{"id":130830,"date":"2024-06-09T19:24:33","date_gmt":"2024-06-09T16:24:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130830"},"modified":"2024-06-09T19:24:36","modified_gmt":"2024-06-09T16:24:36","slug":"tibet-muxtor-rayoni-tibet","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tibet-muxtor-rayoni-tibet\/","title":{"rendered":"Tibet Muxtor rayoni, Tibet"},"content":{"rendered":"\n<p>Tibet Muxtor rayoni, Tibet (xitoycha Siszan) \u2014 Xitoyning Jan. g&#8217;arbiy qismidagi ma&#8217;muriy birlik, Tibet tog&#8217;ligida. Mayd. 1,2 mln. km2. Aholisi 2,52 mln. kishi (1998). Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Lxasa sh. Aholisining aksari qismini tibetlar, shuningdek, ularga yaqin Syan, nu, dulun, abor, lishmi, dafla xalqlari tashkil etadi. Tibetbirma guruhlari tilida so&#8217;zlashadi; buddizmlamaizm diniga e&#8217;tiqod qiladi. Asosan, qishloqlarda yashaydi, shahar kam. Xo&#8217;jaligi. Iktisodiyotiningetakchi tarmog&#8217;i \u2014 qishloq xo&#8217;jaligi. Uning yalpi mahsulotining 60% dan ortig&#8217;ini dehqonchilik beradi. Dare vodiylari va tog&#8217;larning yon bag&#8217;irlarida arpa, suli, no&#8217;xat, grechixa, Jan.sharqida bug&#8217;doy va sholi etishtiriladi. Sabzavot ekinlari ekiladi, mevachilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Yaylov chorvachiligi rivojlangan, qo&#8217;y, echki, yilqi, eshak, dehqonchilik rnlarida qoramol, cho&#8217;chqa boqiladi. Chorvachilikning asosiy mahsuloti \u2014 qo&#8217;y juni va ko&#8217;nteri. T. m.r. hududida toshko&#8217;mir, tuz, oltin konlari topilgan. GES ko&#8217;p. Ishlab beruvchi mayda korxonalar bor. Lxasada energetika jihozlari va cho&#8217;yan quyish, ko&#8217;nteri va gilam, Chamdoda ko&#8217;nchilik, Shigasze va Jangdze sh.larida gilam tukish korxonalari ishlab turibdi. Shuningdek, taxta tilish, g&#8217;isht zdlari, farmasevtika, to&#8217;qimachilik sanoatlari mavjud. Tarixi. Tibet xalqi mil.AV. 6-5-a. larda Kukunor rnidan Tibet hududiga ko&#8217;chib o&#8217;tgan Syanlarning Avtoxtonlar bilan qo&#8217;shilib ketishidan kelib chiqqan. Mil. 7-a.dan Syanlarning bir qismi dehqonchilik bilan shug&#8217;ullangan. O&#8217;sha davrda Tibetning Jan.Sharqiy qismidagi Yarlunga hukmdori Namri barcha qabilalarni birlashtirgan. Uning o&#8217;g&#8217;li Srontszangambo (649 y.da vafot etgan) Tibet davlatiga asos solgan. 7-a.ning 1yarmidatibetda yozma manbalar yaratilgan. Tisongdesen hukmronligi davrida (755-791) Tibet ayniqsa ravnaq topgan. 7-9-a.larda Tibetda zamindorlik munosabatlari yuzaga kelgan. 787 y.dan buddizm davlat diniga aylangan. Langdarma hukmronlik qilgan davrda (836-842) buddistlar ta&#8217;qib ostiga olina boshlandi, uning o&#8217;limidan so&#8217;ng Tibet bir nechta mustaqil hokimliklarga parchalanib ketdi. 11-12-a.larda bir kancha budda sektalari yuzaga keldi, monastirlar qurildi, ularning yiriklari atrofidagi hududlar bilan o&#8217;zlarini mustaqil teokratik davlat deb hisobladilar. 13-14-a.larda Tibet mo&#8217;g&#8217;ullar sulolasi Yuanga tobe. Tibetsichuan katga yo&#8217;li. bo&#8217;lgan. 14- a. oxiri \u2014 15-a. boshida rohib Szonkaba (1357-1419) yangi budda sektasi \u2014 Gelugbani tuzdi. Ushbu sekta rohiblari sariq kiyim kiyganligi sababli, uni &#8220;Sariq din&#8221; deb xam atashadi. 16-a.dan uning boshlig&#8217;i Dalaylama unvoni bilan Tibetni boshqargan. 1720 y. manjurlar Lxasani bosib oldi. 1792 y.da esa Tsin imperiyasi uni o&#8217;z tarkibiga qo&#8217;shib oldi. Sinxay inqilobi (191113) davrida Tsin sulolasi tugatilib, manjurlar Tibetdan quvib chiqarildi. 13dalaylama Pekin bilan butkul alokani uzganligini e&#8217;lon qildi. 1930-y.lar o&#8217;rtalarigacha TibetXitoy chegarasidagi keskinlik davom etdi. O&#8217;sha vaktdan Gomindanchi &#8211; bir kadar me&#8217;yorlashdi. Biroq Tibet inglizlar ta&#8217;sirida edi. Xalq inqilobi g&#8217;alabasi arafasida Tibet ma&#8217;murlari gomindanchilar hukumati bilan barcha aloqani uzdi, 1949 y. 4 noyab.da hukumat, monastir vakillaridan tuzilgan Buyuk majlisda Tibetni rasmiy ravishda mustaqil deb e&#8217;lon qildi. XXR hukumati 1950 i. 20 yanv.da Tibet masalasi bo&#8217;yicha bayonot e&#8217;lon qildi, unga kura Lxasa muzokaralar uchun o&#8217;z vakillarini Pekinga jo&#8217;natishi ko&#8217;zda tutilgan. 1950 y. okt.da Xitoy qo&#8217;shinlari Tibetning Markaziy rnlariga qarab yurish boshladi. Tibet hukumati Xitoy taklifini qabul etib, 1951 y. 23 mayda Xitoy xalq hukumati bilan &#8220;Tibetni tinch yo&#8217;l bilan ozod etish masalalari to&#8217;g&#8217;risida shartnoma&#8221; imzolandi. Shartnomaga ko&#8217;ra, Tibetga Xitoy tarkibidagi milliy muxtoriyat huquqi berilishi ko&#8217;zda tutildi. 1950- y.larning 2yarmida vaziyat keskinlashdi. Lxasada 1959 y. martda isyon ko&#8217;tarildi. 14dalaylama Hindistonga o&#8217;tib ketdi. 1965 y. T.m.r. tuzildi. Adabiyoti. Tibetliklarning qad. og&#8217;zaki ijodi mif, epos (&#8220;Geseriada&#8221;), afsona, qo&#8217;shiq, ertak, aforizmlar ko&#8217;rinishida ifodalangan. Buddizmning tarkalishi bilan budda miflari yuzaga keldi. Yozma adabiyotning ilk rivojlanishi Tibet zamindorlari davlatining qaror topishi, yuksalishi va inqiroziga to&#8217;g&#8217;ri keldi. Tibet adabiyoti qad. turkiylar, ayniqsa, uyg&#8217;urlar adabiyotiga yaqin bo&#8217;lgan, unga o&#8217;z ta&#8217;sirini o&#8217;tkazgan. O&#8217;sha davrda &#8220;Ramayana&#8221;ning tibetcha naqli yaratildi. 11 \u2014 14-a.larda adabiyotning an&#8217;anaviy tarkibi: tarjima asarlari, tibetlik mualliflarning original qo&#8217;lyozmalari, tarixiy asarlari va h.k.ni yaratish avj oldi. Keyinroq (15-19-a.lar) adabiyot Gelugba budda sektasining siyosiy qarashlari va diniy e&#8217;tiqodlarini sistemalashtirish va targ&#8217;ibot qilishga xizmat qildi. Inson tuyg&#8217;ulari asarlarda deyarli yoritilmagan. Ularning asosiy vazifasi \u2014 dindorlar intizomi namunasi me&#8217;yorlarini yaratishdan iborat edi. 18-a. boshlarida 6dalaylama Tsanjanjamso davrida dunyoviy lirik she&#8217;riyat yuzaga keldi. Biroq bu an&#8217;ana uzoq davom etmadi. Keyingi yillar adabiyotida grammatik, astrologik, astronomik va tibbiyot sohalariga oid asarlar yaratildi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Tibetning muhim san&#8217;at yodgorliklari zamindorlik munosabatlari avj olgan davrlarda yaratildi. O&#8217;rta asr Tibet me&#8217;morligi mamlakatning yovvoyi va cho&#8217;l tabiati bilan mutanosib ravishda o&#8217;zining keskinligi va mahobatliligi bilan ajralib turadi. Tog&#8217;cho&#8217;qqilariga qal&#8217;aqasrlar qurilgan. Tog&#8217;etaklari va cho&#8217;qqilarida joylashgan monastirlar bir necha qator devorlar bilan o&#8217;ralgan bo&#8217;lib, bosh ibodatxona shimolga qaragan, atrofida maydonlar, yon bag&#8217;irlarda amfiteatr ko&#8217;rinishida monaxlar uyjoylari bo&#8217;lgan. Lxasadagi Potala saroyqal&#8217;asi o&#8217;rta asrning o&#8217;ziga xos me&#8217;moriy obidasi hisoblanadi. Tibetning o&#8217;rta asr tasviriy san&#8217;ati buddizmga bo&#8217;ysungan, asosan, monastirlarda rivojlangan bo&#8217;lib, devor yozuvlari va &#8220;tanka&#8221; ikonalari sifatida yaratilgan. Skulpturalar yog&#8217;och, gil, metalldan yasalgan. 20-a.ga qadar Tibetda manzarali bezak san&#8217;atining kashtachilik, jezdan ibodat va maishiy buyumlar, musiqa asboblari tayyorlash, gilamlar to&#8217;qishning an&#8217;anaviy turlari saklanib qolgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tibet Muxtor rayoni, Tibet (xitoycha Siszan) \u2014 Xitoyning Jan. g&#8217;arbiy qismidagi ma&#8217;muriy birlik, Tibet tog&#8217;ligida. Mayd. 1,2 mln. km2. Aholisi 2,52 mln. kishi (1998). Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Lxasa sh. Aholisining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tibet-muxtor-rayoni-tibet\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130830","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130830","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130830"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130830\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130837,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130830\/revisions\/130837"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130830"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130830"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130830"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}