{"id":131227,"date":"2024-06-10T17:59:43","date_gmt":"2024-06-10T14:59:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131227"},"modified":"2024-06-10T17:59:48","modified_gmt":"2024-06-10T14:59:48","slug":"gazlama","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gazlama\/","title":{"rendered":"Gazlama"},"content":{"rendered":"\n<p>Gazlama \u2014 arkok va tanda iplarining o&#8217;rilishidan hosil bo&#8217;ladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. O&#8217;lchab \u2014 gazlab (q. Gaz) sotilganligi uchun shunday nomlangan. G. qadimda daraxt po&#8217;stloqlaridan qo&#8217;lda, keyinchalik tolalardan yog&#8217;och dastgoxlar, do&#8217;konlar, to&#8217;quv stanoklarida to&#8217;qilgan. Hozir asosan avtomat stanoklarda to&#8217;qiladi. Oqartirilgan, sidirg&#8217;a yoki gulli, o&#8217;ng tomoni tukli va tuksiz g.lar bo&#8217;ladi. G. dan kiyim-kechak tikiladi, ro&#8217;zg&#8217;or buyumlari tayyorlanadi, u texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. G.lar tanda (o&#8217;rish, bo&#8217;ylama) va arqoq (enlama) iplarning o&#8217;rilishi, ularning materiali, eni, pardoz turlari, ishlatilishi b-n bir-biridan ajraladi (ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama va h. k.). G.ning pishiqlik, kirishuvchanlik, cho&#8217;ziluvchanlik, qalinlik xossalari bor. Pishiqlik \u2014 tanda va arqoq iplarining pishitilishi va o&#8217;rilishiga bog&#8217;liq, u maxsus dinamometr yordamida anikdanadi. Cho&#8217;ziluvchanlik \u2014 tanda va arqoq iplari yo&#8217;nalishida tortilganda yirtilguncha uzayishi. Dinamometrda pishiqlikni o&#8217;lchash vaqtida aniqlanadi. Kirishuvchanlik \u2014 saqlash, ho&#8217;llash, yuvish va b. hollarda o&#8217;lchamining qisqarishi. U tanda va arqoq iplarining materiali va xossalari, to&#8217;qimaning tuzilishi hamda pardozlash xillariga bog&#8217;liq; g. 3-10% kirishishi mumkin. Qalinligi tanda va arqoq iplarining yo&#8217;g&#8217;onligiga, zichligi va pardoz turlariga bogliq. Kiyimlik G. larning qalinligi 0,1\u20145,0 mm, texnikada ishlatiladiganlariniki bundan qalin bo&#8217;ladi. Qalinlik maxsus asboblar b-n o&#8217;lchanadi. G.larni pardozlashda tukini yo&#8217;qotish, ohorini to&#8217;kish, oqartirish, bo&#8217;yash, gul bosish, tarash va b. ishlar bajariladi. Tukini yo&#8217;qotish \u2014 G. yuziga chiqib qolgan ip va tolalarni olib tashlash; kuydirish yoki qirqish yo&#8217;li b-n bajariladi. Kuydirish uchun G. lar qizitilgan metall yuzasidan yoki gaz alangasi ustidan tez o&#8217;tkaziladi. Qirqish esa maxsus mashinalarda tez aylanuvchi pichoqlar yordamida bajariladi. Bunda G. tekis va chiroyli bo&#8217;lib chiqadi. Ohorini to&#8217;kish \u2014 tanda iplaridagi ohorni yuvish, bunda g. maxsus eritmali hovuzda ivitiladi, so&#8217;ngra yuvib ohordan tozalanadi. Ohori to&#8217;kilgan g. bo&#8217;yaladi, gul bosishda bo&#8217;yovchi moddalar iplarga yaxshi o&#8217;rnashadi va yuvilganda aynimaydi. Oqartirish \u2014 to&#8217;qimadagi tabiiy sarg&#8217;ish rangni yo&#8217;qotib, gazlamaga oq tus berish. G.lar to&#8217;liq Oqartirilgandan so&#8217;ng bo&#8217;yaladi yoki gul bosiladi. Sidirg&#8217;a bo&#8217;yash \u2014 g.larni turli ranglar b-n bir xil qilib bo&#8217;yash. Gul bosish \u2014 g.ning o&#8217;ng tomoniga turli ranglardan maxsus mashinalarda bezaklar tushirish. Tarash \u2014 to&#8217;qimadagi arqoq iplarini titib, tolalarini yuzaga chiqarish jarayoni. Bu jarayon ninalik tasma (kardolenta) yordamida tarashlash mashinalarida bajariladi. Bunda G.lar (movut, paxmoq va b.) issiq saqlaydigan va mayin bo&#8217;ladi. Xonalarni bezash, mebellarga qoplash, eshik va derazalarga tutish uchun ishlatiladigan g. bezak mato deb ataladi. Bundam matolar to&#8217;qiladi yoki pardozlash vaqtida gul bosib tayyorlanadi. Ular pishitilgan har xil rangli iplardan (paxta, jun, ipak va kimyoviy tolalar hamda metall iplardan) to&#8217;qiladi. Bezak G. lar jakkard mashinasi yordamida yirik gulli o&#8217;rilishda to&#8217;quv dastgoxlarida yoki qo&#8217;lda to&#8217;qiladi. O&#8217;ngi tekis, g&#8217;adirbudur va tukli bo&#8217;ladi. Bunday gazlamalar pishiq, yorug&#8217;bardosh bo&#8217;lishi kerak (yana q. Atlas, Banoras, Batist, Beqasam, Bo&#8217;z, Chit, To&#8217;qimachilik, To&#8217;quvchilik). Ad.: Olimboev E. Sh. vab., To&#8217;quvchilik texnologiyasi va to&#8217;quv stanoklari, T., 1987.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gazlama \u2014 arkok va tanda iplarining o&#8217;rilishidan hosil bo&#8217;ladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. O&#8217;lchab \u2014 gazlab (q. Gaz) sotilganligi uchun shunday nomlangan. G. qadimda daraxt po&#8217;stloqlaridan qo&#8217;lda, keyinchalik tolalardan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gazlama\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-131227","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131227","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131227"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131227\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131235,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131227\/revisions\/131235"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131227"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131227"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131227"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}