{"id":131244,"date":"2024-06-10T18:01:50","date_gmt":"2024-06-10T15:01:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131244"},"modified":"2024-06-10T18:01:55","modified_gmt":"2024-06-10T15:01:55","slug":"galliy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/galliy\/","title":{"rendered":"Galliy"},"content":{"rendered":"\n<p>Galliy (Gallium), Ga \u2014 Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 31; at.m. 69,72; barqaror izotoplari: Ga&#8221;&#8221;(61,2%) va Ga71(38,8%). Sun&#8217;iy radioaktiv izotoplaridan Ga72 (yarim emirilish davri 14,2 soat) radioaktiv indikator sifatida qo&#8217;llaniladi. G.ni 1875 y.da frantsuz kimyogari Lekok debuabodran kashf etgan va Frantsiyaning lotincha nomi b-n &#8220;galliy&#8221; deb atagan. G. kumush kabi oqish-kulrang metall. Tabiatda Nodir minerallar: zengeit Ga(OH)3 gallit CuGaS2 va b. holida uchraydi. G. Er po&#8217;stlog&#8217;ida og&#8217;irlik jihatidan 1,8-10-3%, dengiz va okean suvlarida 3-1O&#8221;5% ni tashkil qiladi.Atom radiusi 0,139 nm-. Qattiq G.ning zichligi 5,904 g\/sm3 (20\u00b0 da), suyuqlanish t-rasi 29,5\u00b0; qay-nash t-rasi 2205\u00b0. G. kimyoviy xossalari jihatidan alyuminiyga juda o&#8217;xshaydi, havoda keyingi oksidlanishdan himoyalovchi oksid parda b-n qoplanadi. Bosim ostida qizdirilganda g. suv b-n birikib gidroksid hosil qiladi. Galliy gidroksid Ga(OH)3 amfoter. G. oddiy sharoitda mineral kislotalar b-n ta&#8217;sirlanib tuzlar, ishqor eritmalari yoki ishqoriy metallar karbonatlari b-n reaktsiyaga kirishib gid-roksogallatlar beradi. Xona t-rasida xlor va ftor b-n, brom b-n esa -35\u00b0 dayoq (20\u00b0 da \u2014 alangalanish b-n), qizdirilganda yod b-n reaktsiyaga kirishadi. Vodorod, azot, uglerod, kremniy va bor b-n birikmalar hosil qilmaydi. G. ko&#8217;pgina metallar b-n gallidlar hosil qiladi. Ulardan ahamiyatlilari NbGa va Y3Ga dir. G. margimush, fosfor, surma b-n birikib, tegishli galliy arsenid, galliy fosfid, galliy antimonid, oltingugurt, selen va tellur b-n 600-1100\u00b0 da xalkogenidlar hosil qiladi. Ga2S3 \u2014 oq (zichligi 3,650 g\/sm3), och sariq (3,74 g\/sm3) yoki to&#8217;q sariq kristall modda. Suyuklanish t-rasi 1125\u00b0. Ga2S2 \u2014 sariq rangli kristall modda, suyuklanish t-rasi 1015\u00b0; zichligi 3,75 g\/sm3. Ga2Se2\u2014 to&#8217;q qizil kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 960\u00b0, zichligi 5,03 g\/sm3; yarimo&#8217;tkazgich sifatida qo&#8217;llaniladi. Ga2Te3\u2014 qora rangli kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 810\u00b0; zichligi 5,582 g\/sm3. G. va uning birikmalariga 1050-1200\u00b0 da ammiak ta&#8217;sir ettirib galliy nitrid GaN olinadi. Uning suyuklanish t-rasi -1700\u00b0; zichligi 6,1 g\/sm3; radiotexnikada, dielektrik qoplamalar tayyorlashda va istiqbolli lazer material sifatida qo&#8217;llaniladi. G., asosan, alyuminiy va rux xom ashyolarini qayta ishlashda hosil bo&#8217;ladigan chiqindilardan olinadi. G. yuqori t-ralarni o&#8217;lchaydigan termometrlar, yarimo&#8217;tkazgichlar, maxsus optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi. Rustam Ma&#8217;rupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Galliy (Gallium), Ga \u2014 Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 31; at.m. 69,72; barqaror izotoplari: Ga&#8221;&#8221;(61,2%) va Ga71(38,8%). Sun&#8217;iy radioaktiv izotoplaridan Ga72 (yarim emirilish davri 14,2 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/galliy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-131244","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131244","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131244"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131244\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131250,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131244\/revisions\/131250"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131244"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131244"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131244"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}