{"id":131073,"date":"2024-06-10T17:19:49","date_gmt":"2024-06-10T14:19:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131073"},"modified":"2024-06-10T17:19:52","modified_gmt":"2024-06-10T14:19:52","slug":"gulxaniy-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gulxaniy-2\/","title":{"rendered":"Gulxaniy"},"content":{"rendered":"\n<p>Gulxaniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Sharif) (taxm. 18-a.ning oxiri \u2014 Qo&#8217;qon \u2014 19-a.ning 20-y.lari) \u2014 o&#8217;zbek mumtoz shoiri, masalnavis. Hayoti va ijodi haqida &#8220;Majmuai sho- Iron&#8221; (Fazliy Namangoniy), &#8220;Tuhfat ul-axbob&#8221; (Qori Rahmatulloh Vozeh), &#8220;Sabot ul-Bashar va tarixi muhojiron&#8221; (Dilshod otin) kabi asarlarda ayrim ma&#8217;lumotlar keltirilgan. Fazliy G.ning &#8220;Ko&#8217;histon mulkidan&#8221; ekanligini ta&#8217; &#8211; kidlasa, Vozeh uni namanganlik, deydi. G. Namangan va Qo&#8217;qonda yashagan, oz vaqt hammomda o&#8217;t yoquvchi \u2014 go&#8217;lax vazifasi- da ishlagan (taxallusi shundan). Qo&#8217;qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda bo&#8217;lgan (1801 \u2014 10). Mustaqil mutolaa yo&#8217;li b-n mumtoz adabiyotni o&#8217;rgangan. Olimxon vafotidan (1811) so&#8217;ng taxtga o&#8217;tirgan Amir Umarxon (ami- riy) g.ni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning g&#8217;azallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan so&#8217;ng vataniga qaytib, ko&#8217;proq oddiy insonlarga manzur bo&#8217;luvchi she&#8217;- rlar yoza boshladi. O&#8217;tli hajvlar yaratdi. G. o&#8217;zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Bizgacha bir necha g&#8217;azali, hajviyalari hamda &#8220;Zarbulmasal&#8221; (&#8220;Yapaloqqush&#8221; hikoyasi) nasriy asari etib kelgan. G&#8217;azallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari, bahor, Real hayotiy manza- ralar o&#8217;z ifodasini topgan (&#8220;barmog&#8217;im&#8221;, &#8220;Ey to&#8217;ti&#8221;, &#8220;Lola ko&#8217;ksidek bag&#8217;rim&#8230;&#8221;). &#8220;Bideh&#8221; (bergil, ber menga) radifli g&#8217;azalida shoir navkarlik davridagi hayotini tasvirlagan. Bu g&#8217;azalga chuqurroq nazar tashlansa, muallif katta ijtimoiy masala \u2014 o&#8217;z davrining harbiy tartibi, rasm-rusumlari haqida fikr yuritgan- ligini kuzatish mumkin. G&#8217;azalida lirik qahramonning obrazi umumlashma obraz darajasiga ko&#8217;tarilgan. G. o&#8217;zining zo&#8217;r is- te&#8217;dodi, tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xalqchil ijod- kor sifatida ko&#8217;ringan. Shoirning bizga ma&#8217;lum g&#8217;azallarining ayrimlari ami- riy she&#8217;rlariga Nazira tarzida yaratil- gan bo&#8217;lib, ular oddiy taqlidchilik do- irasida qolmay, barkamol mustaqil ba- diiy asar darajasiga ko&#8217;tarilgan. G.ning she&#8217;riy ijodi, garchand, hajman katta bo&#8217;lmasada, 19-a. o&#8217;zbek milliy adabiyo- ti rivojiga samarali ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. &#8220;Zarbulmasal&#8221; nafaqat o&#8217;zbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyoti- ning ham Nodir namunasidir. G. unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), saj- lar (qofiyali Nasr), masal va rivoyatlar- dan samarali foydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bog&#8217;lanib, yagona bir syujetni tashkil et- gan. Asarda Yapaloqqush b-n Boyo&#8217;g&#8217;lining quda-anda bo&#8217;lishi sarguzashtlari Majo- ziy, o&#8217;tkir hajviya tarzida tasvirlangan. G. qushlarning o&#8217;zaro murakkab muno- sabatlari asosida o&#8217;z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan. G. ijodini M. Sale, Fitrat, B. Ka- riMov, R. Muqimov, H. Yoqubov, F. Ishoqov kabi olimlar tadqiq etganlar. As: tanlangan asarlar, T., 1951. Zarbulmasal va g&#8217;azallar, T., 1960. Ad.: Muqimov R., Gulxaniyning hayoti va adabiy faoliyati, Samarqand, 1955; Zohidov V., O&#8217;zbek adabiyoti tarixi- dan, T., 1961; Ishoqov F., Gulxaniy va uning adabiy merosi, T., 1974. Abdurashid Abdug&#8217;afurov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gulxaniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Sharif) (taxm. 18-a.ning oxiri \u2014 Qo&#8217;qon \u2014 19-a.ning 20-y.lari) \u2014 o&#8217;zbek mumtoz shoiri, masalnavis. Hayoti va ijodi haqida &#8220;Majmuai sho- Iron&#8221; (Fazliy Namangoniy), &#8220;Tuhfat ul-axbob&#8221; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gulxaniy-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-131073","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131073","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131073"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131073\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131079,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131073\/revisions\/131079"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131073"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131073"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131073"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}