{"id":13134,"date":"2021-12-19T15:53:52","date_gmt":"2021-12-19T12:53:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13134"},"modified":"2021-12-19T15:53:54","modified_gmt":"2021-12-19T12:53:54","slug":"yugnakiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yugnakiy\/","title":{"rendered":"YUGNAKIY"},"content":{"rendered":"\n<p>YUGNAKIY, Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlog&#8217;i \u2014 13-asr 1-yarmi-?) \u2014 shoir, mutafakkir. Tarjimai holi haqida deyarli ma&#8217;lumot yo&#8217;q. &#8220;Hibat ulhaqoyiq&#8221; (&#8220;Haqiqatlar tuhfasi&#8221;) asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida adib Ahmad ismi tilga olinadi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoja Tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yugnakiy haqida ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlar mavjud. Undan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, Adib Ahmad Yugnak degan so&#8217;lim va bahavo joyda tug&#8217;ilgan. Otasining oti Mahmud Yugnakiy bo&#8217;lgan. Kitobi adabdan iborat bo&#8217;lib, nomi \u2014&#8221;Hibat ul-haqoyiq&#8221;. Kitob Koshg&#8217;ariy tilda she&#8217;riy yo&#8217;l bilan yozilgan. &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221;dan 1-2 asr keyin yaratilgan bu asar o&#8217;zbek mumtoz adabiyotining noyob durdonasi hisoblanadi. Alisher Navoiy &#8220;Nasoyim ul-muhabbat&#8221; tazkirasida Yugnakiyni O&#8217;rta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qo&#8217;yib, uning tug&#8217;ma ko&#8217;rligi xususida so&#8217;zlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaro&#8217;tt o&#8217;g&#8217;li Badi-uz-zamonga yozgan xatlaridan birida ham &#8220;Hibat ul-haqoyiq&#8221;dan parchalar keltiradi. &#8220;Hibat ulhaqoyiq&#8221; asari shoir haqidagi ma&#8217;lumotlarni birmuncha to&#8217;ldirishga, Yugnakiy yashab ijod etgan davrni tahlil qilishga imkon beradi. Yugnakiy tug&#8217;ilgan joy olimlar o&#8217;rtasida ko&#8217;p tortishuvlarga sabab bo&#8217;lgan. Samarqand, Farg&#8217;ona va Turkistonda Yugnak degan joy borligi aytilsada, ko&#8217;pchilik uni Samarqand atrofida deyishga moyil va keyingi tadqiqotlar bu fikrning to&#8217;g&#8217;riligini tasdiqlaydi. 12-asrda yashagan mashhur muarrix Abulkarim as-Sam&#8217;oniy &#8220;Alansob&#8221; (&#8220;Nasabnoma&#8221;) kitobida yozadi: &#8220;Bu nisba (taxallus) &#8220;Yug&#8217;anak&#8221;dan va bu (joy) Samarqand qishloqlaridan. Bu nisba bilan Abuhomid Ahmad ibn Abu Ahmad al-Yug&#8217;anakiy mashhurdirlar&#8221;. Shoir &#8220;Hibat ulhaqoyiq&#8221;ni tugatib, uni hukmdori dod Sipohsolorbekka taqdim etadi. Mashhur sharqshunos olim E. E. Bertels bu asar qadimiy o&#8217;zbek adabiy tilidan mumtoz o&#8217;zbek adabiy tiliga o&#8217;tishda bir ko&#8217;prik bo&#8217;lganini aytadi. Asar tilida qadimiy turkiy so&#8217;zlardan ko&#8217;ra, Arab va fors so&#8217;zlarining ko&#8217;p qo&#8217;llangani shundan dalolat beradi. Yugnakiy bu asari bilan o&#8217;zbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qo&#8217;shgan. &#8220;Hibat ul-haqoyiq&#8221; 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning 1-bobi Allohga hamd, 2-bobi Muhammad (sav) na&#8217;ti va choryorlar ta&#8217;rifiga, 3-bobi dod Sipohsolorbek madhiga bag&#8217;ishlangan. 4-bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan so&#8217;ng asosiy qismga o&#8217;tiladi. 5-bob \u2014 ma&#8217;rifatning foydasiyu jaholatning zarari, 6-bob \u2014 til odobi, 7-bob \u2014 dunyoning o&#8217;tkinchiligi, 8-bob \u2014 saxiylik va baxillik, 9 va 10-boblar turli masalalarga bag&#8217;ishlangan bo&#8217;lib, 11-bob \u2014 kitobning xotimasi (asarning 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko&#8217;chirilgan nusxasida 11 bob mavjud \u2014 3 bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qo&#8217;shilib ketgan). Yugnakiy o&#8217;zini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. O&#8217;ziga xos axloq kitobi bo&#8217;lgan bu asarga Qur&#8217;oni Karim va hadisi sharif ma&#8217;nolari singdirilgan. U Islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan. &#8220;Hibat ulhaqoyiq&#8221; ilk bor uyg&#8217;ur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari ko&#8217;p bo&#8217;lib, ularda asar hajmi turlicha. Hozircha ma&#8217;lum qo&#8217;lyozmalardan 3 tasi (biri uyg&#8217;ur yozuvi, ikkinchisi Arab va uyg&#8217;ur yozuvi, uchinchisi esa Arab yozuvi bilan bitilgan) to&#8217;liq, qolganlari parchalardan iborat. 1444 yil Samarqandda Zaynulobidin baxshi, 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq baxshi va Turkiyaning To&#8217;pqopi kutubxonasidagi noma&#8217;lum kotib tomonidan ko&#8217;chirilgan qo&#8217;lyozmalar e&#8217;tiborli nusxalar hisoblanadi. Asarni 1marta turk olimi Najib Osimbek topib (inv. \u21164757), nashr ettirgan (qisqartirilgan nashri \u2014 1906, to&#8217;liq nashrlari 1916, 1925). Keyin 1951 va 1992 yillarda uni R.R. Arat so&#8217;zboshi, izohlar va 6 ta nusxasining faksimilesi va Turkiyada 16-asrda ko&#8217;chirilgan Arab yozuvidagi nusxasining tarjimasi bilan nashr ettirgan. O&#8217;zbekistonda asardan parchalar Fitrat, Oybek, P. Shamsiyev, S. Mutallibovlar tomonidan o&#8217;zbek adabiyoti namunalaridan tuzilgan majmualarda e&#8217;lon qilingan. So&#8217;ng u Q. Mahmudov tomonidan alohida kitob holida e&#8217;lon qilindi (1968; 1971). O&#8217;tgan asr oxirlarida uyg&#8217;ur olimlari H. Temur va T. Ayyub, qozoq olimlari E.Qurishjonov va B.Sog&#8217;indiqovlar uni asl matni, tarjima va fotonusxalari bilan nashr ettirganlar. Shuningdek, E.E. Bertels, Fitrat, Fuod Ko&#8217;prulu, T. Takin, E.Rustamov, N.Mallayev, A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Rustamov, M.Imomnazarov, B.To&#8217;xliyev, N.Rahmonov, I.Haqqulov, G.Xo&#8217;janova va boshqalar yu. va &#8220;Hibat ulhaqoyiq&#8221; haqida u yoki bu darajada tadqiqot ishlarini olib borganlar. As: Hibat ulhaqoyiq, T., 1968, 1971; Qadimgi obidalar, T., 1972; qadimiy hikmatlar, T., 1987; XI\u2014XIV asrning turkiy yodgorliklari, T., 1994. Ad.: Alisher Navoiy, Nasoyim ulmuhabbat [Mukammalasarlarto&#8217;plami], 17j., T., 2001; Abdurauf Fitrat, &#8220;Hibat ulhaqoyiq&#8221; [tanlangan asarlar, 3 j.li], 2j., T., 2000; Mahmudov Q., Ahmad Yugnakiyning &#8220;Hibat ulhaqoyiq&#8221; asari haqida, T., 1972; Mallayev N., O&#8217;zbek adabiyoti tarixi, T., 1976; O&#8217;zbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1J., T., 1978; Buyuk siymolar, allomalar, 1-kitob, T., 1995; Xo&#8217;janova G., &#8220;Hibat ulhaqoyiq&#8221; haqiqatlari, T., 2001. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YUGNAKIY, Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlog&#8217;i \u2014 13-asr 1-yarmi-?) \u2014 shoir, mutafakkir. Tarjimai holi haqida deyarli ma&#8217;lumot yo&#8217;q. &#8220;Hibat ulhaqoyiq&#8221; (&#8220;Haqiqatlar tuhfasi&#8221;) asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yugnakiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13134","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13134","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13134"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13134\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13139,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13134\/revisions\/13139"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13134"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13134"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13134"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}