{"id":130861,"date":"2024-06-09T19:29:55","date_gmt":"2024-06-09T16:29:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130861"},"modified":"2024-06-09T19:29:59","modified_gmt":"2024-06-09T16:29:59","slug":"topologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/topologiya\/","title":{"rendered":"Topologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Topologiya (lot. topos \u2014 joy, o&#8217;rin va &#8230;logiya) \u2014 mat.ning istalgan tabiatli ob&#8217;ektlar shakli bilan bog&#8217;liq eng umumiy xossalarni o&#8217;rganuvchi sohasi hamda shu sohaning eng muhim tushunchalaridan biri. Geometriyaning bir necha ming yillik tarixiy rivojlanishi davomida ko&#8217;plab tayin chiziklar va sirtlar xossalari o&#8217;rganib kelingan bo&#8217;lsa, 19-a.ning so&#8217;nggi choragida, bir tomondan, B. Riman, S. Li kabi matematiklar chiziq va sirt tushunchalarini umumlashtirish natijasida ancha keng geometrik obraz \u2014 Qurama (ko&#8217;pxillik ham deyiladi) tushunchasini kiritdilar; ikkinchi tomondan, funktsiyalarning turli sinflarini o&#8217;rganish natijasida frantsuz matematiklari A. Lebeg (1875\u2014 1941), E. Borel (18711956) va b. ishlarida analisis situs (o&#8217;rinjoy tahlili) deb nomlangan yo&#8217;nalish shakllana boshladi. Xuddi shu davrda italiyalik matematik E. Betti (1823-98) ko&#8217;pyokdilar haqidagi Eyler teoremasini umumlashtirib, ko&#8217;p o&#8217;lchovli ko&#8217;pyoqsimon (hoz. atamaga ko&#8217;ra, chiziqli bo&#8217;lakli) quramalarning murakkablik darajasini belgilovchi ko&#8217;rsatkich \u2014 Betti sonlarini kiritdi. Bir oz keyin J. A. Puankare yana ham umumiyroq gomologik va fundamental gruppa tushunchalarini qo&#8217;llash natijasida T. mat.ning keyingi taraqqiyotida muhim rol o&#8217;ynashini bashorat qildi. 20-a. boshlarida nemis matematigi F. Xausdorf (1868-1942) topologik fazo tushunchasiga ta&#8217;rif berdi. Shundan so&#8217;ng T.ning jadal sur&#8217;atlar bilan rivojlanish davri boshlandi. 20-a. ning o&#8217;rtalariga kelib T. algebra bilan bir qatorda butun mat.ning poydevorini tashkil qilishi, mat. sohalari u yoki bu darajadagi nisbatda olingan algebra bilan T. tushuncha va g&#8217;oyalarining sintezidan iborat bo&#8217;lishi e&#8217;tirof etildi. Agar istalgan tabiatli X to&#8217;plam o&#8217;z holicha qaralsa, uning elementlari orasida hech bir munosabat bo&#8217;lmaydi. Agar X to&#8217;plam metrik fazo bo&#8217;lsa, u g&#8217;olda nuqtalar orasida masofani o&#8217;lchash va shu bilan bog&#8217;liq tushunchalarni o&#8217;rganish imkoniyati tug&#8217;iladi. Bunga nisbatan g&#8217;oyat keng tushuncha \u2014 nuqtaning qismto&#8217;plamga yaqinligi yoki nuqtaning atrofi tushunchasidir. Mas., matematik analizning asosiy goyasi \u2014 funktsiyalarning lokal (ya&#8217;ni nuqtaning atrofidagi tabiati bilangina belgilanadigan) xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni o&#8217;rganishdan iborat. Bunda a nuqtaning (a\u2014e,YaQE) ko&#8217;rinishdagi intervallar majmuasi asosiy rol o&#8217;ynaydi. Agar X to&#8217;plamning har bir nuqtasi uchun quyidagi aksiomalarni kanoatlantiradigan atroflari majmuasi ko&#8217;rsatilgan bo&#8217;lsa, X topologik fazo bo&#8217;ladi; 1) har bir nukta o&#8217;zining ixtiyoriy atrofiga tegishli; 2) agar U nuktaning atrofi hamda UcW bo&#8217;lsa, u holda W ham shu nuqganing atrofi. Shunday qilib, topologik fazo \u2014 biror yo&#8217;sinda T. bilan ta&#8217;minlangan to&#8217;plamdir. Bunda ana shu majmualar tizimi X fazoning T.si deyiladi. Mas., X to&#8217;plam [a, \u042c] kesmada aniklangan uzluksiz funktsiyalardan tashkil topgan bo&#8217;lsa, f(x) funktsiyaning atrofi qanday funktsiyalardan tuzilishiga qarab xossalari bir-biridan farq qiladigan topologic fazolar hosil bo&#8217;ladi. Odatda, bir to&#8217;plam bir necha usulda topologik fazoga aylantirilishi mumkin. Bunda ularning topologiyalari nuqtalar atroflari majmualari boyligiga qarab o&#8217;zaro taqqoslanadi \u2014 bir T. ikkinchisiga nisbatan kuchliroq (boyroq), ikkinchisi esa kuchsizroqdeb ataladi. Mas., barcha x nuqta uchun bittagina atrof X ning o&#8217;zidan iborat bo&#8217;lsa, eng kucheiz T., aksincha x ni o&#8217;z ichiga oladigan istalgan to&#8217;plam uning atrofi deb e&#8217;lon qilinsa, eng kuchli (diskret) T. hosil bo&#8217;ladi. Shuningdek, T. atroflar o&#8217;rniga ochiq to&#8217;plamlar, yopiq to&#8217;plamlar, chegara, yopilma, to&#8217;plamning ochiq yadrosi, atroflar bazasi kabi xilmaxil usulda aniqlanishi mumkin \u2014 ularning bari o&#8217;zaro tengkuchlidir. Istalgan to&#8217;plamda turli usulda xilmaxil T. kiritish mumkinligi T. mat.ning universal sohasi ekanligidan dalolat beradi. T. ning eng muhim tushunchalaridan biri \u2014 bir topologik fazoning ikkinchi topologik fazoga uzluksizdir. Bunda G&#8217;ning x0 nuqtadagi uzluksizligi shunday ta&#8217;riflanadi: J[x0) ning ixtiyoriy V atrofi uchun xD nuqta f(U)cV shartni qanoatlantiruvchi U atrofga ega. T. tatbiqlarida bunga nisbatan teskari yondashuv ham ko&#8217;p qo&#8217;llanadi: agar f:X>Y akslantirish berilgan bo&#8217;lib, X (yoki Y) topologik fazo bo&#8217;lsa, u holda uda (Moe ravishdan X da) G&#8217;akslantirish uzluksiz bo&#8217;ladigan eng kuchsiz (Moe ravishda eng kuchli) T. kiritish mumkin. Bu usulni umumlashtirish yo&#8217;li bilan topologic fazolar va uzluksiz akslantirishlar ustida qismfazo, Dekart ko&#8217;paytmasi, topologik fazolarni elimlash kabi muhim amallar anikdanadi. Shunday qilib T. \u2014 topologik fazolar, ularning uzluksiz akslanmalari hamda ular bilan boshqa matematik ob&#8217;ektlar orasidagi munosabatlarni o&#8217;rganuvchi fandir. Agar A&#8217;va K topologic fazolar o&#8217;rtasida o&#8217;zi ham, teskarisi ham uzluksiz bo&#8217;lgan o&#8217;zaro bir qiymatli akslantirish o&#8217;rnatish mumkin bo&#8217;lsa, X va Y gomeomorf fazolar deyiladi. Bunday fazolar T. nuqtai nazaridan bir-biridan farq qilmaydi \u2014 biriga oid xossalar ikkinchisida ham o&#8217;rinli bo&#8217;ladi. Shuning uchun mana shunday, ya&#8217;ni gomeomorf akslantirishda o&#8217;zgarmaydigan xossalar topologik invariantlar deyiladi. Topologik fazoning kompaktligi, o&#8217;lchami, tutash (bog&#8217;lamli) komponentalar soni, bir nuqtaga yig&#8217;ishtirilishi, sirtlarning bir yoki ikki tomonliligi, uch o&#8217;lchovli fazodagi chizikdarning tugilgan yoki tugilmaganligi topologik invariant namunalaridir. T.da invariantlar vositasida murakkab muammolar hal etiladi. Topologik fazolar, ularning akslantirishlari va invariantlarining xilmaxilligi tufayli 20-a.ning 2 yarmidan T. tarmoqlanib rivojlana boshlagan. Umumiy (nazariy abstrakt) T.da topologik fazolar qo&#8217;shimcha aksiomalar bilan o&#8217;rganiladi. Kombinatorik (chiziklibo&#8217;lakli) T. triangulyasiyalanadigan fazolarni tekshiradi. Algebraik T. da topologik masalalarni algebra masalasiga keltirishga asoslangan usullar rivojlantiriladi. Differentsi &#8211; al T.da differentsial geometriya va T. chegarasidagi masalalar, maxsusliklar nazariyasida silliq akslantirishlarning xususiyatlari, Knazariyada T.ning differentsial operatorlarga tatbiqi o&#8217;rganiladi. T., shuningdek, nazariy va kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi kabi sohalarda muhim tatbiklarga ega. Ad.: Pontryagin L. S, Osnovo&#8217;kombinatornoy topologii, M., 1976; Aleksandrov P. S, Vvedenie v topologiyu, M., 1980. Abdulla A&#8217;zamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Topologiya (lot. topos \u2014 joy, o&#8217;rin va &#8230;logiya) \u2014 mat.ning istalgan tabiatli ob&#8217;ektlar shakli bilan bog&#8217;liq eng umumiy xossalarni o&#8217;rganuvchi sohasi hamda shu sohaning eng muhim tushunchalaridan biri. Geometriyaning bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/topologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130861","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130861","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130861"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130861\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130865,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130861\/revisions\/130865"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130861"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130861"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130861"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}