{"id":130867,"date":"2024-06-09T19:31:13","date_gmt":"2024-06-09T16:31:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130867"},"modified":"2024-06-09T19:31:16","modified_gmt":"2024-06-09T16:31:16","slug":"toshkent-zilzilasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshkent-zilzilasi\/","title":{"rendered":"Toshkent zilzilasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Toshkent zilzilasi &#8211; Toshkent sh. seysmik jihatdan faol zona (8-9 balli seysmik rN)da joylashgan.. 1866-68 y.lar va 1966 y.dagi zilzilalar kuchli zilzilalar sirasiga kiradi. 1866 y. 26 apr.dan 27 apr.ga o&#8217;tar kechasi sodir bo&#8217;lgan zilzila oqibatida mozor va jome masjidlarining gumbazlari, jumladan, Xoja Ahror jome masjidi gumbazi, aholi yashaydigan imoratlar qulab, ko&#8217;plab qurbonlar bo&#8217;lgan. Bu haqda 19-a.da yashagan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih &#8220;tarixi jadidai Toshkand&#8221; asarida hikoya qilgan. Undan tashqari, Toshkentda 1868 y.ning 4 fevral va 4 aprel, 1886 y.ning 29 noyabr, 1924 y.ning 7 iyun, 1946 y.ning 3 noyabr kunlarida 7 va 8 balli zilzilalar bo&#8217;lgan. Bu zilzila o&#8217;choklari Toshkentdan tashqarida joylashgan bo&#8217;lib, kuchi 8-9 ballga etgan. 1966 y. 26 apr. soat 5 dan 22 min. o&#8217;tganda Toshkentda kuchli zilzila sodir buldi. Zilzila o&#8217;chog&#8217;ining chuq. 8-10 km bo&#8217;lib, energiyasi 10y joulga teng, episentrda (sobiq Qashqar mahallasi va Labzak o&#8217;rnida) vertikal zarblar kuchli bulib, silkinish 8 ball, Rixter shkalasi bo&#8217;yicha magnitudasi 5,3, maksimal vayronalik maydoni \u2014 10 km2 ga etdi. Bu maydon shim.g&#8217;arbdan Jan.sharqqa cho&#8217;zilgan. Zilzilaga sabab bo&#8217;lgan Qorjontov tektonik darzligi shu yo&#8217;nalishda 8\u2014 10 km chuqurlikni qamraydi. Bu zilzilani er yuzidagi 100 dan ortiq seysmik styalar qayd qiddi. Birinchi kuchli zarbadan so&#8217;ng silkinishlar soni 500 dan ortgan, ulardan bir nechtasining kuchi 7 ballga yaqinlashgan. Ayniqsa, 1966 y.ning 7, 9, 24 may, 4 iyun, 29 iyul kunlari sodir bo&#8217;lgan tebranishlar uyjoylarni vayron qilgan. Asosiy tebranish 1966-68 y.lar mobaynida yuz berib turgan bir kancha aftershoklar bi &#8211; lan davom etdi. Zilzilaning kaytalab turishi 2000 dan ortiq bo&#8217;lganligini Markaziy seysmik stya qayd qilgan. Toshkent sh. geologik jihatdan Tyanshan tog&#8217;tizmasi g&#8217;arbidagi Toshkent \u2014 Mirzacho&#8217;l tog&#8217; oldi cho&#8217;kmasiga joylashgan. T.z. tektonik xarakterga ega. Zilzila o&#8217;chog&#8217;i paleozoy, mezozoykaynozoy tog&#8217;jinslari yondashgan zonada joylashgan. 1957 y.dan boshlab, Toshkent mineral issiq suvlari (1300\u2014 1400 m chuqurlikda) tarkibidagi radon gazi mikdori orta bordi. 1965 y.ning o&#8217;rtalarida 2 barobar ko&#8217;paydi va T.z.gacha shu miqdor saklandi. Zilzila ro&#8217;y bergach, radon mikdori dastlabki holatga qaytdi. Demak, 1965 y. o&#8217;rtalarida chuqurlikdagi tog&#8217;jinslarining zichlashish jarayoni to&#8217;xtab, deformasiya boshlangan. Bunda zilzila o&#8217;chog&#8217;idagi tog&#8217;jinslarining hajmi o&#8217;zgargan, so&#8217;ngra jinslar massasining uzilishiga olib kelgan. Radon zilzila darakchisi ekanligi isbotlandi. Zilzila natijasida 2 mln. m2 dan ortiq turar joy, 236 ma&#8217;muriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish joylari, 26 kommunal xo&#8217;jalik korxonasi, qariyb 180 o&#8217;quv yurti, shu jumladan, 8 ming o&#8217;rinli maktab, 36 madaniy maishiy muassasa, 185 tibbiy va 245 sanoat korxonasi binolari zarar ko&#8217;rdi. 78 ming oila, 300 ming kishi boshpanasiz qoldi, 8 kishi halok bo&#8217;lib, 150 ga yaqin kishi jarohatlangan. Zilziladan zarar ko&#8217;rgan Toshkentga qo&#8217;shni respublikalardan g&#8217;amxo&#8217;rlik ko&#8217;rsatdilar. Boshpanasiz qolganlarni joylashtirish, sanoat va savdo korxonalari ishini qayta tashkil etish va b. tadbirlar belgilandi. Zilzila oqibatida vayron bo&#8217;lgan uyjoylar o&#8217;rnida zilzilabardosh yangi binolar qad ko&#8217;tardi. Qisqa vaqt ichida shahar qiyofasi o&#8217;zgardi. Toshkent go&#8217;zal, zamonaviy shaharga aylandi. Toshkent zilzilasini sinchiklab o&#8217;rganish natijasida bu joylarda bir qancha seysmogen zonalar aniklangan va ularning xaritasi tuzilgan. Keyingi paytlarda shu zonalarda bir qancha kuchli zilzilalar sodir bo&#8217;lgan. 1977 y. Yangiyo&#8217;l yaqinida, 1977 y. Tovoqsoyda, 1980 y. Nazarbekdagi zilzilalar shular jumlasidandir. T.z. O&#8217;rta Osiyoda seysmologiya fanining rivojlanishiga sabab bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekiston, Qozog&#8217;iston va Qirg&#8217;izistonda seysmologiya ilmiy tadqiqot intlari ochildi. O&#8217;zbekiston FA qoshidagi Seysmologiya instituto&#8217;xodimlari zilzilani oldindan aytib berish, uning sabab va oqibatlarini o&#8217;rganish bo&#8217;yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Ad.: Tashkentskoe Zemletryasenie 26 aprelya 1966g. T., 1971;Ibragimov R. N ., Seysmogennie zoni Srednego TyanShanya, T., 1978. Rashod Ibrohimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshkent zilzilasi &#8211; Toshkent sh. seysmik jihatdan faol zona (8-9 balli seysmik rN)da joylashgan.. 1866-68 y.lar va 1966 y.dagi zilzilalar kuchli zilzilalar sirasiga kiradi. 1866 y. 26 apr.dan 27 apr.ga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshkent-zilzilasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130867","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130867","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130867"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130867\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130873,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130867\/revisions\/130873"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130867"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130867"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130867"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}