{"id":130943,"date":"2024-06-09T19:52:43","date_gmt":"2024-06-09T16:52:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130943"},"modified":"2024-06-09T19:52:53","modified_gmt":"2024-06-09T16:52:53","slug":"tutuq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tutuq\/","title":{"rendered":"Tutuq"},"content":{"rendered":"\n<p>Tutuq \u2014 Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvon. Qad. turk bitiktoshlari, Xitoy, Sug&#8217;d manbalarida uchraydi. T. Turk xoqonligida harbiy ma&#8217;muriyat boshlig&#8217;i uchun qo&#8217;llanilgan bo&#8217;lib, xitoycha Dudu \u2014 voliy, viloyatning harbiy hokimi so&#8217;zidan olingan deb hisoblanadi. Lekin, ba&#8217;zi tadqiqotchilar, shu jumladan, o&#8217;zbek olimlari T. unvoni tutmok, fe&#8217;li asosida shakllangan unvon ekanligini ta&#8217;kidlashadi. Urxunenisey bitiktoshlarida O&#8217;ng T., Buqay T., El To&#8217;g&#8217;on T., Alp Urungu T., Cho&#8217;kul T., Kunch T., singari amaldorlar nomi aks etgan. Bitiktoshlarda qayd etilishicha, xoqonlik bo&#8217;ysundirilgan k,abilalarga T.lar tayinlagan. Turk xoqonligi davrida Fargona vodiysida T. unvonli sulola bo&#8217;lgan. Mug&#8217;kala hujjatlarida Sug&#8217;d hukmdori Devashtichning 719 y.da Turk xoqoniga, Shosh tuduni va Farg&#8217;ona qukmdoriga yordam so&#8217;rab yuborgan maktubini eltgan Fatufarn ismli elchi Devashtichga yozgan xati bo&#8217;lib, unda Fatufarn &#8220;xoqonga va Farg&#8217;ona xukmdoriga yozilgan nomani Fargona tutug&#8217;iga topshirdim&#8221;, deb qayd qiladi. Bu esa 7-8-a.larda Farg&#8217;onada ixshidlar boshqaruvi bilan birgalikda T.lik boshqaruvi ham mavjud bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. Shuningdek, 7-8-a.larga oid Quva tangalari orasida suhiy yozuvda &#8220;alpu xoqon tutuq&#8221; iborasi aks etgan tangalar uchraydi. Bundan Farg&#8217;ona T. larining Turk xoqonlari nomidan pul zarb qildirganliklari ayon bo&#8217;ladi. Uyg&#8217;ur xoqonligi davrida xoqonlardan biri Xitoyga T. unvonli noib tayinlaydi. Arab geograflari asarlarida 10-a.da Irtish bo&#8217;yida yashovchi kimak nomli turkiy qabila hukmdorining unvoni T. deb qayd etiladi. Ad.: Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992. G&#8217;aybulla Boboyorov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tutuq \u2014 Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvon. Qad. turk bitiktoshlari, Xitoy, Sug&#8217;d manbalarida uchraydi. T. Turk xoqonligida harbiy ma&#8217;muriyat boshlig&#8217;i uchun qo&#8217;llanilgan bo&#8217;lib, xitoycha Dudu \u2014 voliy, viloyatning harbiy hokimi so&#8217;zidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tutuq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130943","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130943","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130943"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130943\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130946,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130943\/revisions\/130946"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130943"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130943"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130943"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}