{"id":130991,"date":"2024-06-09T20:03:09","date_gmt":"2024-06-09T17:03:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=130991"},"modified":"2024-06-09T20:03:13","modified_gmt":"2024-06-09T17:03:13","slug":"tuproq-eroziyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tuproq-eroziyasi\/","title":{"rendered":"Tuproq eroziyasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Tuproq eroziyasi (lot. erasio emirilish, nurash) \u2014 tuproqning eng unumdor yuqori qatlamlari va tuproq osti jinslarining atmosfera yog&#8217;inlari hamda sug&#8217;orish suvlari, shamol va b. ta&#8217;sirida emirilish jarayoni. Yuz berish darajasiga ko&#8217;ra, tabiiy va jadallashgan (emiradigan) turlarga bo&#8217;linadi. Tabiiy T.e. nisbatan sekin kechib, tuproq tabiiy hosil bo&#8217;lish jarayonida qayta tiklanib turadi. Jadallashgan T.e. odamning xo&#8217;jalik faoliyati (madaniy o&#8217;simliklarni o&#8217;stirishda erdan noto&#8217;g&#8217;ri, uquvsiz foydalanish, eroziyaga qarshi tadbirchoralarga rioya qilmay erlarni o&#8217;zlashtirish, sugorish, chorva mollarni boqish, o&#8217;rmonzorlarni yo&#8217;q qilish, qurilish ishlarini olib borish va b.) natijasida yuz berib, tuproq unumdorligini sezilarli darajada pasaytirib yuboradi. T. e., asosan, relefi notekis \u2014 pastbaland, eroziya bazisi (ma&#8217;lum bir joyning m hisobida dengiz sathidan balandligi bilan suv kelib quyiladigan erning dengiz sathidan balandligi o&#8217;rtasidagi farq) katta bo&#8217;lgan erlarda boshlanadi. T.e. hosil bo&#8217;lish omillariga ko&#8217;ra, suv, shamol, sanoat, abraziya, yaylov, mexanik T.e. va turlarga bo&#8217;linadi. Suv eroziyasining boshlanishi va kuchayishi relefi tuzilishi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, odatda, er yuzasining nishabligi 1 \u2014 1,5\u00b0 dan oshganda yuz bera boshlaydi (sug&#8217;oriladigan erlarda sug&#8217;orish eroziyasi yuz beradi). Suv eroziyasi emirilish jarayonida tuproq zarrachalarining bo&#8217;laklarga bo&#8217;linish va qayta joylashish usuliga ko&#8217;ra, yuvilish eroziyasi, jilg&#8217;a va jarlanish eroziyasiga bo&#8217;linadi. Yuvilish eroziyasi tuproqqa singib ulgurmagan suvning oqimi ta&#8217;sirida vujudga kelib, tuproq qatlamining nisbatan bir tekisda yuvib ketishi bilan tavsiflanadi. Jilg&#8217;a eroziyasi jilg&#8217;a suvining oqimi ta&#8217;sirida uncha chuqur bo&#8217;lmagan o&#8217;ydimchuqurliklar hosil bo&#8217;lishi va bilan yuz beradi va buni odatdagi erga ishlov berish bilan bartaraf etish mumkin. Jarlanish eroziyasi suv eroziyasining bir turi bo&#8217;lib, suv oqimining tor o&#8217;zanda to&#8217;planib oqishi, tuproqning vertikal emirilishi va yuvilishi natijasida vujudga keladi. Suv ta&#8217;sirida erning yuzasida o&#8217;pqonlar paydo bo&#8217;ladi. Bir kdncha vaqtdan so&#8217;ng bu o&#8217;pqonlar emirilib jarliklar hosil bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonning sug&#8217;orma dehqonchilik zonasida suv eroziyasi namlik bilan etarli ta&#8217;minlangan (yillik yog&#8217;insochin miqdori 350-400 mm dan yuqori) va yarim ta&#8217;minlangan (yillik yoginsochin mikdori 200-300 mm) lalmikor erlarda hamda tipik va to&#8217;q tusli sur tuproqlarda, qisman tog&#8217;oldi va tog&#8217;etagi qiyaliklarida (mas., Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida; umumiy mayd. 969,4 ming ga) tarqalgan. Shamol eroziyasi (deflyasiya) 2 xil bo&#8217;ladi: tezligi uncha katta bo&#8217;lmagan shamolning tuproq mayda zarrachalarini uchirib ketishidan kelib chiquvchi oddiy va katta tezlikdagi shamol tufayli vujudga keluvchi to&#8217;zonli bo&#8217;ron. Shamol eroziyasi sug&#8217;oriladigan erlarga katta ziyon etkazadi (Markaziy Farg&#8217;ona, Buxoro vohasi, qarshi cho&#8217;li, Qoraqalpog&#8217;istonning g&#8217;arbiy zonalarida, um. mayd. 1,8 mln.ga). Shamol eroziyasiga, relefdan qat&#8217;i nazar, asosan bir yo&#8217;nalishda esadigan kuchli shamol, tuproqning engil mexanik tarkibi va sho&#8217;rlanganligi, sug&#8217;oriladigan er maydonlarning tabiiy sharoitga nomuvofiq yirikligi hamda o&#8217;rmon daraxtzorlari mintaqasining yo&#8217;kdigi yoki qoniqarsiz axvoldaligi sabab bo&#8217;ladi. T. e.ning, shuningdek, ishlab chiqarish. va odam faoliyati bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan quyidagi turlari ham uchraydi: sanoat eroziyasi \u2014 foydali qazilmalarni qazish (ayniqsa, ochiq usulda), uyjoy, ishlab chiqarish. binolari va yo&#8217;l qurish, gaz hamda neft quvurlarini o&#8217;tkazish natijasida sodir bo&#8217;ladi (q. Er rekultivasiyasi); abraziya \u2014 Daryo va boshqa suv qavzalari qirg&#8217;oqlarining emirilishi tufayli haydalma er, yaylov maydonlari qisqaradi va suv havzalarini loyqa bosadi. Yaylovlarda ortiqcha chorva boqish yaylov eroziyasiga sabab bo&#8217;ladi. Mexanik eroziya har bir zonaga xos tuproqning qayta tiklanish imkoniyati darajasini hisobga olmay turib, o&#8217;ta og&#8217;ir traktorlardan keng foydalanish natijasida yuz beradi. Mexanik eroziya ta&#8217;sirida tuprok, strukturasi buziladi, uning suvfizik xususiyatlari, shuningdek, tuproq hosil bo&#8217;lishining asosiy omillaridan bo&#8217;lgan biologik faollik yomonlashadi. Ad.: Muhamedov T., Tuproq eroziyasi dehqonchilik uchun ofat, T., 1973; Muxitdinov K., O&#8217;zbekistonda tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash choralari, T., 1976; Mirzajonov va b., Eroziyaga uchragantuproqparda yuqori hosil olish, T., 1980. Xodimat Maxsudov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tuproq eroziyasi (lot. erasio emirilish, nurash) \u2014 tuproqning eng unumdor yuqori qatlamlari va tuproq osti jinslarining atmosfera yog&#8217;inlari hamda sug&#8217;orish suvlari, shamol va b. ta&#8217;sirida emirilish jarayoni. Yuz berish darajasiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tuproq-eroziyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-130991","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130991","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130991"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130991\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131000,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130991\/revisions\/131000"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130991"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130991"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130991"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}