{"id":131022,"date":"2024-06-09T20:26:35","date_gmt":"2024-06-09T17:26:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131022"},"modified":"2024-06-09T20:26:40","modified_gmt":"2024-06-09T17:26:40","slug":"trixogramma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/trixogramma\/","title":{"rendered":"Trixogramma"},"content":{"rendered":"\n<p>Trixogramma (Trichogramma) \u2014 pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar urug&#8217;i; ekinlar va o&#8217;rmonzorlarga zarar keltiruvchi xavfli zararkunanda hasharotlar tuxumlari kushandasi. Butun dunyo faunasida T. lar avlodiga kiruvchi 143 tur mavjud. O&#8217;zbekistonda esa T.larning 15 turi topilgan, 6 tasining bioekologiyasi chukur o&#8217;rganilgan. Q.x.da ekinlar zararkunandasi bo&#8217;lgan tunlam kapalaklarning tuxumlarini yo&#8217;qotishda asosiy biologik vosita sifatida ishlatiladi. Tanasining uz. 0,3\u20140,9 mm. T.ning qisqa qanotli va qanotsiz turlari mavjud. Mo&#8217;ylovi 5-9 bo&#8217;g&#8217;imli, qanotlari keng hoshiyali, oldingi qanotlari qisqa shokilali. Orqa juft kdnotlari ingichka. Urg&#8217;ochisining mo&#8217;ylovi qisqa, bir halqali, xivchini ikki bo&#8217;g&#8217;imli. Erkaklari ko&#8217;pincha qanotsiz yoki qanoti soddalashgan. T. polifag bo&#8217;lib, 200 ga yaqin turdagi hasharot tuxumini zararlaydi. Asosiy va bosh xo&#8217;jayinga ega. Faqat lichinkasi tekinxo&#8217;rlik (parazitlik) qiladi. Etuk hasharotlar gul shirasi va shudring bilan oziklanadi. Urg&#8217;ochi T. xo&#8217;jayin organizmning yangi qo&#8217;yilgan tuxumi ichiga o&#8217;z tuxumini qo&#8217;yadi. Tuxumdan chiqqan T. lichinkasi xo&#8217;jayin tuxumi ichidagi moddalar bilan oziqlanib rivojlanadi. Oziqlanib bo&#8217;lgan T. lichinkasi shu erda g&#8217;umbakka aylanadi. G&#8217;umbakdan shakllangan etuk individ tuxum po&#8217;stini teshib tashqariga chiqadi; endigina uchib chiqqan jinsiy etuk urgochi hasharot darhol erkak T. bilan juftlashib, tuxum qo&#8217;ya boshlaydi. T. ning rivojlanish davri havo harorati 25-30\u00b0 va namligi 30-70% bo&#8217;lganida 7-35 kun davom etadi. Etuk hasharotlar 3-18 kun yashaydi. Shu davr mobaynida bir urg&#8217;ochi hasharot 25-92 dona tuxum qo&#8217;yishi mumkin. Tabiatda T. turlari O&#8217;zbekistonning barcha madaniy dehqonchilik zonalarida va, shuningdek, tog&#8217;lardagi yovvoyi o&#8217;simliklarda, cho&#8217;l, chala cho&#8217;llarda ham uchraydi. Tabiiy sharoitda 14-15 avlod beradi. T.dan hasharotlarga (tunlamlar, parvonalar, odimchilar va b.) qarshi kurashda foydalaniladi. Maxsus biolaboratoriyalarda ko&#8217;proq pintoi Voegele turi tunlam tuxumlarini yo&#8217;qotish uchun ko&#8217;paytiriladi (q. Biofabrika). Dalalardagi kemiruvchi tunlamlarga qarshi uch marta har gektariga 200 ming donadan etuk T. tarqatish tavsiya etiladi. Mas., g&#8217;o&#8217;za tunlamining har bir avlodiga karshi gektariga 60Q80Q60 ming dona etuk T. hisobida (tuxum qo&#8217;yish boshlanishida va 4-5 kun oralatib yana 2 marta) tarkatish yaxshi samara beradi. T. ni zararkunanda hasharotning tuxum qo&#8217;yishi boshlangan davrda ertalab yoki kechki salqin paytda tarqatish maqsadga muvofiq; bir tekisda tarqalishi uchun bir gektar maydonning 100 ta nuqtasiga, ya&#8217;ni har 10 m da qo&#8217;yiladi. Tursunoy Otamirzaeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Trixogramma (Trichogramma) \u2014 pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar urug&#8217;i; ekinlar va o&#8217;rmonzorlarga zarar keltiruvchi xavfli zararkunanda hasharotlar tuxumlari kushandasi. Butun dunyo faunasida T. lar avlodiga kiruvchi 143 tur mavjud. O&#8217;zbekistonda esa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/trixogramma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131022","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131022","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131022"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131022\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131023,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131022\/revisions\/131023"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131022"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131022"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131022"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}