{"id":130986,"date":"2024-06-09T20:02:10","date_gmt":"2024-06-09T17:02:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130986"},"modified":"2024-06-09T20:02:14","modified_gmt":"2024-06-09T17:02:14","slug":"turdi-turdiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/turdi-turdiy\/","title":{"rendered":"Turdi, Turdiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Turdi, Turdiy (asl ismi va taxallusi; forstojik she&#8217;rlaridagi taxallusi esa Farog&#8217;iy) (17-a., Buxoro \u2014 taxm. 1699\/1700, Xo&#8217;jand) \u2014 shoir. Buxoro madrasalarida ta&#8217;lim olgan. Abdulazizxon davrida saroyning amaldorlaridan, yuz urug&#8217;ining ko&#8217;zga ko&#8217;ringan siyosiy arboblaridan bo&#8217;lgan. Subhonqulixon taxtga chiqqach, saroydan uzoqlashtirilgan. Ashtarxoniylarga qarshi 1685-86 y.larda ko&#8217;tarilgan xalq isyonida faol ishtirok etgan. Isyon bostirilgach, T. Jizzax, so&#8217;ng Xo&#8217;jandga borib, muhtojlik va uzluksiz ma&#8217;naviy tushkunlikda kun kechirgan. T. o&#8217;zbek va fors tillarini yaxshi bilgan. &#8220;Dar mazammati sipohigari&#8221; she&#8217;rida o&#8217;zining asosiy kasbkori sipohiylik (&#8220;harbiylik&#8221;) bo&#8217;lganini, shu kasbi bilan uzoq yillar nimalarnidir tama&#8217; qilib, shohlarga xizmat qilganini, lekin oxiroqibatda hech narsaga erisha olmaganini afsus bilan ma&#8217;lum qilgan. Lekin qarbiylik bilan bir qatorda T. o&#8217;z zamonasining o&#8217;qimishli, Sharq adabiyotidan mukammal xabardor, hayot, jamiyat haqida keng tushunchaga ega kishilaridan bo&#8217;lgan. Uning jamiyatda tutgan mavqei esa o&#8217;z atrofida yuz berayotgan voqeahodisalarga faol aralashishni taqozo etgan. T. ning adabiy merosi 18 she&#8217;rdan iborat bo&#8217;lib, ulardan 12 tasi g&#8217;azal, 5 tasi muxammas va bittasi fard janriga oid. 434 misra hajmidagi bu merosning 165 misrasi Subhonqulixon haqidagi mashhur hajviyani tashkil etgan (&#8220;Subhonqulixon to&#8217;g&#8217;risida hajviya&#8221;, 1691). T. ham o&#8217;z ijodini boshqa shoirlar kabi an&#8217;anaviy ishq mavzuidan boshlagan. Uning: Turkona xirom ayladi ul sho&#8217;xi diloro, Dil mulkini bir go&#8217;shai chashm ayladi yag&#8217;mo. matlai bilan boshlangan ishqiy g&#8217;azali lirikaning yaxshi namunalaridan hisoblanadi. T. ning lirik g&#8217;azallari boshqa shoirlarnikidan o&#8217;zining nihoyatda ixchamligi, ya&#8217;ni 3-4-5 baytdan iboratligi bilan ajralib turadi. Uning tasavvufiy she&#8217;rlari ham g&#8217;oyat go&#8217;zal va falsafiy teran mazmunga boy (&#8220;&#8230;Ibrat ila boq, ko&#8217;zung tufroqqa to&#8217;lmasdan burun&#8221;). T. g&#8217;azallarining aksariyati hali hech kim qalamga olmagan, o&#8217;tkir ijtimoiysiyosiy va falsafiyaxloqiy mavzularga bag&#8217;ishlangan. Ayniqsa, shoirning: Top ko&#8217;ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling, To&#8217;qson ikki bo&#8217;li o&#8217;zbek yurtidur, tenglik qiling&#8230; matlai bilan boshlanadigan g&#8217;azalida yurgni boshqarayotgan beklarga murojaat qilib, ularni keng fe&#8217;lli, o&#8217;zaro ittifoq bo&#8217;lishga, bir-birini urug&#8217;chilik belgilariga qarab kamsitmaslikka chaqirish uning o&#8217;z davridagi yuksak fikrli, vatanparvar va haqiqiy insonparvar kishi bo&#8217;lganligidan dalolat beradi. Subhonqulixon to&#8217;g&#8217;risidagi hajviy muxammasi T. ning shoh. asari xisoblanadi. Asarda Subhonqulixon davlat tepasiga kelgach, mamlakatda ahvol yomon tomonga o&#8217;zgarganligi, osoyishtalik o&#8217;rnini tartibsizlik, adlu karam o&#8217;rnini o&#8217;zaro nifoq egallagani o&#8217;z aksini topgan. Shohning aybi shundaki, u taxtga o&#8217;tirishi bilanoq tajribali, ishbilarmon mulozimlarni quvib, ularning o&#8217;rniga o&#8217;z atrofida davlatni boshqarish ishidan butunlay xabarsiz, fikrmulohazalari sayoz, axloqan tuban kishilarni yig&#8217;adi. T. bu asarida Subhonqulixon qiyofasida johil shoh timsolini yaratadi. Ushbu hajviy asari bilan T. o&#8217;zbek hajviyotini Alisher Navoiydan keyin yangi bir bosqichga ko&#8217;targan. T. ijodi hayotiy faktlarga, teran mulohazalarga boyligi va uslubining realistik xarakteri bilan o&#8217;zbek adabiyoti rivojiga samarali ta&#8217;sir qilgan. Maxmur, Gulxaniy kabi satirik shoirlar ijodining shakllanishida muhim bosqich bo&#8217;lgan. A. Majidiy tomonidan topilgan va 1924-25 y.larda nashr etilgan she&#8217;rlar qo&#8217;lyozmasi Abu Rayxrn Beruniy nomidagi O&#8217;zbekiston FA Sharqshunoslik inti fondida saklanadi (inv. \u2116 1407). As.:Tanlangana asarlar [2nashr],T., 1960; She&#8217;rlar, T., 1971; Izbr. proizvedeniya, T., 1951. Ad.: Yoqubov H., Turdi ijodiyoti, T., 1941;Abdullaev V., O&#8217;zbek adabiyoti tarixi [2kitob|, T., 1967; antologiya uzbekskoy poezii, M., 1950; Ma&#8217;naviyat yulduzlari, T., 2001. Abduqodir Hayitmetov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turdi, Turdiy (asl ismi va taxallusi; forstojik she&#8217;rlaridagi taxallusi esa Farog&#8217;iy) (17-a., Buxoro \u2014 taxm. 1699\/1700, Xo&#8217;jand) \u2014 shoir. Buxoro madrasalarida ta&#8217;lim olgan. Abdulazizxon davrida saroyning amaldorlaridan, yuz urug&#8217;ining ko&#8217;zga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/turdi-turdiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130986","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130986","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130986"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130986\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":130993,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130986\/revisions\/130993"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130986"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130986"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130986"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}