{"id":130871,"date":"2024-06-09T19:32:53","date_gmt":"2024-06-09T16:32:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130871"},"modified":"2024-06-09T19:32:57","modified_gmt":"2024-06-09T16:32:57","slug":"toshhovuz-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshhovuz-viloyati\/","title":{"rendered":"Toshhovuz viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Toshhovuz viloyati &#8211; Turkmaniston tarkibidagi viloyat. 1970 y. 14dek. da qayta tashkil etilgan (avval 1939 y. 21 noyab.dan 1963 y. Yuyanv.gacha mavjud bo&#8217;lgan). Mayd. 73,6 ming km2. Aholisi 1165 ming kishi (2001), asosan, turkman va o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 33%, qishloq aholisi \u2014 67%. Aholisining ko&#8217;p kismi Amudaryo vodiysida, t.y. atroflarida. Cho&#8217;lda, aksari, chorvadorlar mavsumiy hayot kechiradi. T.v.da 6 ma&#8217;muriy tuman, 2 shahar, 7 shaharcha bor. Markazi \u2014Toshhovuz sh. T. v. respublikaning shim. qismida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida, Qoraqum cho&#8217;lida joylashgan. Er yuzasi, tekislik. Viloyatning shim. qismini Amudaryoning qad. o&#8217;zanlari (Ko&#8217;hnadaryo, Bujunudavdon), qad. deltasi, Sariqamish soyligi (Sariqamish ko&#8217;li bilan birga) va Ustyurt platosining Jan.Sharqiy chekkasi egallagan. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq va quruq, qishi kam qor va nisbatan iliq. Toshhovuzda iyulning o&#8217;rtacha trasi 27\u00b0, yanv.niki -5,5\u00b0. Yillik yog&#8217;in 100-150 mm (asosan, qishda va bahorda yog&#8217;adi). Vegetasiya davri (Toshhovuz atroflarida) 200 kun. Viloyat hududining ko&#8217;pgina maydoni qumliklar bilan band. Bo&#8217;z tuproq; qad. allyuvial tekisliklarda taqirlar, pastliklarda sho&#8217;rxoklar, Amudaryo qayirida har xil o&#8217;tloq tuproqlar tarqalgan. Qumliklarda oq saksovul, cherkez, quyonsuyak, bardidoshlar, shuvoq, sho&#8217;ra, har xil efemerlar o&#8217;sadi. Amudaryo qayirida o&#8217;tloq o&#8217;simliklari, to&#8217;qay (turang&#8217;il, shumtol va b.) bor. Amudaryo va ko&#8217;l sohillarida chiy va qamish o&#8217;sadi. Cho&#8217;lda qarsoq tulki, bo&#8217;ri, jayran, tovushqon, sudraluvchilar (toshbaqa, kaltakesak, ilon), qushlar uchraydi. Amudaryodan sazan, laqqabaliq, sudak ovlanadi. T. v. Turkmanistonning asosiy paxta etishtirish va chorvachilik viloyatlaridan biridir. Iqtisodiyotida engil va oziq-ovqat sanoati etakchi o&#8217;rinda. Asosiy sanoat tarmoqdari: paxta tozalash, yog&#8217;moy, go&#8217;sht va sut, metallsozlik (asosan, ta&#8217;mirlash korxonalari), qurilish materiallari korxonalari. Yirik korxonalari Toshhovuzda joylashgan. Taxta, Ilolli, ko&#8217;hna Urganch va b. tuman markazlarida paxta tozalash zdlari, ko&#8217;hna Urganch sut zdi ishlab turibdi. Viloyat elektr energiyani Taxiatosh issiklik elektr styasi (O&#8217;zbekiston)dan oladi. Obikor erlarda dehqonchilik qilinadi. Amudaryo suvlari ekinzorlarga yirik sug&#8217;orish sistemalari: Toshsoqa, Qilichniyozboy, Jumaboysoqa, Qipchoqbo&#8217;zsuv shuningdek, eski Shovot va G&#8217;ozovot magistral kanallaridan boradi. Taxiatosh gidrouzeli qurilishi munosabati bilan irrigasiya kanallarida suv muntazam oka boshladi. Zaxob erlarni quritish uchun qurilgan kollektorlar yordamida sho&#8217;r suvlar (Amudaryoning qad. o&#8217;zani atroflaridan) Sariqamish soyligiga tashlanadi. Ekin maydonlariga paxta, ko&#8217;p yillik o&#8217;tlar, g&#8217;alla (sholi, arpa, jo&#8217;xori), kunjut, sabzavotpoliz ekinlari, kartoshka ekiladi. Bog&#8217;dorchilik (o&#8217;rik, olma, shaftoli, behi, nok) rivojlangan, tokzorlar bor. Chorvachilik gushtjun va qorakul teri etishtirishga ixtisoslashgan. Vohalarda qoramol va yilqi, qo&#8217;y (asosan, Qorako&#8217;l qo&#8217;ylar), echki va cho&#8217;llarda tuya boqiladi. Obikor erlarda pillachilik rivojlangan. T.y. uzunligi 72 km, avtomobil yo&#8217;llari 1000 km dan ziyod. Aeroport bor. T.v.da musiqali drama teatri, Ko&#8217;hna Urganch tarixiyme&#8217;moriy muzey qo&#8217;riqxonasi, umumiy ta&#8217;lim maktablari, o&#8217;rta maxsus bilim yurtlari, klub muassasalari, kutubxonalar mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshhovuz viloyati &#8211; Turkmaniston tarkibidagi viloyat. 1970 y. 14dek. da qayta tashkil etilgan (avval 1939 y. 21 noyab.dan 1963 y. Yuyanv.gacha mavjud bo&#8217;lgan). Mayd. 73,6 ming km2. Aholisi 1165 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshhovuz-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130871","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130871","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130871"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130871\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130881,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130871\/revisions\/130881"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130871"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130871"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130871"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}