. Zunnunova o&#8217;zbek xotin-qizlari hayotini o&#8217;rganish, ular turmushidagi mashaqqatli jihatlar va murakkabliklarga jamo atchilik e&#8217;tiborini jalb etish niyatida oila va muhabbat mavzuida bir qancha hikoya va qissalar yozdi. Uning &#8220;Gulbahor&#8221; (1956), &#8220;Povest va hikoyalar&#8221; (1957), &#8220;Gulxan&#8221; (1959), &#8220;Do&#8217;stlik&#8221; (1960), &#8220;Qanot&#8221; (1961), &#8220;Olov&#8221; (1962), &#8220;Ko&#8217;chalar charog&#8217;on&#8221; (1965), &#8220;Bo&#8217;ylaringdan o&#8217;rgilay&#8221; (1972) singari nasriy kitoblarida xotin-qizlar hayoti haqqoniy badiiy tajassumini topdi. Ayniqsa, &#8220;Yangi direktor&#8221;, &#8220;Olov&#8221;, &#8220;Odamlar orasida&#8221; qissalarida Zunnunova eskilik sarqitlarini fosh etish niqobi ostida sovet jamiyatidagi illatlarni keskin fosh etdi. Zunnunovaning &#8220;Ona&#8221; (1966) va &#8220;Ko&#8217;zlar&#8221; (1968) nomli pyesalari ham bor. Toshkentdagi ko&#8217;chalardan biri va 224-sonli maktabga, shuningdek, Andijon shahridagi ko&#8217;cha va maktablardan biriga hamda bo&#8217;z tumanidagi akademik liseyga Zunnunova nomi berilgan. As: tanlangan asarlar [3 jildli], T., 1976. Ad.: Hasanova H., Saida Zunnunova, T., 1975; Sayd Ahmad, Yo&#8217;qotganlarim va topganlarim, T., 1998. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZUNNUNOVA SAIDA (1926.15.2, Andijon \u2014 1977.20.3, Toshkent) \u2014 shoira. Yozuvchi Sayd Ahmadnchng rafiqasi. Andijon o&#8217;qituvchilar institutini (1943) va O&#8217;rta Osiyo universitetining Filologiya fakultetini (1947-52) tugatgan. &#8220;Gulxan&#8221; jurnali (1953-56), &#8220;O&#8217;zbekiston madaniyati&#8221; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/zunnunova-saida\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[111],"tags":[],"class_list":["post-13083","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-z-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13083","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13083"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13083\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13093,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13083\/revisions\/13093"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13083"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13083"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13083"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}