{"id":131133,"date":"2024-06-10T17:32:11","date_gmt":"2024-06-10T14:32:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131133"},"modified":"2024-06-10T17:32:16","modified_gmt":"2024-06-10T14:32:16","slug":"girih","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/girih\/","title":{"rendered":"Girih"},"content":{"rendered":"\n<p>Girih (fors. \u2014 muammo, tugun, chigal) \u2014 murakkab handasiy naqsh; me&#8217;morlik va badiiy hunarmandlikda keng ishlatiladi. Naqsh asosi uchbur- chak, to&#8217;rtburchak, murabba, aylana va yoy shaklli taqsimlardan tashkil topadi. Handasiy jihatdan g.ni tahlil etish, chizib chiqish, yangi turlarini ijod etish maxsus tayyorgarlik va mahoratni talab qiladi. G.lar yaratilish davrida soda bo&#8217;lib, keyinchalik takomillashib, mu- rakkablashib borgan. G. qancha murakkab mujassamotga ega bo&#8217;lmasin, uning qulay tomoni ham bor: har qanday g. takrorla- nuvchi ma&#8217;lum bo&#8217;lak (taqsim)larga AJ- raladi. Taqsimlar takrorlangan sari go&#8217;zal, jozibador bo&#8217;lib boradi. Shu tu- fayli ba&#8217;zi sodda g.lardan tashkil top- gan murakkab g.ni qayta parchalab, bir necha sodda va mustaqil g. yasash, ikki g.ni bir-biriga chatishtirib uchinchi xil g. yaratish mumkin. Shakllariga qarab g.lar turlicha nomlanadi: taqsim asosida 5 va 10 qirrali yulduz bo&#8217;lsa &#8220;5 va 10 qirrali G.&#8221;, pargar yordamida chizilgan egri chiziqlardan yasalsa &#8220;Pargari g.&#8221;va h.k. Saqlanib qolgan me&#8217;moriy obidalar, ro&#8217;zg&#8217;or buyumlari (barkash, obdasta, la- gan, sopol idishlar, gilam, palak va b.), zardo&#8217;zlik, kitob bezaklarida g. naqshi ko&#8217;p uchraydi. Ayniqsa me&#8217;moriy beza- klar orasida g. etakchi (islimiy naqsh ik- kinchi) o&#8217;rinni egallaydi. Me&#8217;moriy yod- gorliklardagi g.larni yasash kalitini to- pish ko&#8217;pincha ancha mashaqqatli mehnatni talab etadi. Naqqosh, girihshunos usta Z.Bositxonov ko&#8217;pgina (300 dan ortiq) G.larni tiklagan va ularni qurish yo&#8217;llarini topgan, yangilarini yaratgan. G.ning qachon, qaerda vujudga kelganligi noma&#8217;lum. Hoz. O&#8217;zbekistan hududidagi me&#8217;moriy obidalardan xususan 10-a.da Arabota maqbarasi (Samarqand viloyati), Mirsaid Bahrom (Karmana), Raboti Ma- lik karvonsaroyi (Navoiy), Juma masji- Di (Xiva), 12-a.da Afrosiyob (Samarqand), Termiz shoxlar saroyi, masjidi Kalon (minorasi, 12-a., Buxoro), 15-16-a.lar- da Xo&#8217;ja Ahmad Yassaviy majmuasi (tur- kiston), Registon maydonidagi Ulug&#8217;bek, Sherdor, Tillakori madrasalari, Bi- bixonim masjidi, Shohizinda ansam- blidagi ko&#8217;pgina binolar (Samarqand), Ko&#8217;kaldosh, Barokxon madrasalari, zan- giota maqbarasi (Toshkent), Xudoyor- xon saroyi hamda masjidlari (Qo&#8217;qon) bezaklarida g. naqshi ko&#8217;plab uchraydi. 10-11-a.larda faqat ganchda, 12-a.da sopol buyumlar va g&#8217;isht qalamalarida, 14-a.dan koshin, parchin, yog&#8217;och, tosh va rangli naqshlarda uchraydi. 15-a.ga ke- lib sopolga o&#8217;yilgan naqshlar yuzala- riga sir berish rasm bo&#8217;ldi. G.ni ish- latish imkoniyatlari yana kengaydi. 20-a.da o&#8217;zbekistonlik usta Shirin Mu- rodov, Shamsiddin G&#8217;afurov, Maxmud Usmonov va b. ustalar binolarni bez- ashda qo&#8217;llagan g.lar o&#8217;zining sodda va go&#8217;zalligi, ajoyib va mukammalligi b-n ajralib turadi. G.ning bunday namuna- larini Toshkentdagi Navoiy, Muqimiy teatr binolari, O&#8217;zbekistan xalqlari ta- rixi muzeyi, xalqlar do&#8217;stligi saroyi, metro bekatlari va b. da ko&#8217;rish mumkin. Ayniqsa, O&#8217;zbekistan mustaqilligidan keyin barpo qilingan Temuriylar ta- rixi davlat muzeyi, Buxoriy majmu- asi, Oliy Majlis binosi kabi yirik me&#8217;moriy inshootlar, jamoat (choy- xona, mahalla guzarlari va b.) va Xu- susiy binolar bezagida g. naqshning asosiy turlaridan biriga aylandi. Po&#8217;lat Zohidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Girih (fors. \u2014 muammo, tugun, chigal) \u2014 murakkab handasiy naqsh; me&#8217;morlik va badiiy hunarmandlikda keng ishlatiladi. Naqsh asosi uchbur- chak, to&#8217;rtburchak, murabba, aylana va yoy shaklli taqsimlardan tashkil topadi. Handasiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/girih\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-131133","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131133","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131133"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131133\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131148,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131133\/revisions\/131148"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131133"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131133"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131133"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}