{"id":131016,"date":"2024-06-09T20:27:26","date_gmt":"2024-06-09T17:27:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131016"},"modified":"2024-06-09T20:27:30","modified_gmt":"2024-06-09T17:27:30","slug":"trixomonoz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/trixomonoz\/","title":{"rendered":"Trixomonoz"},"content":{"rendered":"\n<p>Trixomonoz \u2014 siydiktanosil a&#8217;zolarining yallig&#8217;lanish kasalligi; qin trixomonadalari qo&#8217;zg&#8217;atadi. Kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi sog&#8217;lom kishilarga jinsiy yo&#8217;l bilan o&#8217;tadi. Qin trixomonadalari tashqi muhitning turli omillariga nisbatan beqaror bo&#8217;lib, ular (mas., kuyosh nuri) ta&#8217;sirida tezda nobud bo&#8217;ladi. Qiz bolaga T. bemor onasi yoki boshqa ayol bilan bir o&#8217;rinda yotganida yuqishi mumkin. T. erkaklarda ham, ayollarda ham kuzatiladi; odatda, kasallik erkaklarda bilinarbilinmas kechadi. Qin trixomonadalari erkakning siydik chiqarish kanaliga kirib, uni yallig&#8217;lantiradi (trixomonad uretrit); ozgina shilliq chiqindi kelishi mumkin, lekin kasallik hech qanday alomatlarsiz o&#8217;tadi. Faqat bemorni sinchiklab tekshirganda trixomonadalar topiladi. Kasallikning aniq alomatlari bo&#8217;lmasligidan qat&#8217;i nazar, trixomonadalar topilgan kishilar, albatta, davolanishi shart. O&#8217;z vaqtida davo qilinmasa, moyak ortiklari yallig&#8217;lanishi (q. Epididimit), kasallik surunkali shaklga o&#8217;tishi va bepushtliksh sabab bo&#8217;lishi mumkin. T. bilan og&#8217;rigan ayollarda ko&#8217;pincha qin zararlanadi. Qindan qo&#8217;lansa hidli chiqindi ajraladi va tashqi jinsiy a&#8217;zolar qichishib, lovullab turadi. Turli noxush omillar oqibatida organizm chidamining pasayishi (mas., organizmning sovqotishi, shamollash kasalliklari, ayniqsa, tug&#8217;ruqdan va Abortdan keyingi kasalliklar), shuningdek, hayz ko&#8217;rish davri yallig&#8217;lanishning bachadon va b. a&#8217;zolarga tarqalib ketishiga sabab bo&#8217;ladi (q. Andeksit). Er yoki xotinda kasallik topilgan vaqtda ularning har ikkalasi ham davolanishi shart. T. bilan og&#8217;rigan bemorlar batamom sog&#8217;ayguncha davolanishlari zarur, aks holda kasallik yillab cho&#8217;zilishi, vaqtvaqti bilan qo&#8217;zib turishi mumkin. T. ni davolash davrida shaxsiy gigiena qoidalariga qat&#8217;iy amal qilish; jinsiy aloqadan o&#8217;zni tiyish kerak. Davo tugagach, 2-3 oygacha vrach nazoratida bo&#8217;lish lozim. T.ning oldini olishda shaxsiy va jinsiy gigiena qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Trixomonoz \u2014 siydiktanosil a&#8217;zolarining yallig&#8217;lanish kasalligi; qin trixomonadalari qo&#8217;zg&#8217;atadi. Kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi sog&#8217;lom kishilarga jinsiy yo&#8217;l bilan o&#8217;tadi. Qin trixomonadalari tashqi muhitning turli omillariga nisbatan beqaror bo&#8217;lib, ular (mas., kuyosh nuri) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/trixomonoz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131016","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131016","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131016"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131016\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131025,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131016\/revisions\/131025"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131016"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131016"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131016"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}