{"id":130913,"date":"2024-06-09T19:40:38","date_gmt":"2024-06-09T16:40:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130913"},"modified":"2024-06-09T19:40:41","modified_gmt":"2024-06-09T16:40:41","slug":"tomaris","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tomaris\/","title":{"rendered":"To&#8217;maris"},"content":{"rendered":"\n<p>To&#8217;maris (mil. AV. 6-a.) \u2014 Turon xalqlarining Axomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan Jasur sarkarda. Qad. yunon tarixchisi Gerodoshnpng &#8220;Tarix&#8221; (mil. AV. 5-a.) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi kir II mil. AV. 530 y.da Turonga bostirib kirganida, T. massagetlar qabilasining malikasi bo&#8217;lgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo&#8217;ylari va Qizilqumda yashashgan. T. massagetlar podshosining xotini bo&#8217;lib, u erining vafotidan so&#8217;ng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qo&#8217;shini bn massagetlar o&#8217;rtasida shiddatli janglar bo&#8217;lgan. Dastlabki jangda T.ning o&#8217;g&#8217;li Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar g&#8217;olib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yo&#8217;li bn Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis o&#8217;zini o&#8217;ldirgan. T. o&#8217;g&#8217;lining halokatidan esankirab qolmay, o&#8217;z xalqining manfaatini o&#8217;ylab, kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini so&#8217;raydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki o&#8217;rtada ayovsiz jang bo&#8217;lgan. Gerodot massagetlar va forslar o&#8217;rtasidagi jang tafeilotlarini o&#8217;z asarida quyidagicha tasvirlaydi: &#8220;mening bilishimcha, bu jang varvarlar o&#8217;rtasidagi barcha janglardan ham dahshatli bo&#8217;lgan. Avval har ikkala qo&#8217;shin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan o&#8217;qqa tutdilar. Kamon o&#8217;klari tugagach, ular nayza va qilich bn kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Ko&#8217;p qon to&#8217;kildi. Nihoyat, massagetlar g&#8217;alaba qozondilar. Fors qo&#8217;shinlarining asosiy qismi, jumladan, kir II ham jang maydonida halok bo&#8217;lgan. U to&#8217;liq 29 y. shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, Malika (T.)ning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn to&#8217;lg&#8217;azilgan meshga solingan&#8221;. T. ning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati to&#8217;g&#8217;risida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar to&#8217;qildi. Ergash Jumanbulbul o&#8217;g&#8217;lidan Hodi Zarifov yozib olgan &#8220;Oysuluv&#8221; dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida T. faoliyati o&#8217;zining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim &#8220;To&#8217;maris&#8221; qissasida uning jasoratini ulug&#8217;laydi. Ibrohim Yusupov &#8220;To&#8217;maris&#8221; (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulug&#8217;bek Musaev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. O&#8217;zbekistonda ayollar o&#8217;rtasida &#8220;To&#8217;maris o&#8217;yinlari&#8221; festivali o&#8217;tkazilmoqda. Ad.: Gerodot, Istoriya (v devyati knigax), L., 1972; O&#8217;zbekiston tarixi \u2014 davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1qism, T., 2000.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>To&#8217;maris (mil. AV. 6-a.) \u2014 Turon xalqlarining Axomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan Jasur sarkarda. Qad. yunon tarixchisi Gerodoshnpng &#8220;Tarix&#8221; (mil. AV. 5-a.) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi kir II &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tomaris\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130913","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130913","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130913"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130913\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130921,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130913\/revisions\/130921"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130913"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130913"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130913"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}